56
- Andijonliklar bunga javoban o`z mehnati, bilimi salohiyati, intilishi bilan “labbay” deb
javob beradilar.
Sexrgar momo: - Barakalla qizim, bu suhbatdan so`ng mening sizlarga yana havasim ortdi.
Viloyatingizda bundanda yuksaklarga ko`tarilishiga ishonaman.
Tarbiyachi: - Onamdek ardoqli, azizsan Vatan
Sen menga qadrdon tug`ilgan makon
Men seni avaylab asrayman har chog`
Vijdonimdek toza, tushirmasman dog`
Bolalar charchab qolmadinglarmi. Bo`lmasam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz.
Tarbiyachi:
Oyog`imiz taq-taq-taq
Qo`limiz chapak-chapak
Boshimiz sarak-sarak
Qo`limizni ko`tardik
Sekin yonga uzatdik
Endi ehtiyot bo`lib
Joyimizda aylandik
Qo`lni pastka tushurdik
Doira bo`ylab yugurdik
Joyimizga o`tirdik
Bolajonlar, mana charchoqlarimizni ham oldik. Qani endi suhbatimizni yana davom ettirsak.
Kim menga Vatan mavzusida maqollar aytib beradi.