Metallar korroziyasiga qarshi kurashish usullari




Download 0,57 Mb.
bet4/8
Sana30.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#257861
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Metallar korroziyasiga qarshi kurashish usullari

Metallar korroziyasi -hammaga ma’lumki, temir buyumlar havo va nam ta’sirida zanglaydi. Buning natijasida metall qurilmalar, mashina qismlari asta-sekin yemiriladi va har xil asbob uskunalar yaroqsiz bo‘lib qoladi. Bu har yili xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Metallarning yemirilish jarayoni korroziya (lotincha corrodere — yemirilish) deb ataladi.

Korroziya—metallar va ular qotishmalarining tashqi muhit ta’siridan kimyoviy va elektrokimyoviy yemirilishidir. Yemirilishning sodir bo‘lish mexanizmiga ko‘ra, korroziyaning ikki xil—kimyoviy va elektrokimyoviy turlari bo‘ladi. Metallning tevarak-atrofdagi muhitda oksidlanib yemirilishida sistemada elektr toki paydo bo‘lmasa, bunday yemirilish kimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda metall muhitning tarkibiy qismlari—gazlar va noelektrolitlar bilan reaksiyaga kirishadi. Kimyoviy korroziyalanishning gaz muhitida korroziyalanishi deyiladigan turi, ya’ni metallarning havo kislorodi bilan birikishi katta zarar keltiradi. Тemperatura ko‘tarilganda ko‘pchilik metallarning oksidlanish tezligi juda ortib ketadi. Masalan, temirda 250—300 °C dayoq oksidlarning ko‘rinadigan pardasi hosil bo‘ladi. 600 °C va undan yuqorida metallarning sirti temirning turli xil oksidlari: FeO, Fe3O4; Fe2O3 dan iborat kuyindi qatlami bilan qoplanadi. Kuyindi temirni keyingi oksidlanishdan muhofaza qila olmaydi, chunki unda darz ketgan joylar va g‘ovaklar bo‘lib, ular metallga kislorodning o‘tishiga qarshilik qilmaydi. Shuning uchun temir 800 °C dan yuqorida qizdirilganda uning oksidlanish tezligi juda ortib ketadi.

Noelektrolitlardagi kimyoviy korroziyalanishga ichki yonuv dvigatellari silindrlarining yemirilishi misol bo‘la oladi. Yonilg‘ida qo‘shimchalar — oltingugurt va uning birikmalari bo‘ladi, ular yonganida oltingugurt (IV) va (VI) oksidlarga—korrozion aktiv moddalarga aylanadi. Ular reaktiv dvigatellarning detallarini — soplo va boshqalarni yemiradi. Elektrokimyoviy korroziya eng katta zarar keltiradi. Metallning elektrolit 20 muhitida yemirilishida sistema ichida elektr toki vujudga kelsa, bunday yemirilish elektrokimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda kimyoviy jarayonlar (elektronlar berish) bilan birga, elektr jarayonlar (elektronlarning bir qismdan boshqa qismga o‘tishi) ham sodir bo‘ladi. Elektrokimyoviy korroziyalanishga misol tariqasida xlorid kislota eritmasida (ya’ni vodorod ionlari H ning konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda) misga tegib turgan temirning korroziyalanishini keltirish mumkin. Korroziya jarayonining mohiyati. Тemir va uning qotishmalari korroziyaga eng ko‘p uchraydi. Bu jarayonning mohiyati shundan iboratki, temir atomlari kislorod, suv, vodorod ionlari ta’sirida asta- sekin oksidlanadi. Тemir va uning qotishmalari korroziyalanishini umumiy ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:


Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallar korroziyasiga qarshi kurashish usullari

Download 0,57 Mb.