|
Metallar korroziyasiga qarshi kurashish usullari
|
bet | 3/8 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #257861 |
Bog'liq Metallar korroziyasiga qarshi kurashish usullari Mamlakatimizda mehnat resurslaridan tabiiy va meniral xom-ashyo boyliklaridan yer osti boyliklaridan tabiiy moddalardan oqilona foydalanish o`z teritoriyasida iqtisodiy va ijtimoiy madaniy taraqiyotni kompleks ravishda rivojlantirish, muassasa va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, mexnat xavfsizligini atrof muhit muhofazasini axolining extiyojlarini taminlash masalalari dolzarbdir. Bugun xalq milliy ongining o`sishi mamlakatimizning milliy davlat ijtimoiy rivojlanishining xozirgi zamon darajasi yangilanish va qo`shni davlatlar bilan o`rtadagi aloqa xamda vakolatlarni yanada aniqroq belgilanishi talab etilmoqda. O`zbekiston tabiiy va xom –ashyo resurslariga boy. Bularning xammasi yer, suv, o`rmon va yer osti boyliklari respublikamiz va xalqimizning ajralmas bo`lagi, mulki bo`lishi kerak, lekin anashu tabiiy boyliklardan o`ylamay netmay tez o`sib borayotgan axolining extiyojarini qondirish juda murakkab masaladir. O`zbekiston zamini ostidag`oyat katta boyliklar yashirinib yotibdi. Respublika xali juda ko`p yillar mobaynida xom-ashyolardan foydalanish imkoniyatlari bor Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga ;reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi. Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi. Metallar korroziyasi yemirilish harakteriga kura, quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan barcha metallarning 1—1,5% i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar koʻriladi (mas, legirlovchi elementlar: xrom, nikel va boshqa qoʻshiladi).
|
| |