|
Va shuning uchun “korxona metrologik ta’minoti” va “ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti” atamalari keng qo‘llaniladi
|
bet | 2/6 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 66,65 Kb. | | #100515 |
Bog'liq 3 - MARUZAVa shuning uchun “korxona metrologik ta’minoti” va “ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti” atamalari keng qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti asosan quyidagilardan iborat: Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti asosan quyidagilardan iborat: - o‘lchashlar holatini tahlil qilish;
- belgilangan aniqlikga mos keluvchi o‘lchash vositalari (etalonlar va ishchi o‘lchash vositalari) foydalanish va o‘lchanayotgan kattaliklarning ratsional nomenklaturasini o‘rnatish;
- o‘lchash vositalari qiyoslash va kalibrlashdan o‘tkazish;
- o‘rnatilgan aniqlik me’yorlarini ta’minlash uchun o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqish;
- konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish;
- zaruriy me’yoriy hujjatlarni (xalqaro, davlat, tarmoq va tashkilot standartlarini) joriy qilish;
- texnik omilkorlikka akkreditatsiyalash;
- metrologik nazoratni o‘tkazish.
Bozor munosabatlari sharoitida foydalanilayotgan o‘lchash vositlarini asosiy fond qismi sifatida maksimal foyda olishda ishchi holatda bo‘lishi korxonaning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti korxona va texnologik jarayonlarini, tayyorlanayotgan mahsulot sifatini ta’minlovchi va jarayonlarni turg‘unlashtirish maqsadida aniq bir darajada optimal boshqarishni ta’minlashi lozim. Bunda ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti uchun xarajatlar ishlab chiqarish qo‘lamiga, texnologik siklining murakkabligiga mos bo‘lishi va uning yakuniy hisobida nafaqat qoplashi, balki daromad olib kelishi lozim. Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir . Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir . - Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir;
- Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
- Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
- Me’yoriy-uslubiy (qonuniy) asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
- Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari:
- mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish;
- detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash;
- moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta’minlash;
- atrof-muhitni himoya qilish;
- salomatlikni saqlash va hokazolar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Va shuning uchun “korxona metrologik ta’minoti” va “ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti” atamalari keng qo‘llaniladi
|