Metrologiyaning asosiy postulatlari




Download 8,81 Kb.
bet2/2
Sana21.02.2024
Hajmi8,81 Kb.
#160357
1   2
Bog'liq
Metrologiyaning aksiomalari-fayllar.org

Metrologiyaning asosiy postulatlari
Ushbu mavzuni koʼrib chiqishdan oldin birgalikda oddiygina bir tajriba qilib koʼramiz: Bir dona chiroyli olma olamiz (haqiqiy, isteʼmol qilinadigan olma). Uni biror bir tarozida, masalan savdo
doʼkonlaridagi oʼlchash tarozisida tortib koʼramiz. Аytaylik massasi 74 g chiqdi. Soʼngra uni kattaroq, masalan qoplangan mahsulotlarni tortadigan yerga qoʼyiladigan tarozida oʼlchab koʼramiz. Endi olgan qiymatimiz 75 g. Keyin xuddi shu olmani yuk avtomobillarining massasini (10 tonnagacha) oʼlchaydigan katta tarozida oʼlchaymiz. Bu tarozi olmaning massasi yoʼq deb uning ogʼirligini sezmaydi. Endi oxirgi tajriba, olmani bir necha boʼlaklarga boʼlib, laboratoriya tarozisida har bir boʼlakni tortamiz va yakuniy natijani hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz quyidagicha boʼlishi mumkin - 74,3718 g. Qarang-a, toʼrt xil oʼlchash vositasida toʼrt xil qiymat oldik. Xoʼsh, qaysi bir qiymatni haqiqiy deb olishimiz mumkin. Аslida, olmaning massasi qanday? Аlbatta, tajribada koʼrilayotgan olmaning aynan olingan qiymati mavjud. Bu qiymatni biz chinakamqiymat deb ataymiz. Chinakam qiymat kattalikni miqdor jihatdan har tomonlama, bekami-koʼst va butkul tavsiflaydigan qiymat hisoblanadi. Аmmo, uni aniq oʼlchash imkoniyati mavjud emas. Shuni koʼrib chiqamiz: Faraz qilaylik, oʼta aniq oʼlchaydigan tarozi topdik va olmaning massasini aniqlamoqchimiz. Lekin bu tarozida aniq bir toʼxtamga kelgan qiymatni ololmaysiz. Chunki olmadan juda oz miqdorda (1-2 molekula boʼlsa ham) namlik kamayib turadi. Demak aniq qiymatni ololmaysiz. Biz hozir aniq oʼlchaydigan vosita bor deb hisoblayapmiz. Lekin aslida bunday oʼlchash vositasi yoʼq va boʼlmaydi ham. Nima uchun deyishingiz tabiiy, albatta. Аgar oʼzga sayyoraliklar kelib bizga aynan shunday, bekami-koʼst, mutlaqo aniq oʼlchaydigan asbob olib kelib berishganda ham quyidagi paradoks boʼlishi tabiiy. Metrologik nuqtai nazardan oʼlchash vositasiniig muayyan metrologik tavsiflari mavjud boʼlib, bu tavsiflarga ega boʼlgandan soʼnggina biz olingan natijani baholashimiz mumkin. Biz aytayotgan oʼlchash vositasini metrologik tavsiflash uchun undan ham aniq oʼlchaydigan boshqa asbob kerak boʼladi. Bu xuddi analьginning tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein, kodeinning tarkibida esa analьgin bor
degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam qiymatini oʼlchab
boʼlmaydi. Modomiki, chinakam qiymatni oʼlchash imkoni yoʼq ekan,
oʼlchash amalida qiymati unga yaqin boʼlgan va uni oʼrniga ishlatilishi mumkin boʼlgan boshqa qiymat, yaʼni haqiqiy qiymat
qoʼllaniladi. Bu xususda metrologiyaning uchta asosiy postulatlari
mavjud: 1-postulat - oʼlchanayotgan kattalikning chinakam
qiymatimavjuddir. 2-postulat - kattalikning chinakam qiymatini
aniqlash mumkin emas. 3-postulat - oʼlchash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir. Endi aytishimiz mumkinki, oʼlchanayotgan kattalikning uchta qiymati boʼlar ekan:
1.Chinakam qiymat (uni aniqlash imkoni mavjud emas);
2.Haqiqiy qiymat (chinakam qiymatga yaqin);

3.Olingan qiymat (tajribadan olingan qiymat).



Tabiiyki, hakiqiy qiymatni qaerdan olamiz degan savol tugʼilishi mumkin. Yuqorida keltirgan misolimiz boʼyicha, olmani savdo doʼkoni tarozisida bir necha marta takroriy oʼlchab, natijalarning oʼrtacha qiymatini olsak, shu haqiqiy qiymat deb olinishi mumkin.
http://fayllar.org
Download 8,81 Kb.
1   2




Download 8,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metrologiyaning asosiy postulatlari

Download 8,81 Kb.