• Tayanch iboralar
  • 7-ma’ruza: atom uchun bor nazariyasi. Bor postulatlari. Frank va gers tajribasi. Atom spektri. Reja




    Download 138.44 Kb.
    bet1/3
    Sana02.11.2023
    Hajmi138.44 Kb.
    #93603
      1   2   3
    Bog'liq
    7-ma\'ruza
    Qabul qildi axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida reja, 8c5d2dac-bfa4-4ab9-993a-073d71804bcf, 5-maruza (1), 15-maruza, Elektr-istemolchilari-turlari-va-xususiyatlari., Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J, 5 mavzu, Xulosa chiqarish tafakkurning shakli, 7-mavzu, 13 mavzu moliyasining nazariy asoslari — копия, tuychiyeva, 1666418974, KARIER AEROLOGIYASI O`razimbetov Ollobergan, ochiq kon ishlari texnologiyasi mexanizatsiyasi va kon ishlarini

    7-MA’RUZA: ATOM UCHUN BOR NAZARIYASI. BOR POSTULATLARI. FRANK VA GERS TAJRIBASI. ATOM SPEKTRI.
    Reja:
    1. Spektral qonuniyatlar.
    2. Ridberg doimiysi va uning fizikaviy ma’nosi.
    3. Atomning J.J.Tomson va Rezerford taklif qilgan modellari.
    4. Bor postulatlari.
    5. Frank va Gerts tajribalari.
    6. Vodorod atomi.
    Tayanch iboralar: Spektral chiziq, spektral termlar, Bor postulatlari, statsionar (turg’un) holatlar, bosh kvant soni, vodorod atomi, vodorod atomining energiyasi va nurlanish chastotasi.
    Yakkalangan atomlarning, masalan siyraklashtirilgan bir atomli gazning yoki metall bug’lari (Hg, Na) atomlarining nurlanish spektrlari alohida-alohida spektral chiziqlar to’plamidan iborat bo’lib, to’plamdagi chiziqlar to’lqin uzunliklari bo’yicha tartibsiz joylashgan bo’lmay, ma’lum tizimlarni tashkil qiladi. Buni 1885 yilda Bal'mer aniqlagan. U kashf qilgan qonuniyat vodorod atomining to’rtta chiziqiga tegishlidir. Ularning to’lqin uzunliklarini quyidagi umumiy formula orqali ifodalash mumkin:
    (1)
    bu erda b = 364,57 nm va m = 3, 4, 5, 6… butun sonlar ketma-ketlik qatori. λ ning o’rniga chastotani qo’yib, Bal'mer formulasini quyidagicha yozamiz:
    (2)
    be erda: =109737,309 ±0,012 sm-1 ga teng doimiy son Ridberg doimiysi deyiladi..
    Hozirgi davrda vodorod atomining 30 taga yaqin spektral chiziqlari kuzatilgan bo’lib, ular uchun Bal'merning umumlashgan formulasining ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
    (3)
    m >n bo’lib, n soni seriyani belgilaydi, m shu seriyaning ayrim chiziqlarini. n = 1 bo’lganda Layman seriyasi, n = 2 bo’lganda Bal'mer seriyasi, n = 3 bo’lganda Pashen seriyasi, n = 4 bo’lganda Brekket seriyasi va n = 5 bo’lganda Pfund seriyasi hosil bo’ladi.
    (4)
    ifodalarga spektral termlar deyiladi.
    Atomlarning nurlanish spektridagi qonuniyatlarni tushuntirish uchun atom tuzilishini o’rganish kerak bo’ladi. 1903 yilda Tomson atom tuzilishining quyidagi modelini taklif qildi. Unga asosan atom musbat elektr bilan bir tekisda to’ldirilgan bo’lib, ichida elektron joylashgan bo’ladi.
    Bir tekis zaryadlangan sfera ichidagi maydan kuchlanganligi quyidagicha aniqlanadi:
    (5)
    Demak, muvozanat vaziyatida sfera markazidan r oraliqda turgan elektronga (6)
    kuch ta’sir qiladi. Elektronning tebranish chastotasi:
    (7)
    Bundan atomning radiusini aniqlash mumkin bo’ladi:
    (8)
    Olingan natijalar atomning gazokinetik o’lchamiga to’g’ri keladi. Lekin, keyinchalik bu modelning yaroqsizligi α - zarralarning sochilishi bo’yicha Rezerford o’tkazgan tajribalarda aniqlandi.
    Rezerford tajribasining sxemasi quyidagicha. Qo’rg’oshin parchasidagi kovak ichiga P radioaktiv modda kiritilgan bo’lib, u α - zarrachalar manbai bo’ladi. F metall zardan sochilgan α - zarralar turli θ burchakka og’gan. E stsintillyatsion ekranga borib urilgan θ - zarrachalar M mikroskop orqali kuzatilgan.




    Download 138.44 Kb.
      1   2   3




    Download 138.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-ma’ruza: atom uchun bor nazariyasi. Bor postulatlari. Frank va gers tajribasi. Atom spektri. Reja

    Download 138.44 Kb.