• AXBOROTLARNI HIMOYALASH VA ANTIVIRUSLAR HAQIDA Reja: Axborot va jinoyat Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me’yorlar
  • Qabul qildi: axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida reja




    Download 19.86 Kb.
    bet1/4
    Sana14.12.2022
    Hajmi19.86 Kb.
    #34714
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Qabul qildi axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida reja
    8c5d2dac-bfa4-4ab9-993a-073d71804bcf, 5-maruza (1), 15-maruza, Elektr-istemolchilari-turlari-va-xususiyatlari., Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J, 7-ma\'ruza, 5 mavzu, Xulosa chiqarish tafakkurning shakli, 7-mavzu, 13 mavzu moliyasining nazariy asoslari — копия, tuychiyeva, 1666418974, KARIER AEROLOGIYASI O`razimbetov Ollobergan, ochiq kon ishlari texnologiyasi mexanizatsiyasi va kon ishlarini


    Jizzax davlat pedagogika universiteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi
    2M0700-20 guruh talabasi
    Madidinov Sunatillaning
    Axborot xavfsizligi fanidan tayyorlagan
    MUSTAQIL ISHI
    TOPSHIRDI: Madidinov S

    QABUL QILDI: ______________

    AXBOROTLARNI HIMOYALASH VA ANTIVIRUSLAR HAQIDA
    Reja:

    1. Axborot va jinoyat

    2. Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me’yorlar

    3. Viruslar ta’siri

    4. Viruslar klassifikatsiyasi

    5. Viruslardan himoyalanish


    Axborot va jinoyat
    Keyingi paytlarda axborotni himoya qilish muammolari nafa qat mutaxassislarni, balki barcha hisoblash texnikasidan foydalanuvchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Bu, albatta, kompyuter texnikasining inson hayoti va faoliyatiga jadallik bilan kirib kelayotgani bilan bog‘liq. «Axborot» tushunchasiga yondashuv ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Bu atama keyingi paytda ko‘proq sotib olinadigan, sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o‘ziga xos mahsulotni ifodalamoqda. Shuni aytish lozimki, bunday mahsulot aksariyat hollarda o‘zi saqlanayotgan hisoblash texnikasidan o‘nlab, hatto yuzlab barobar qimmat turadi. Internet axborot «o‘g‘rilarini» (axborot o‘g‘rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo‘lgan) yangi pog‘onaga ko‘tardi. Endi kompyuter, modem va yetarli dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan malakali dasturchi dunyoning ixtiyoriy burchagida joylashgan turli davlat tashkilotlari, xususiy korxona, internet xizmatidan foydalanayotgan shaxs va hokazolarga tegishli axborotlarni o‘z xonasidan chiqmasdan o‘zlashtirib olishi (o‘g‘irlashi), ularni g‘arazli maqsadlarda o‘zgartirishi yoki biror boshqa zarar yetkazishi mumkin. Bu o‘z­o‘zidan axborotni himoyalash extiyojini keltirib chiqaradi.
    Kompyuterlar inson ish faoliyatini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqarildi. Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Ammo shu bilan birga jamiyatning kompyuter tizimlaridan bog‘liqligi ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda tibbiyot, soliq va bank tizimi, transport kabi asosiy sohalarda boshqaruv va tashhis ishlari kompyuterlar zimmasiga yuklatilgan. Kompyuter tizimlari harbiy sohada ham alohida o‘rin tutadi.
    Jamiyatni kompyuterlashtirishning ma’lum bir pog‘onasida kompyuterlar yakka va uyushgan jinoyatchilar guruhlarini o‘ziga jalb etdi. Ular tomonidan yetarli texnik va dasturiy vositalar yordamida qiyinchiliksiz maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, diversiya, firibgarlik va boshqa jinoiy ishlarning amalga oshirilishi mumkin bo‘lib qoldi. Adliya, kriminalistika, milliy xavfsizlik soha mutaxassislari yangi, kutilmagan muammoga duch keldi.
    1971­yilda AQSHning «Nyu­York Penni Sentral Reylroud» temir yo‘l kompaniyasi qimmatbaho yuk ortilgan 200 ta vagoni yo‘qolganini payqab qoldi. Bu ishni tekshirish jarayonida bir qancha boshqa firmalarning ham vagonlari yo‘qolgani aniqlandi. Sinchkovlik bilan olib borilgan tekshirish vagonlar yo‘qolishining sababi kompyuterga atayin noto‘g‘ri manzil kiritilganida ekanini ko‘rsatdi. Bu rasmiy qayd etilgan birinchi «elektron jinoyat» edi. Hozirgi kunga kelib kompyuterlar ham, aloqa tizimlari ham beqiyos darajada rivojlanib ketdi. Bu esa, o‘z navbatida, «elektron jinoyatchilar»ga ham yangi imkoniyatlar ochib berdi.



    Download 19.86 Kb.
      1   2   3   4




    Download 19.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qabul qildi: axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida reja

    Download 19.86 Kb.