|
-yil 1-yanvardan boshlab ko‘chmas mulk ob'ektini “E-IJRO AUKSION” Yagona
|
bet | 3/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #243249 |
Bog'liq GHNgiWBs3wJTCJsAVALBM1N0xuyqf4Z6heHzAD92 (1)2020-yil 1-yanvardan boshlab ko‘chmas mulk ob'ektini “E-IJRO AUKSION” Yagona
elektron savdo maydonchasida auktsion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish natijasida vujudga keladigan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi; Reestrdan ko‘chirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari (keyingi o‘rinlarda – tashkilotlar) tomonidan mulkdorning xohishiga ko‘ra elektron va (yoki) qog‘oz shaklida ko‘chmas mulk ob'ektlariga bo‘lgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi.
- tashkilotlarning ma'lumotlari asosida mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishda ko‘chmas mulk ob'ektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza talab etilmaydi;
- ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni, shuningdek, qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxatga olish yig‘imlari undiriladi va ular quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi Аdliya vazirligi yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (ko‘chmas mulkni “E-IJRO AUKSION” Yagona elektron savdo maydonchasida auktsion orqali sotishda va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatishda) byudjetdan tashqari jamg‘armalarining shaxsiy hisobvaraqlariga yoxud tijorat banklarning bank hisob raqamiga;
qolgan mablag‘lar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarning bank hisob raqamiga
o‘tkaziladi;
v) 2020-yil 1-yanvardan boshlab ko‘chmas mulkning yangi egalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar ularga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tegishlicha davlat notarial idoralari va davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan kommunal xizmatlarning axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi. Bunda kommunal xizmatlar ko‘chmas mulkning yangi egalaridan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Quyidagilar:
ko‘chmas mulkni begonalashtirishda davlat notarial idorasiga Reestrga ulanish imkoniyatini bergan holda,
unga bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etishni;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘chmas mulk egalaridan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning yozuvi (shtampi) qo‘yilishini talab qilishni;
2020-yil 1-yanvardan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlash, shuningdek, bankka ro‘yxatdan o‘tkazilgan uy-joyga nisbatan mulk huquqi to‘g‘risidagi hujjat nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi shtamp qo‘yilgan kredit shartnomasini taqdim etish bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi tartib bekor qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasining 2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida
ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi (keyingi o‘rinlarda – kadastr muhandisi) institutini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. Kadastr muhandisi shartnoma asosida ko‘chmas mulk ob'ektlarini xatlovdan o‘tkazadi (birlamchi kadastr hisobi bundan mustasno), ularning qavatma-qavat rejalarini tuzadi, texnik rejalarini rasmiylashtiradi, shuningdek, ularni texnik hisobga qo‘yadi. Kadastr muhandislariga nisbatan quyidagi talablar nazarda tutiladi:
geodeziya va yer kadastri bo‘yicha oliy ma'lumotga ega yoki kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha ta'lim olgan, shuningdek, tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining malaka shahodatnomasini olgan shaxs kadastr muhandisi bo‘lishi mumkin;
malaka shahodatnomasini olish uchun shaxs geodeziya va yer kadastri bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi va malaka imtihonini topshirishi shart;
kadastr muhandisi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs rieltorlik tashkilotlari bilan mehnat shartnomasini tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri
davlat qo‘mitasi:
Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-avgustga qadar Toshkent shahri bo‘yicha, 2019-yil 1-dekabrga qadar muddatda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha mulkdorlar – jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya ma'lumotlari (JSh ShIM) va mulkdorlar – yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari (INN) Reestrga kiritilishini;
Аdliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda mavjud axborot tizimlariga zarur o‘zgartirishlar kiritilishini hamda Reestrning mavjud ma'lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini;
Аdliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan, malaka shahodatnomasini berish, kadastr munosabatlari sohasidagi kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha o‘qitish mexanizmini, shuningdek, kadastr muhandislari faoliyatini baholash va monitoring qilish mezonlarini nazarda tutuvchi kadastr muhandisi faoliyati bilan shug‘ullanish tartibi ishlab chiqilishini;
kadastr muhandislari faoliyati monitoringi natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasiga kadastr muhandisi institutini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta'minlaydi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2019-yil 1-dekabrga qadar rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatini ta'minlovchi yagona axborot tizimini ishlab chiqib, uni Reestr bilan uyg‘unlashtiradi.
Ma’lumotlarning kompyuter bazasi binolar va inshootlarni klassifikatsiyalashning quyidagi belgilar bo’yicha obyektning guruhlari bo’linishi asos qilib olinadigan yagona tizimi bo’yicha shakllantiriladi: binolar va inshootlarning maqsad yo’nalishi, mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda, shuningdek qurilish texnik tavsiflari bo’yicha hududiyligi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi.
Binolar va inshootlarning 31 – dekabrdagi holati bo’yicha kadastr ma’lumotlari “Davyergeodezkadastr” qo’mitasi tomonidan har yili tumanlar, shaharlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va O’zbekiston Respublikasi bo’yicha nashr etiladi.
|
| |