Mexatronika

Download 81.78 Kb.
Sana14.03.2024
Hajmi81.78 Kb.
#171504
Bog'liq
To\'g\'rilagichlar
Mustaqil ish, 3-Iqtisodiyot-nazariyasi-2005-Darslik-Sh.-Sh.-Shodmonov-U.-V.-Gafurov, Kontaktli atom-kuchlanishli mikroskop (akm)

To’g’rilagichlarning vazifasi va sinflanishi. To’g’rilagichning asosiy parametrlari va tavsiflari

To’g’rilagich - o’zgaruvchan tok manbasi elektroenergiyasini o’zgarmas tok manbasiga aylantirib beruvchi statik qurilmadir. To’g’rilagich transformator, ventillar (diodlar) gruppasi va silliqlovchi filtrdan tashkil topgan. Transformator bir necha funktsiyalarni bajaradi:

- kirish (tarmoq) kuchlanishini to’g’rilash uchun kerakli qiymatdagi o’zgaruvchan kuchlanishga aylantirib beradi;

- yuklama kuchlanishini elektrik tarmoq kuchlanishidan ajratib turadi;

- yuklama kuchlanishini elektrik tarmoq kuchlanishidan ajratib turadi;

- o’zgaruvchan kuchlanish (tok) fazalar sonini o’zgartiradi.

Ventillar gruppasi o’zgaruvchan kuchlanish (tok) ni bir yo’nalishli pulsatsiyali o’zgarmas tokka (kuchlanishga) aylantirib beradi.

Silliqlovchi filtr to’g’rilangan kuchlanish (tok) ni pulsatsiyasini yuklama ishlashi mumkin bo’lgan qiymatgacha pasaytirib (silliqlab) beradi.

To’g’rilagichning tuzilmaviy sxemasi

To’g’rilagichning tuzilmaviy sxemasi

Tr – transformator
VD – ventillar (diodlar) gruppasi
SF – silliqlovchi filtr
Yuk - yuklama

To’g’rilagichlarning ishlash sifatini xarakterlovchi asosiy parametrlari quyidagilar:

To’g’rilagichlarning ishlash sifatini xarakterlovchi asosiy parametrlari quyidagilar:

- to’g’rilangan (chigish) kuchlanishi Uo’r va tokening Io’r o’rtacha qiymati;

- chiqish kuchlanishi (toki) pulsatsiyalar chastotasi fp;

To’g’rilagichlar quyidagi parametrlari bo’yicha sinflanadi:

To’g’rilagichlar quyidagi parametrlari bo’yicha sinflanadi:

1. Chiqish kuchlanishini boshqarish bo’yicha boshqariluvchi va boshqarilmaydigan to’g’rilagichlar. Boshqarilmaydigan to’g’rilagichlarda ventil sifatida diodlar qo’llaniladi. Bu to’g’rilagichlarning chiqish kuchlanishini boshqarib bo’lmaydi. Boshqariluvchi to’g’rilagichlarda nochiziqli elementning qarshiligi nafaqat kuchlanish qutbiga, boshqaruvchi signallarga ham bjg’liq bo’ladi. Bunday to’g’rilagichlarda ventillar sifatida tiristorlar yoki tiristorlar va diodlar kombinatsiyasi qo’llaniladi.

2. Chiqishdagi kuchlanishlar formasiga ko’ra bir yarim davrli va ikki yarim davrli to’g’rilagichlar.

2. Chiqishdagi kuchlanishlar formasiga ko’ra bir yarim davrli va ikki yarim davrli to’g’rilagichlar.

Bir yarim davrli to’g’rilagichlarda chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishining faqat bitta yarim davriga mos keladi.

Chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishining musbat va manfiy qutblariga mos keluvchi to’g’rilagichlar ikki yarim davrli to’g’rilagichlar deb yuritiladi.

3. Kirish kuchlanishini fazalari soni bo’yicha:

3. Kirish kuchlanishini fazalari soni bo’yicha:

- bir fazali

- uch fazali

- ko’p fazali

4. Chiqishdagi quvvati bo’yicha:

- yuqori quvvatli – 100 kVt dan yuqori;

- o’rta quvvatli – 100 kVt dan kam;

- kichik quvvatli - 0,6 kVt gacha

To’g’rilagichlar yuklamalar turlari bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi:

To’g’rilagichlar yuklamalar turlari bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi:

- aktiv-sig’imli

- aktiv-induktivli

- aktiv

To’g’rilagichlarning ishlash sifatini xarakterlovchi asosiy parametrlari quyidagilar:

To’g’rilagichlarning ishlash sifatini xarakterlovchi asosiy parametrlari quyidagilar:

- to’g’rilangan (chigish) kuchlanishi Uo’r va tokining Io’r o’rtacha qiymati;

- chiqish kuchlanishi (toki) pulsatsiyalar chastotasi fp;

- pulsatsiyalar koeffitsienti

-foydali ish koeffitsienti

Download 81.78 Kb.

Download 81.78 Kb.