• Microsoft Office-ning songgi versiyasi
  • Microsoft Office dasturlari haqida malumot




    Download 235,2 Kb.
    bet2/6
    Sana03.12.2023
    Hajmi235,2 Kb.
    #110409
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Microsoft Office dasturlari haqida malumot
    Mus Ish, Microsoft Office, Microsoft Office (1), Malumot tuzilmasi x, ЛОГИЧЕСКИЙ ЭЛЕ КОМПЬЮТЕРА, ЧТО ТАКОЕ ЛОГ111, 4.Презентация, 5.11

    Office tarkibi


    Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi toʻplam tarkibi va narxida. Office dasturlar toʻplamining nisbatan toʻliqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi:

    • Microsoft Word — har xil koʻrinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga moʻljallangan matn muharriri.

      • Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, KWord, NeoOffice Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS tizimida) va AbiWord.

    • Microsoft Excel — har koʻrinishdagi hisob—kitobli maʼlumotlar bilan ishlashga moʻljallangan elektron jadvalli dastur.

      • Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, Gnumeric, Corel Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida).

    • Microsoft PowerPoint — maʼlumotlarni taqdimot, reklama qilishga moʻljallangan taqdimot dasturi.

      • Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Impress, LibreOffice Impress, KPresenter, Corel WordPerfect va Apple Keynote.

    • Microsoft Access— maʼlumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga moʻljallangan dastur.

    • Microsoft Publisher — har xil koʻrinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga moʻljallangan muharrir dastur.

    • Microsoft Outlook (Outlook Express bilan chalkashtirmang)— elekton pachtadan foydalanishga moʻljallangan dastur va hokazo Uning tarkibiga taqvim, ish rejalashtirgich, qaydnoma, manzillar kitobi va shaxsiy pochta kiradi.

      • Pochta xizmati uchun — Mozilla Thunderbird/SeaMonkey, Novell Evolution, Claws Mail, Eudora Mail, The Bat!; shaxsiy maʼlumotlar dispetchiri — Mozilla, Lotus Organizer и Novell Evolution.

    • Microsoft InfoPath — maʼlumot yigʻish va uni boshqarish dasturi.

    • Microsoft Communicator (Microsoft Lync) — insonlar bilan har tomonlama muloqot qilishni tashkilashtiradigan dastur.

    • Microsoft Visio — biznes va texnik diagrammalar bilan ishlovchi dastur.

      • Muqobil dasturlar: LibreOffice Draw, OpenOffice.org Draw, yEd Grapth Editor.

    • Microsoft Project — loyihalar bilan ishlovchi dastur.

    • Microsoft Query — maʼlumotlar omboridan maʼlumot oluvchi va koʻrib chiquvchi dastur.

    • Microsoft OneNote — qaydnomalar yozish uchun moʻljallangan dastur.

    • Microsoft Groove — birgalikdagi ishni qoʻllab quvvatlovchi dastur.

    • Microsoft SharePoint Designer — Microsoft SharePoint tizimida dastur yaratish uchun vosita.

    • Microsoft Picture Manager — rasmlar bilan ishlash.

      • Muqobil dastur: OpenOffice.org Draw.

    • Microsoft Document Image Writer — virtual printer.

    • Microsoft Diagnostics — Microsoft Officening zararlangan dasturlarini diagnostika qiluvchi va tuzatuvchi dastur.

    Office dasturlar toʻplamini oʻrnatishda yuqorida koʻrsatilgan dasturlarni tanlash orqali, yaʼni keraklisini oʻrnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin.
    Microsoft Office nima ?. OpenClipArt.org
    Microsoft Office-ning so'nggi versiyasi
    Microsoft Office-ning so'nggi versiyasi Microsoft Office 365 deb ataladi, lekin to'plamning turli versiyalari 1988 yildan beri, shu jumladan Microsoft Office Professional, Microsoft Office Home va Student va Microsoft Office 2016-ning turli xil to'plamlarini o'z ichiga oladi. Microsoft Office deb nomlangan to'plamning har qanday versiyasiga qaramasdan, nashrlarni ajratish qiyin.
    Microsoft Office 365'ning MS Officening eski versiyalaridan ajralib turadiganlari bu dasturlarning barcha jihatlarini bulut bilan birlashtirishi . Bu ham obuna xizmatidir, ya'ni foydalanuvchilar uni oylik yoki yillik to'lov bilan to'lashlari kerak, va bu narxga yangi versiyalarga o'tish kiradi. Office 2016'yi o'z ichiga olgan Microsoft Office oldingi versiyalari Office 365'ning barcha bulutli xususiyatlarini taklif qilmadi va obuna emas edi. Office 2016 boshqa nashrlar kabi bir martalik xaridni amalga oshirdi va Office 2019 ning bo'lishi kutilmoqda.
    Office 365 Business va Office 365 Business Premium Word, Excel, PowerPoint, OneNote, Outlook va Publisher kabi barcha Office ilovalarini o'z ichiga oladi.

    Download 235,2 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 235,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Office dasturlari haqida malumot

    Download 235,2 Kb.