Mulk tushunchasi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi roli. Mulk shakllari va




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   386
Bog'liq
qorakol

5.1. Mulk tushunchasi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi roli. Mulk shakllari va 
ularning iqtisodiy mazmuni 
 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan moddiy omillarning, ya’ni ishlab 
chiqarish vositalari - yer, asosiy va moddiy oborot mablag’lari va pirovard natijalarining, boshqa 
tomondan, shu ishlab chiqarish vositalariga mulk nuqtai nazaridan kishilarning munosabatlarining 
mavjudligiga bog’liq. Mulk dastavval kishilar tomonidan ishlab chiqarish vositalarini o’zlashtirish 
shakli hisoblanadi. O’tmish iqtisodchilar shunday deb yozishgan edi: "Mulk-bu kishilarning bir-biri 
bilan bo’ladigan munosabati, ularning materiallarga, qurollarga va mehnat natijalariga bo’lgan 
munosabati". 
Iqtisodiy munosabatlar kompleksida ishlab chiqarish vositalariga mulk munosabatlari eng 
muhimi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimga tegishli bo’lsa, taqsimot va ayrboshlash 


98 
shunga bog’liq bo’ladi. Ko’p yillik tajriba shuni ko’rsatadiki, mamlakatimizda mustaqillikkacha bir 
necha o’n yillab davom etgan agrar inqirozning asosiy sababi mulk munosabatlarning kuchli 
deformasiyalanishi hisoblanadi. 
Mulkning deformasiyalanishi asosan qishloq xo’jaligini yirik masshtabli umumlashtirish 
yillaridan boshlandi. Yerni va boshqa ishlab chiqarish vositalarini majburiy davlatlashtirish ishlari 
ostida majburiy jamoa xo’jaliklari – (kollektiv kolxozlar), (sovetlar xo’jaligi) sovxozlar – tashkil 
etilib, shu xo’jaliklarga berkitilgan yer, boshqa ishlab chiqarish vositalari va o’z mehnatlari asosida 
yaratilgan mahsulotning «davlat» tomonidan noekvivalent darajada buyruq bilan o’rnatiladigan va 
hatto sarf qilingan harajatlarni ham qoplamaydigan nisbatan past baholar bilan majburiy olib quyish 
mexanizmi asosida faoliyat yuritildi.
Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikdan mahrum bo’lgan kishilar xo’jalikni yaxshi va 
samarali yo’llar bilan olib borishga bo’lgan qiziqishni (motivasiyani) yo’qotdilar. Mulkdan 
uzoqlashish, eng avvalo yerdan uzoqlashish, dehqonni o’zi yaratgan ne’matlarni o’zlashtirishdan 
mahrum qildi. Pirovard natijada dehqon xo’jayin va mehnatkash degan yagona xususiyatdan 
uzoqlashtirildi. Xo’jayin mehnatkash pirovard natijadan ko’ra mehnat haqini afzal qo’yuvchiga 
besamar ishlab chiqarish jarayoniga qatnashuvchi yollanma ishchiga aylandi. 
Qishloq xo’jaligini inqirozdan chiqarish, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash va oziq-ovqat 
xavfsizligi muammosini faqat qishloq mehnatkashlarining ijodiy faolligini oshirish uchun qulay 
imkoniyatini ta’minlaydigan, ularning tashabbuskor xo’jayin va mehnatkash sifatida qobiliyatini 
maksimal ochadigan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar mexanizmini yaratish orqali hal qilish mumkin. 
Respublikada mulk munosabatlarini tubdan isloh qilish hal qiluvchi masala bo’lib, bozor 
munosabatlarining to’la qonli shakllanishida bir qator sharoitlar bo’lishi talab qilinib, ular ichida eng 
muhimi mulk xilma-xil shakllarining faoliyati ko’rsatishga teng huquqligidir. Bu holat O’zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasida o’z aksini topgan bo’lib, uning 53-moddasida «Bozor munosabatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil 
etadi», - deb huquqiy jihatdan mustahkamlab quyilgan. 
Mulk munosabatlari muammosining mazmuni iqtisodiyot fanining muhim uslubiyat 
masalalaridan bir bo’lib hisoblanadi. 
Mulk munosabatlarining mohiyati nimadan iborat? Mavjud iqtisodiy yo’nalish 
muammolarining e’lon qilingan ishlari tahlili shuni ko’rsatdiki mulk tushunchasi birinchi navbatda 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar mazmunini tashkil etadi. Binobarin, uning iqtisodiy kategoriya 
sifatida namoyon bo’lishi ko’rsatib o’tilgan. Obyektiv holatda vujudga keladigan va amal qiladigan 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar qonunlarda mustahkamlanadi, huquqiy munosabatlar shakliga ega 
bo’ladi. 
Mulk-bu ishlab chiqarish vositalarining odamlar tomonidan o’zlashtirib olinishidir. Ishlab 
chiqarish vositalariga bo’lgan munosabat mulk munosabatlari kompleksining asosini tashkil etdi. 
Mulk kim tomonida bo’lsa, mahsulotlarni taqsimlash, almashtirish huquqi ham shu tomondan amalga 
oshiriladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, agrar bankrotlikning mamlakatimizdagi asosiy sababi mulk 
munosabatlari tizimining buzilishidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkning har xil shakllari 
mavjud, chunki bozor bu mulkning iqtisodiy munosabatlaridir. Mulk munosabatlarini o’rganish 
asosida uning obyektiv va subyektiv xususiyatlari aniqlanadi. 
Qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining mehnat salohiyatlarini amalga oshirishning hal qiluvchi 
sharoitlaridan biri mulk munosabatlarini o’zgartirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish asosida turli tuman shakllaridan foydalanishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. 
Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov respublikamizda mulkdorlar 
qatlami shakllantirish vazifasini dolzarb qilib qo’ydi. Mamlakatimizda mulkdorlar qatlamini vujudga 
keltirishni tezlashtirish uchun «Mulk to’g’risida»gi, «Tadbirkorlik to’g’risida»gi, «Mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi, «Ijara to’g’risida»gi, «Mehnat qodeksi», 
«Yer Kodeksi» va boshqa qonunlar qabul qilindi.


99 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayoni bir tomondan moddiy omillar, ya’ni ishlab chiqarish 
vositalariga, ikkinchi tomondan, bu vositalarga mulkyuzasidan odamlarning munosabatlari asosida 
amalga oshiriladi. Mulk statusi ko’p jihatdan dehqonning tabiatiga mos keladi. Modomiki, bozor 
mulk munosabatlarini iqtisodiy amalga oshirishning vositasi va sharoiti hisoblanar ekan, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida mulk va uning turli tuman shakllarining roli keskin oshadi. Yerni, boshqa 
ishlab chiqarish vositalarini davlat tasarrufidan chiqarmasdan va xususiylashtirmasdan turib, erkin 
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini shakllantirish, to’laqonli bozor munosabatlarini yo’lga 
qo’yish mumkin emas. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish davlat mulkning salmog’iga bog’liq 
emas. Muhimi uning sonida emas, balki uning mazmunining o’zgarishida, ya’ni byurokratik 
boshqariladigan mulkdan demokratik boshqariladigan mulkka aylantirishdadir.
Gap mulkning shunday sistemasi haqida boradiki, bunda har bir dehqon va mehnat jamoasi 
faqat ishlab chiqarish vositalarining emas, balki yaratilgan mahsulotning ham real xo’jayinlariga 
aylanishi kerak. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda qatnashishi lozim.
Mulk munosabatlarini har tomonlama o’rganish mulkning obyektlari va subyektlarini
aniqlashga imkon beradi. Mulkning obyekti bo’lib, mulk bo’lgan predmetlar hisoblanadi. Qishloq 
xo’jaligida yer, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, uy-joy, 
mashina va uskunalar, qishloq xo’jaligi mashinalari, transport vositalari va boshqalar mulk 
obyektlariga kiradi. Mulkdan xo’jalikda foydalanish natijasi - mahsulot va daromad - shu ishlab 
chiqarish vositalarining mulkdoriga tegishli bo’ladi. Mulkning subyekti bo’lib fermerlar, alohida 
ijarachilar, hissador, shirkat, kooperativ jamoalari va boshqalar hisoblanadi.
Mulk subyektlari uchta asosiy qonuniy huquqdan foydalanadilar: 

Download 8,59 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mulk tushunchasi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi roli. Mulk shakllari va

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish