362
2) Operativ, statistik va buxgalteriya hisobining mazmunini tushuntirib bering?
3) Ikki yoqlama yozuvning paydo bo‘lishi haqida tushuncha bering?
4) Aktivlar va passivlar, ularning turlari haqida tushuncha bering?
“Sindikat guruhlar”da yechish uchun test savollari.
1-guruh uchun:
1. Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Boshqaruv hisob, soliq hisobi, dastlabki
hisob
V) Pul, natura, inventarizatsiya
S) Natura, mehnat, pul
D) Mehnat, pul, tannarx
2. Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)
Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar,
xususiy kapital,
majburiyatlar, xo‘jalik
muomalalari
V) Ta’minot, ishlab chiqarish va sotish (realizatsiya)
S) Ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, oldindan ko‘ra
bilish, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi, hisobot
davri daromadlari va
xarajatlarining muvofiq kelishi va boshqalar
D) Operativ-texnik hisob, statistik hisob, buxgalteriya hisobi
3. Buxgalteriya hisobining funksiyalari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Axborot, nazorat, uzviy aloqa, tahliliy, mulkning saqlanishini ta’minlash
V) Operativ-texnik hisob, statistik hisob, buxgalteriya hisobi
S) Moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, soliq hisobi
D) Natura, mehnat, pul
2-guruh uchun:
1. Xo‘jalik hisobining turlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Operativ hisob, statistik hisob, buxgalteriya hisobi
V) Natura, mehnat, pul
S) Boshqaruv hisob, soliq hisobi, dastlabki hisob
D) Moliyaviy hisob, soliq hisobi, boshlang‘ich hisob
2. Buxgalteriya hisobining maqsadi nima?
A) Buxgalteriya hisobi schyotlarida axborotlarni shakllantirish
V) Foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq buxgalteriya hisobi va boshqa
moliyaviy axborot bilan ta’minlash
S) Samarali boshqarish maqsadida axborotlarni umumlashtirish
D) Aktivlar va passivlarni hisobga olish
3. Buxgalteriya hisobining predmeti qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Axborot, nazorat, uzviy aloqa, tahliliy, mulkning saqlanishini ta’minlash
V) Xo‘jalik mablag‘lari (aktivlar), xo‘jalik mablag‘lari manbalari (passivlar), xo‘jalik
faoliyati (jarayonlari), faoliyat natijalari
S) Axborotlarni to‘plash, axborotlarni ro‘yxatga olish, axborotlarni tizimlashtirish
D) Ta’minot, ishlab chiqarish va sotish (realizatsiya)
363
3-guruh uchun:
1. Buxgalteriya hisobining yo‘nalishlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Natura, mehnat, pul
V) Moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi
S) Buxgalteriya hisobi schyotlarida axborotlarni shakllantirish
D) Soliq hisobi, boshlang‘ich hisob
2. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar, xo‘jalik
muomalalari
V) Ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, oldindan ko‘ra
bilish, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi, hisobot davri daromadlari va
xarajatlarining muvofiq kelishi va boshqalar
S) Axborotlarni to‘plash, axborotlarni ro‘yxatga olish, axborotlarni tizimlashtirish
D) Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar
va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarni umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish
3. Buxgalteriya hisobining obyektlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar
va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarni umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish
V) Buxgalteriya hisobi axborotlaridan ichki
foydalanuvchilar va tashqi
foydalanuvchilar
S) Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital,
zaxiralar, daromadlar va
xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalari
D) Ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, oldindan ko‘ra
bilish, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi, hisobot davri daromadlari va
xarajatlarining muvofiq kelishi va boshqalar