• Boshqaruv hisobi
  • Soliq hisobi
  •  Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va tamoyillari




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/381
    Sana19.05.2024
    Hajmi4,92 Mb.
    #244036
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   381
    Bog'liq
    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

    1.4. Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va tamoyillari 
    Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yadigan talablari rejali-taqsimot iqtisodiyotiga 
    qaraganda ancha keng. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining 
    yakuniy natijasi – 
    foyda
    olishga qaratilganligi bilan bog‘liq. Hozirgi sharoitda 
    buxgalteriya hisobi 
    ushbu 
    vaziyatdan kelib chiqqan holda 
    uch turga bo‘linadi 
    (1.3-rasm).
     
    1.3-rasm. Buxgalteriya hisobining turlari 
    Moliyaviy hisob
    tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar talabini qondirishga qaratilgan hisob 
    va hisobot tizimidan iborat. 
    Boshqaruv hisobi
    faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya'ni xo‘jalik 
    yurituvchi subekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta'minlaydi va uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish 
    hisobi) kabi strategik maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi. 
    Soliq hisobi
    soliqlarning alohida turlari 
    bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri hisoblash va budjet bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtidaamalga 
    oshirishni ta'minlashga qaratilgan. Shunday qilib, boshqaruvning ko‘rib chiqilgan rejalashtirish, nazorat va 
    qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini baholash kabi funksiyalari buxgalteriya hisobi 
    tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarning xo‘jalik 
    yurituvchi subekt moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lishini ta'minlaydi. 
    Buxgalteriya hisobi axborotlarini hisobning boshqa turlarida shakllanadigan axborotlar bilan 
    qiyoslaganda farq qiladigan belgilari uning asosiy tamoyillariga tayanadi. Ularga asoslangan holda har bir 
    xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan ma'lum mahsulot, ish va xizmatlar bozorida o‘zining moliya-xo‘jalik 
    strategiyasi ishlab chiqiladi.
    Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 6-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobining asosiy 
    tamoyillari
    quyidagilar: 

    buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; 

    uzluksizlik; 

    xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni pulda baholash; 

    aniqlik; 

    hisoblash; 

    oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik); 

    mazmunning shakldan ustunligi; 

    ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; 

    moliyaviy hisobotning betarafligi; 

    hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; 

    aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   381




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va tamoyillari

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish