|
Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olish Pdf ko'rish
|
bet | 147/371 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #102937 |
Bog'liq Buxgalteriya8.5. Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olish
Materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganida ko‘p hollarda ularni sotib olish
hamda tayyorlash bilan bog‘liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»
hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida 6010, 2310, 2010, 6990 va boshqa
hisobvaraqlarning kreditlari bo‘yicha materiallarning sotib olish qiymati qiymati shakllanadi.
Shuningdek bu yerda materiallar bilan bog‘liq transport-tayyorlov xarajatlari ham ifodalanadi.
Bu hisobvaraqning kredit tomonida 1010-1090-hisobvaraqlarning debeti bo‘yicha haqiqatda
kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi.
Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash qiymatlari
orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va har oyning
oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘ining debetida yig‘ilgan summa ishlab
chiqarishga va boshqa ehtiyojlarga sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib,
xarajatlar hisobvarag‘iga ko‘chiriladi.
1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘i debetidagi qoldiq korxonaga hali
kelib tushmagan yo‘ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi. Bularga
materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar kiradi.
Bu xarajatlar materiallarning turlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda mavjud materiallarning
umumiy hajmi bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi.
Bu narsa hisobot oyi davomida sarflangan materiallarga to‘g‘ri keladigan transport-tayyorlov
xarajatlarini aniqlab hisobdan chiqarish uchun zarur.
Sarflangan materiallar qaysi hisobvaraqlarga o‘tkazilgan bo‘lsa, transport-tayyorlov
xarajatlari summasi ham shu hisobvaraqlarga yoziladi. Haqiqiy tannarxning rejadan oshish ulushini
topish va hisobga olish ham shu tartibda bajariladi. Bu yerda farq shundaki, og‘ishish (tejalgan yoki
ortiqcha xarajat) bo‘lishi mumkin. Ortiqcha xarajat transport-tayyorlov xarajatlariga o‘xshab, reja
tannarxini ko‘paytiradi, tejalgan summa esa uni kamaytiradi. Tejalgan summa minus yoki qizil storno
bilan yoziladi.
O‘uyidagi jadvalda «A» korxona bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini
hisoblab topish misoli keltirilgan:
|
| |