Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
 
9 MAVZU. ASOSIY VOSITALAR HISOBI 
9.1. Asosiy vositalarning iqtisodiy mazmuni va ularni hisobga
olishning vazifalari. 
Mehnat vositalari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida muhim omil bo‘lib, uning rivojlanish 
darajasi va samaradorligini belgilaydi. 
Дастлабки
щужжатлар 
Чорва моллари ва паррандаларни 
щисобга олиш дафтари 
Былинма быйича чорва моллари ва 
паррандалар щаракати ты`исида 
щисобот 
Чорва моллари ва паррандалар 
щаракати ты`исида щисобот 
Аналитик щисоб ведомости (№73-
АСК, 75-АСК) 
№14 АСК Журнал-ордер
Бухгалтерия
баланси
Бош
дафтар


Mehnat vositalari – bu kishilarning mehnat buyumlariga o‘z tahsirlarini o‘tkazib, ularni o‘z 
istehmolini qondirishga moslashtiradigan buyumlar yoki buyumlar majmuidir. 
Kengroq ma’noda mehnat vositalariga moddiy sharoitlar ham kiradi. Ularsiz mehnat 
jarayonini amalga oshirish yoki umuman mumkin emas (masalan yer), yoki faqat sodda shaklda 
amalga oshiriladi (masalan, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, transport, yo‘llar, kanallar va 
h.k.). 
Mehnat vositalari va ishlab chiqarishning moddiy sharoitlari birgalikda ishlab chiqarishning 
texnik asosini tashkil etadi. Korxona faoliyatining natijalari birinchi navbatda ularning mavjudligi va
ishlatilishiga bog‘liq. Shuning uchun ham ular asosiy vositalar deb ataladi. 
Shunday qilib, qishloq xo‘jalik korxonalarining asosiy vositalari mehnat vositalari va moddiy 
shart-sharoitlar majmui bo‘lib, moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida 
ham uzoq vaqt davomida natural shaklini saqlab qoladi. Ularga bino va inshootlar, uzatuvchi 
qurilmalar, mashina va jihozlar, transport vositalari, dastgohlar, ishlab chiqarish va xo‘jalik 
inventarlari, katta yoshdagi ish hayvonlari va mahsuldor mollar, ko‘p yillik daraxtlar va boshqalar 
kiradi. 
Yer qishloq xo‘jaligida muhim mehnat vositasi va mehnat predmeti hisoblanadi. Bozor 
iqtisodiga o‘tish jarayonida yer ham boshqa mehnat vositalari kabi ayirboshlanishi yoki ijaraga 
berilishi mumkin. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida bir necha yil ishtirok etadi. Ular asta-
sekin eskiradi va o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga bo‘laklab o‘tkazadilar. 
Asosiy vositalar butligi, to‘g‘ri ishlatilishi va takror ishlab chiqarilishi ular hasobini to‘g‘ri 
tashkil etishga bog‘liq. 
Asosiy vositalar hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: 
- xo‘jalikdagi barcha asosiy vositalarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni nazorat 
qilish; 
- asosiy vositalarning kelib tushishi, xo‘jalik ichidagi harakati va chiqib ketishini hujjatlar bilan 
to‘g‘ri rasmiylashtirish va hisob registrlarida o‘z vaqtida hamda aniq aks ettirish; 
- amortizatsiyani belgilangan me’yorlariga muvofiq ravishda to‘g‘ri hisoblash va uni hisob 
registrlarida o‘z vaqtida aks ettirish; 
- asosiy vositalarning eskirish summalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish; 
- asosiy vositalarni tahmirlash xarajatlarini to‘g‘ri aks ettirishi; 
- asosiy vositalarni tugatishning moliyaviy natijalarini aniqlash va hokazo. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish