vazni ayirib tashlanadi. Olingan natija yosh guruhlar bo‘yicha o‘stirilayotgan yoki boquvdagi va
o‘tlatib boqilayotgan hayvon yoki parrandalarning hisobot davri davomida qo‘shilgan tirik vaznini
bildiradi.
Chorva mollarini o‘lchash mumkin bo‘lmagan hollarda (masalan, bo‘goz gunajin va
cho‘chqalar, bo‘goz yosh sovliqlar bo‘gozlikning mahlum bosqichlarida) ularning so‘ngi o‘lchash
bo‘yicha tirik vazni qabul qilinadi. Gunajin, cho‘chqa va qo‘ylar tuqqanidan so‘ng ular o‘lchanadi va
qo‘shilgan tirik vazni aniqlanadi.
Chorva mollari quyidagi muddatlarda ham o‘lchanadi: yosh mol tuqqanda, yosh mollar sotib
olinganda yoki navbatdagi yosh guruhiga va katta yoshdagi guruhga o‘tkazilganda (qo‘ylar sovliqdan
ajratilganda), asosiy podadan brak qilingan hayvonlar boquvga qo‘yilganda, boquvdan olinganda,
boquvdagi va yosh chorva mollari so‘yilganda yoki sotilganda. Olingan nasl va qo‘shilgan tirik
vaznining reja tannarxi yil oxirida haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi (korrektirovka qilinadi).
Chorvachilik majmualarida olingan cho‘chqa bolalarining tirik vazni hisoblash yo‘li bilan
aniqlanadi. Buning uchun bosh veterinar vrach rahbarligida, tarkibida zootexnik-selektsioner,
uchastka boshligi (brigadir) va operator bo‘lgan komissiya uchtadan beshtagacha cho‘chqa uyasida
nazorat o‘lchov o‘tkazib, natijasini hayvonlarni o‘lchash vedomostini rasmiylashtiradi. Nazorat
uyalarda o‘lchangan cho‘chqa bolalarining umumiy ogirligini ularning bosh soniga bo‘lish yo‘li bilan
bir cho‘chqa bolasining o‘rtacha tirik vazni aniqlanib, oy davomida tugilgan cho‘chqa bolalari shunga
asosan baholanib qabul qilinadi.
Cho‘chqalarning oy oxiriga tirik vazni har bir yosh guruhi bo‘yicha hisob-kitob qilish yo‘li
bilan aniqlanadi. Buning uchun oy oxirida tegishli guruhdagi bir bosh cho‘chqaning o‘rtacha tirik
vazni umumiy bosh soniga ko‘paytiriladi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yosh chorva mollari, boquvdagi hayvonlar, muyinali
hayvonlar va quyonlar asosiy podadagi hayvonlar kabi sug‘urta qilinadi. Tabiiy ofat tufayli hayvon
va parrandalar harom o‘lganda sug‘urtalovchi kompaniyalar qishloq xo‘jalik korxonalariga harom
o‘lgan hayvon va parrandalar uchun sug‘urta qoplamasi to‘lanadi.
Parvarishlash va boqish natijasida yosh chorva mollari, parrandalar va bokuvdagi mollarning
tarkibi, tirik vazni va qiymati o‘zgarib, bu o‘zgarishlar tegishli dastlabki hujjatlarda hamda hisob
registrlarida aks ettiriladi.
Ko‘pchilik chorva mollaridan olingan naslni kirim qilishda asosiy boshlang‘ich hujjat
chorva