Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

mollari nasli (bolalari)ni kirim ¢ilish dalolatnomasi (95-shakl) asos buladi. Bu hujjat ferma mudiri, 
zootexnik va veterinariya vrachi ishtirokida, nasl olingan kuni, ikki nusxada tuziladi. 
Dalolatnomada nasl bergan molning kimga biriktirilganligi, laqabi va raqami, tugilgan 
naslning soni va vazni, jinsi, berilgan raqami, ajralib turadigan belgilari (rangi, belgilari, o‘lchami va 
hokazo) ko‘rsatiladi. Dalolatnoma bolalagan hayvonlar har bir turi uchun alohida to‘lgaziladi. 
To‘lg‘azilgan dalolatnomalar belgilangan muddatlarda buxgalteriyaga topshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan chorvachilik xo‘jaliklarida chorva mollaridan olingan nasllarni kirim qilish 
uchun chorva mollari naslini kirim ¢ilish jamg‘arma dalolatnomasi (96-shakl) tuzilib, unda har bir 
uyada (tug‘ilgan joyida) topilgan (tirik va nobud bo‘lgan) hayvon bolalari qayd etib boriladi. Yosh 
mollar boshqa tashkilotlardan sotib olinganda, agar yosh mollar nasldor bo‘lsa nasldorlik 
guvohnomasi ilova qilingan holda schyot-fakturaga asosan qabul qilinadi. 
Yosh chorva mollarini bir guruhdan boshqasiga yoki asosiy podaga o‘tkazish chorva mollarini 
guruhdan-guruhga o‘tkazish dalolatnomasi (97-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomani 
zootexnik yoki ferma mudiri tomonidan chorva mollarini guruhdan-guruhga o‘tkazadigan kuni, 
chorva mollari va parrandalarni topshiruvchi hamda qabul qiluvchi xodimlar ishtirokida tuziladi. 
Dalolatnomalar chorva mollari va parrandalar harakatini hisobga olish daftarida hisobga olish va 
chorva mollarini parvarishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash, hamda chorva mollari xarakatini 
buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun foydalaniladi. 
Keyinchalik sotish uchun aholidan mollarni qabul qilib olishda xo‘jalik tomonidan 
keyinchalik sotish sotish uchun a¦olidan ¢abul ¢ilib olingan mollarni ¢abul ¢ilish-¦isoblashish 
vedomosti (95-a shakl) tuziladi. Vedomost xo‘jalikda ikki nusxada tuzilib, xo‘jaligi qabul qilib olgan 
chorva molini tayyorlov-tashkilotiga topshirayotganda qo‘shib taqdim etadi. Vedomostning bir 


nusxasi tayyorlov tashkilotida (go‘sht kombinatida) qoladi va aholidan qabul qilib olingan chorva 
mollari uchun xo‘jalikka tegishli summani o‘tkazishda asos bo‘lib xizmat kiladi. Ikkinchi nusxasi 
chorva molining tirik vazni va semizligi hamda har bir topshiruvchiga tegishli summa ko‘rsatilib, mol 
topshiruvchilar bilan hisoblashish uchun xo‘jalikka qaytariladi. 
Yosh va boquvdagi mollarni tayyorlov tashkilotlariga yoki boshqa xaridorlarga jo‘natishda 
chorva mollari va parrandalarni jo‘natish-qabul qilish tovar-transport yuk xati (1 q.x chorva shakli) 
to‘lgaziladi. U xo‘jaliklardan jo‘natilayotgan hayvon va parrandalarning har bir guruhi uchun 
yoziladi. Yuk xatida jo‘natilayotgan mollar to‘g‘risida asosiy mahlumotlar: mollar bosh soni, tirik 
vazni, qaerga jo‘natilayotgani, qabul qiluvchi, jo‘natuvchi, xujjatni kompyuterda ishlash uchun xos 
raqami (kod) qayd etiladi. Yuk xatining orqa tomonida transport mahlumotlari beriladi, unda mollarni 
avtomobil transportida tashish haqidagi asosiy rekvizitlar ko‘rsatiladi. Mollar suv transporti, ot-ulov 
yordamida tashilganda yoki poda holida haydab olib borilganda yuk xatlar orqasidagi transport 
mahlumotlari to‘ldirilmaydi. Mollar avtomobil transportida tashilganda tovar-transport yuk xati to‘rt 
nusxada to‘lgaziladi. Birinchi nusxasi avtomobil haydovchisining tilxati bilan birga fermada 
qoldiriladi. Qolgan uch nusxasi haydovchiga topshiriladi. Uning ikkinchi nusxasi mollarni qabul qilib 
oluvchiga beriladi. Uchinchi va to‘rtinchi nusxalari mol qabul qilib olinganligi to‘g‘risida belgi 
qo‘yilgach, xo‘jalik buxgalteriyasiga topshiriladi (bittasi haydovchi yo‘l varaqasi bilan birga 
avtotranport buxgalteriga, boshqasi chorva buxgalteriga). Chorva mollari temir yo‘l orqali 
jo‘natilganda kuzatuv temir yo‘l daftari (99-a shakl) yuritiladi.
Yosh chorva mollari parrandalar va boquvdagi mollarning harom o‘lishi, so‘yish va 
yaroqsizga chiqarilishi, korxona rahbari tomonidan tayinlangan komissiyaning chorva mollari va 

Download 4,92 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish