Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 97.69 Kb.
bet1/3
Sana20.09.2023
Hajmi97.69 Kb.
#83066
  1   2   3
Bog'liq
12.Grant 1-partiya
MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
URGANCH FILIALI


B U Y R U G‘ I

Stipendiya tayinlash to‘g‘risida”


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori, “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Kompyuter injiniringi fakulteti talabalariga stipendiya tayinlash bo‘yicha komissiyaning 2023-yil 15-sentyabrdagi 1-sonli bayonnomasiga asosan, Kompyuter injiniringi fakultetida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalariga stipendiya tayinlash maqsadida buyuraman:



  1. Kompyuter injiniringi fakultetining 2022-2023-o‘quv yili bahorgi semestr natijalariga ko‘ra fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizidan kam qismini «qoniqarli» bahoga o‘zlashtirgan davlat granti asosida tahsil olayotgan 1-ilovada ko‘rsatilgan 2-4-bosqich bakalavr va 2-bosqich magistr talabalariga stipendiyaning bazaviy miqdori (517 880 so‘m) da 2023-yilning
    4-sentyabridan 2024-yilning 31-yanvariga qadar stipendiya tayinlansin.

  2. Kompyuter injiniringi fakultetining 2022-2023-o‘quv yili bahorgi semestr natijalariga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat «a’lo» baho bo‘lgan davlat granti asosida tahsil olayotgan 2-ilovada ko‘rsatilgan
    2-4-bosqich bakalavr va 2-kurs magistr talabalariga stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga oshirilgan hol (621 456 so‘m) da, 2023-yilning
    4-sentyabridan 2024-yilning 31-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan stipendiya tayinlansin.

  3. Kompyuter injiniringi fakultetining 2022-2023-o‘quv yili bahorgi semestr natijalariga ko‘ra barcha fanlarni o‘zlashtirgan davlat granti asosida tahsil olayotgan 3-ilovada ko‘rsatilgan 2-3-bosqich bakalavr nogironligi bo‘lgan talabalariga stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foizga oshirilgan hol (776 820 so‘m) da 2023-yilning 4-sentyabridan 2024-yilning 31-yanvariga qadar qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan stipendiya tayinlansin.

  4. Kompyuter injiniringi fakultetining 2022-2023-o‘quv yili bahorgi semestr natijalariga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat «a’lo» baho bo‘lgan to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan 4-ilovada ko‘rsatilgan 2-4-bosqich bakalavr talabalariga stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 20 foiz miqdori (103 576 so‘m) da, 2023-yilning
    4-sentyabridan 2024-yilning 31-yanvariga qadar Jamg‘arma hisobidan rag‘batlantirilsin.

  5. Bosh hisobchi (M.Dushamov)ga ilovada ko‘rsatilgan talabalarga, ko‘rsatilgan tartibda stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lash vazifasi yuklatilsin.

  6. Devonxona va arxiv mudiri (Y.Matyaqubova)ga buyruqni o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda tegishli bo‘limlarga yetkazish vazifasi yuklatilsin.

  7. Buyruq ijrosini nazorat qilish o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (O.Xalmuratov) zimmasiga yuklatilsin.



Asos: Reyting qaydnomalar (dekanatda), stipendiya komissiyasining №1-sonli bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori.



Download 97.69 Kb.
  1   2   3




Download 97.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 97.69 Kb.