Asosiy vositalar harakatini dastlabki hujjatlashtirish, inventar, analitik va sintetik hisobi




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

9.3. Asosiy vositalar harakatini dastlabki hujjatlashtirish, inventar, analitik va sintetik hisobi. 
Asosiy vositalarning kelib tushishi va xo‘jalik ichida siljishi quyidagi dastlabki hujjatlar bilan 
rasmiylashtiriladi: 
Qurib bitkazilgan bino va inshootlar, aholi yashaydigan uylar va madaniy-maishiy binolarni 
qabul qilish asosiy vositalarni ¢abul-¢ilish-topshirish dalolatnomasi(52-shakl)ga asosan amalga 
oshiriladi. 
Dalolatnoma qishloq xo‘jalik korxonasi rahbarining buyrug‘i (agrofirmasi boshqaruvining 
farmoyishi)ga binoan tayinlangan komissiya tomonidan tuzilib, unda qabul qilingan obektning 
qisqacha tavsifi, texnik talablarga muvofiqligi va dastlabki sinovlarning natijalari ko‘rsatiladi. Ayrim 


chala qolgan ishlar aniqlansa, ularni bartaraf etish muddatlari belgilanadi. Dalolatnoma xo‘jalik 
rahbari tomonidan tasdiqlanadi va buxgalteriyaga beriladi. Obhektni qabul qilishga dalolatnomaga 
obektga tegishli barcha hujjatlar ilova qilinadi. Yuqori tashkilotning farmoyishiga binoan boshqa 
korxonalarga berilgan asosiy vositalar ham shunday dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bu holda 
dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. 
Zamonaviylashtirish, qayta tiklash va kapital tahmirlashdan so‘ng asosiy vositalarni qabul 
qilish-topshirish tahmirdan chi¢¢an va ¢ayta tiklangan asosiy vositalarni ¢abul ¢ilish-topshirish 
dalolatnomasi (53-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma ham korxona rahbari (agrofirmasi 
boshqaruvi) tayinlagan komissiya tomonidan, ikki nusxada tuziladi. 
Ko‘p yillik daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha tugallangan ishlar va yosh ko‘chatlarni 
foydalanishga topshirish ko‘p yillik daraxtlarni ¢abul ¢ilish va ularni foydalanishga topshirish 
dalolatnomasi (54-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. 
Sotib olingan asosiy vositalar, asosiy podani to‘ldirish uchun sotib olingan mollar mol 
yetkazib beruvchilarning schyot-fakturalari, yuk xatlar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va 
boshqa hujjatlarga asosan qabul qilinadi. Bepul yoki aybdor shaxslardan moddiy zararni qoplash 
tartibida olingan asosiy vositalar qishloq xo‘jalik korxonasi rahbari (agrofirmasi boshqaruvi) 
tayinlagan komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnomalarga asosan hisobga olinadi. Mahsuldor va ish 
hayvonlar asosiy podasiga yosh chorva mollarini o‘tkazish chorva mollarini guru¦dan-guru¦ga 
o‘tkazish dalolatnomasi(97-shakl)ga asosan rasmiylashtiriladi. 
Asosiy vositalarning xo‘jalik ichida bir javobgar shaxsdan ikkinchisiga o‘tish ixtiyoriy 
shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
Asosiy vositalarning xo‘jalikdan chiqarilishi bepul berib yuborish, tugatilishi, sotilishi, tabiiy 
ofat tufayli buzilishi va yo‘qolishi natijasida sodir bo‘ladi. 
Asosiy vositalarning keyinchalik ishlab chiqarishda foydalanishga yaroqsizligini aniqlash, 
qayta tiklash ishlarini o‘tkazishning imkoni yo‘qligi yoki samarasizligini, asosiy vositalarni hisobdan 
chiqarishga asos bo‘ladigan zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun qishloq xo‘jalik korxonasi 
rahbari tomonidan (aktsiyadorlik jamiyatlarida – aktsiyadorlarning umumiy majlisi yoki vakillar 
majlisining qarori bilan) doimiy faoliyat ko‘rsatadigan komissiya tuziladi. 
Qishloq xo‘jalik korxonasining asosiy vositalari tabiiy ofat tufayli yo‘qolganda ularni 
hisobdan chiqarish hujjatlari sug‘urta kompaniyasi vakili ishtirokida tuziladi. 
Asosiy vositalarni balansdan chiqarish uchun quyidagi dalolatnomalar tuziladi: bino va 
inshootlarni hisobdan chio‘arish dalolatnomasi (55-shakl), mashina, o‘urilish va transport 
vositalarini ¦isobdan chio‘arish dalolatnomasi (56-shakl); chorva mollarini asosiy podadan 
yaroo‘sizlikka(brakka) chio‘arish dalolatnomasi (57-shakl); ko‘p yillik daraxtlarni ¦isobdan 

Download 4,92 Mb.
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Asosiy vositalar harakatini dastlabki hujjatlashtirish, inventar, analitik va sintetik hisobi

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish