Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

10 MAVZU. NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI 
 
10.1. Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasining negizida mulkning davlat shakli bo‘lgan rejali 
iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor modeliga o‘tish jarayonida yangi mulk shakllari, 
jumladan xususiy mulkning paydo bo‘lishi sababli buxgalteriya hisobi tizimida ham tub 
o‘zgarishlar qilish zaruriyati tug‘ildi.
Hisobning har bir bo‘limi va analitik uslublarning ko‘pchiligi amalda nazariy, uslubiy 
yondoshishni va asoslashni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o‘tish bilan hisobda yuzaga kelgan 
muammolarni yechish yo‘llari hamda foydalaniladigan tushunchalarning doirasi kengaydi. Lekin 
buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, ularning mohiyati va maqsadi o‘zgarmasdan qoldi. 
Moliyaviy hisobotlarning elementlari bo‘lgan aktiv va passivlarning yangi ko‘rinishlari, ularni 
baholash uslublari, moliyaviy natijalarni hisob-kitob qilish va xarajatlarni hisobga olish yo‘llari, 
axborotlarni turkumlarga ajratuvchi hisobvaraqlar rejasining yangi ko‘rinishi o‘z ifodasini topdi. 


Ayniqsa, buxgalteriya hisobi tizimida yangi tushuncha nomoddiy aktivlar, ya’ni «ko‘rinmas 
aktivlar» (intangible assets)ni baholash, hisobga olish, amortizatsiyani hisoblash usullari, 
shuningdek likvidatsiya qilish tartiblarini bayon qilishni taqozo etadi. 
Nomoddiy yoki «yashirin» aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora shakliga ega bo‘lmagan, 
lekin xo‘jalik yurituvchi sub’ektga daromad keltiruvchi mablag‘lar kiritiladi. Nomoddiy aktivlar 
hisobi buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun va 
buxgalteriya hisobi milliy standartlarida, xususan, «Nomoddiy aktivlar» hamda «Ilmiy tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarishga xarajatlar» deb nomlangan 7- va 11-sonli buxgalteriya 
hisobining milliy standartlarida bayon etiladi. 
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga muvofiq, nomoddiy aktivlar - moddiy-
ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida 
foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun 
mo‘ljallangan mol-mulk ob’ektlari. 
Nomoddiy aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora (ko‘rinib turadigan) shaklga ega bo‘lmagan, lekin 
korxonaga daromad keltiradigan vositalar kiradi.
Umumiy tarzda nomoddiy aktivlar deganda sanoat va aqliy mulk ob’ektlarining qiymati, 
mulk huquqi ob’ekti sifatida tan olinadigan boshqa shunga o‘xshash mulkiy huquqlar, shuningdek, 
uzoq muddatli chiqimlar tushuniladi. 
Nomoddiy aktivlar ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida foydalanilishi va jismoniy 
mohiyatga ega bo‘lmasligi (pul emasligi)ni taqozo qiladi. Aktivlarni yuridik huquqlar, shu 
jumladan, mulk huquqi tarzida bo‘lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanish mumkin 
bo‘lgan holda jismoniy ko‘rinishga ega bo‘lmagan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob 
beradi. 
Aktivning yuridik huquqini belgilaydigan shartnoma ushbu huquq bilan ifodalash yo‘li 
bilan belgilanishi mumkin emas. Bunday aktivlar muhim ekanligini belgilash uchun xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektga ushbu aktivdan qanday foydalar olinishini aniqlash imkonini beradigan bir 
qator omillarni hisobga olish lozim. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xo‘jalik faoliyati jarayonida nomoddiy aktivlarni xarid qilish, 
rivojlantirish va ko‘paytirish bo‘yicha majburiyatlar oladi. Korxonaning nomoddiy aktivlari 
tarkibida patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk va savdo markalari aks ettiriladi. Tanho huquqlar, 
kompyuter dasturlarini ta’minlash, mualliflik huquqlari, mijozlarning ro‘yxatlari, litsenziyalar, 
marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni 
barpo etish xarajatlari ya’ni boshlash xarajatlari), nou-xau, bozor to‘g‘risidagi bilim, texnik 
ko‘nikmalar va boshqalar amaliyotda uchraydigan nomoddiy aktivga oddiy misollar bo‘ladi.

Download 4,92 Mb.
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish