obhektlari nomi va inventar raqamini subschyot va tasnifiy guruh chegarasida aniqlash uchun 01
sintetik schyotining xos raqami asosiy vositalar nomlarining xos raqamlari (inventar raqamlari)
bilan birlashtirib qo‘llaniladi.
0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining xos raqami
xos raqamlashtirishning ketma-ket metodi bo‘yicha tuziladi va oltita raqamdan iborat bo‘ladi.
Birinchi to‘rtta raqam sintetik schyot, oxirgi ikkitasi ikkita nollar. Shunday qilib, 1210 schyotni
to‘liq xos raqami 021000 bo‘ladi.
0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vochitalarni hisobga
oluvchi schyotlar» bo‘yicha ham xos raqam tuzish ketma-ket metod bo‘yicha tuziladi va oltita
raqamdan iborat bo‘ladi. Birinchi ikki raqam sintetik schyot, subschyot bo‘lmaganligi sababli
uchuinchi raqam o‘rniga nol qo‘yiladi. Oxirgi uchta raqam analitik schyotni bildiradi.
Xos raqamlashtirishning ikkinchi bosqichida hisob nomenklaturalarining xususiy xos
raqamlari o‘rniga asosiy vositalar hisobiga oid xo‘jalik muomalalarining ishchi tasniflagichlarida
guruhlangan, xo‘jalik muomalalarining jamlama xos raqamlaridan foydalaniladi. Bu
tasnifoagichda asosiy vositalar hisobiga oid har bir xo‘jalik muomalasi bo‘yicha 0100, 0200. 0300
va ular bilan aloqa qiladigan schyotlarning xususiy xos raqamlari keltiriladi. Bunda asosiy
vositalar harakatining har bir muomalalalariga tasniflagichda dastlabki hujjatlarda (№52, 53, 54a,
55, 56, 87 shakllar) xususiy xos raqamlar o‘rniga qo‘yiladigan, seriya tartibli raqamlashtirish
metodi bo‘yicha beriladi.
1-misol. Xo‘jalik muomalasining jamlama xos raqami 3108 foydalanishga topshirilgan
sigirxona binosining kirim qilinganligini bildiradi. U quyidpgi xususiy xos raqamlarini o‘z ichiga
oladi, debet 011001. Kredit 081001.
2-misol. Xo‘jalik muomalasining jamlama xos raqami 3210 yaroqsiz holga kelgan dala
shiyponining hisobdan o‘chirilishini bildiradi. U quyidagi xususiy xos raqamlarni o‘z ichiga oladi:
debet 470213, kredit 011005.
Tasniflagichda asosiy vositalar harakatining ko‘pchilik xo‘jalik muomalalarini bo‘yicha
sintetik sub va analitik schyotlarining xususiy xos raqamlari faqat debeti yoki krediti bo‘yicha
keltiriladi. U holda agshar tasniflagichda sintetik, sub va analitik schyotlarning faqat debet
bo‘yicha xos raqamlari keltirilsa, kreditining xos raqami kiritilgan algoritm bo‘yicha tashkil topadi
(shakllanadi) va aksincha, agar faqat kreditning xos raqami keltirilsa, schyot debetining xos raqami
avtomatik ravishda shakllanadi. Asosiy vositalar xo‘jalik ichichdagi harakatini aks ettiradigan
xo‘jalik muomalasining xos raqami 3001 bo‘yicha sintetik schyotlar, subschyotlar va analitik
schyotlar debeti va kreditining xos raqamlari avtomatik ravishda shakllanadi.
Avtomatik vositalar hisobiga oid xo‘jalik muomalalarining tasniflagichidan tashqari,
asosiy podadagi chorva mollari harakatining hisobiga oid muomalalarni xos raqamlashtirish uchun
chorva mollari va parrandalarining harakatiga doir xo‘jalik muomalalarining tsniflagichidan ham
foydalaniladi.