|
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \ Pdf ko'rish
|
bet | 167/371 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #102937 |
Bog'liq BuxgalteriyaSanoat namunalari — ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi buyumlar va xalq iste’moli
tovarlarining tashqi qiyofasini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlaridan foydalanish
huquqi. Sanoat namunalariga hajmiy model (avtomobil, stanok, mebel va hokazo) yoki yassi
tasvir-sanoat naqshlari (gazlama, gilam gullari, shrift shakli va hokazo) misol bo‘la oladi;
♦
Dasturiy ta’minot — texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo‘yicha
texnik va foydalanish hujjatlari yig‘indisi;
♦
Gudvill — korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan korxona uchun
haq hamda uning sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor)
qiymati o‘rtasidagi farq;
♦
Tashkiliy xarajatlar — yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni barpo etish xarajatlari, ya’ni ishni
boshlash xarajatlari;
♦
Franshizalar — bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu jumladan,
savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqining berilishi, buning
ustiga, bevosita belgilanishi bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan
xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq berilishlarining
majburiy sharti hisoblanadi;
♦
Mualliflik huquqlari — ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlarni nashr qilish, ijro etish
yoki boshqa turdagi foydalanish huquqi;
♦
Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi — xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda yer va
boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni ta’minlovchi huquq, ammo yerdan foydalanish huquqi
mazkur yer uchastkasini mulk qilib olishni bildirmaydi.
Nomoddiy aktivlarni baholashda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga asoslanilish
lozim. Nomoddiy aktivlarni baholashda quyidagi baho (qiymat)lardan foydalaniladi:
♦
|
| |