Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda
aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin
qilinayotgan qiymatidir.
Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamg‘arilgan amortizatsiyani
chiqarib tashlangan holda nomoddiy aktivlarning dastlabki yoki joriy qiymatidir.
O‘rnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni
mo‘ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati.
Nomoddiy aktiv pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol
ishlayotgan shu singari aktivga aniqlangan bozor narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.
Nomoddiy aktiv xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish
chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan hollarda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarx bo‘yicha aks
ettiriladi.
Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bo‘lgan hollarda u aktiv sifatida alohida
modda bilan aks ettirilmaydi.
Korxona tomonidan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi, chunki u korxonani sotib olish
paytida xarid qilish narxi bilan mazkur sub’ektni tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi
o‘rtasidagi tafovut sifatida yuzaga keladi.
Ba’zi vaqtlarda nomoddiy aktivlarni qayta baholashga ehtiyoj tug‘iladi. Nomoddiy aktivni
qayta baholaganda nomoddiy aktivning butun zanjiri qayta baholanishi kerak. O‘ayta baholash
natijasida nomoddiy aktiv balans qiymati ko‘paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi bahodan
oshadigan summada «Zahira sarmoya» hisobvarag‘ining kreditida aks ettirilishi lozim. O‘ayta
baholash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi
bahodan oshadigan summada xarajat sifatida tan olinadi.