♦
Tekinga olingan taqdirda - huquqlar berilganligi to‘g‘risidagi shartnoma, qabul qilib olish
dalolatnomasi va baholash dalolatnomasi;
♦ Nomoddiy aktivni muassislar tomonidan korxonaning ustav fondiga ularning ulushi tarzida
yoki aktsiyalarning haqini to‘lash hisobiga kiritilganida - ta’sis hujjatlari, qabul qilib olish
dalolatnomasi va baholash dalolatnomasi.
Tegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar
kuchi bilan barpo etilgan nomoddiy aktivlar ob’ektlari 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish»
hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondentsiyada 0410-0490-hisobvaraqlar debeti bo‘yicha
haqiqiy tannarxiga qarab nomoddiy aktivlar sifatida kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan nomoddiy aktivlar 0830-«Nomoddiy
aktivlarni sotib olish» hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondentsiyada 0410-0490-
hisobvaraqlar debeti bo‘yicha kirim qilinadi.
Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyati 2001 yil sentyabr oyida qiymati 500000 so‘mlik
dasturiy ta’minotni o‘zga tashkilotdan sotib oldi va uni balansga qabul qilib oldi. Ushbu
muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
♦ Nomoddiy aktiv xarid qilindi:
D-t 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» - 500000 so‘m
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 500000 so‘m.
♦ Nomoddiy aktiv balansga qabul qilindi:
D-t 0430-«Dasturiy ta’minot» - 500000 so‘m
K-t 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» -500000 so‘m.
Boshqa korxona yoki jismoniy shaxslardan tekinga, shuningdek, hukumat organlarining
subsidiyasi sifatida olingan nomoddiy aktivlar 8530-«Tekinga olingan mol-mulk» hisobvarag‘i
bilan korrespondentsiyada 0410-0490-hisobvaraqlar debeti bo‘yicha kirim qilingan sanada ekspert
yo‘li bilan, bozor qiymati bo‘yicha belgilangan bahoda aks ettiriladi.
Ta’sischilar ustav fondiga ulush sifatida kiritgan yoki aktsiyalar haqini to‘lash hisobiga
bergan nomoddiy aktivlarni kirim qilish 4610-«Muassislarning ustav sarmoyasiga ulushlar
bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘i krediti hamda 0410-0490-hisobvaraqlar debetida aks ettiriladi.