• Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash.
  • Jamg‘arilgan amortizatsiya Qoldiq qiymati
  • Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash jadvali




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet172/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash jadvali 
    Yillar 
    Balans 
    qiymati 
    Ishlab 
    chiqarilgan 
    mahsulot 
    hajmi 
    Yillik 
    amortizatsiya 
    summasi 
    Jamg‘arilgan 
    amortizatsiya 
    Qoldiq 
    qiymati 
    1-yil 
    10000 
    20000 
    2000 
    2000 
    8000 
    2-yil 
    10000 
    30000 
    3000 
    5000 
    5000 
    3-yil 
    10000 
    10000 
    1000 
    6000 
    4000 
    4-yil 
    10000 
    20000 
    2000 
    8000 
    2000 
    5-yil 
    10000 
    10000 
    1000 
    9000 
    1000 


    Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Bu usulda amortizatsiya 
    hisoblashda amortizatsiya me’yori 2 hissaga orttiriladi va amortizatsiya me’yori 40%(2*20%)ga 
    teng bo‘ladi. 
     
    Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash jadvali 
    Yillar 
    Balans qiymati 
    Yillik amortizatsiya 
    summasi 
    Jamg‘arilgan 
    amortizatsiya 
    Qoldiq 
    qiymati 
    1-yil 
    10000 
    (40%*10000)=4000 
    4000 
    6000 
    2-yil 
    10000 
    (40%*6000)=2400 
    6400 
    3600 
    3-yil 
    10000 
    (40%*3600)=1440 
    7800 
    2160 
    4-yil 
    10000 
    (40%*2160)=864 
    8704 
    1296 
    5-yil 
    10000 
    296 
    9000 
    1000 
    Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o‘tkazilgan hisobot 
    davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning ayrim ob’ektlari 
    bo‘yicha ajratmalar tegishli summalarni jamg‘arish yo‘li bilan yoki ob’ektlarning dastlabki 
    qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
    Nomoddiy aktivlar eskirishining hisoblangan summasi ishlab chiqarish xarajatlari 
    (muomala xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, sarmoya qo‘yish)ni hisobga olish hisobvaraqlari debeti 
    va 0510-0590-hisobvaraqlar kreditiga kiritiladi.
    Korxonalar tegishli nomoddiy aktivlar bo‘yicha jamg‘arilgan amortizatsiya to‘g‘risidagi 
    axborotni quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiradi: 
    0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi»; 
    0520-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining eskirishi»; 
    0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi»; 
    0540-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqining eskirishi»; 
    0550-«Tashkiliy xarajatlarning eskirishi»; 
    0560-«Franshizalarning eskirishi»; 
    0570-«Mualliflik huquqlarining eskirishi»; 
    0590-«Boshqa nomoddiy aktivlarning eskirishi». 
    Ushbu hisobvaraqlarning kreditida hisoblangan eskirish summalari, debetida esa nomoddiy 
    aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan eskirish summalarining o‘chirilishi aks ettiriladi.
    Misol. Korxonada sentyabr oyida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun nomoddiy aktivlardan 
    foydalanilishi natijasida 5600 so‘m eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga quyidagicha provodka 
    beriladi: 
    D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» - 5600 so‘m 
    K-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 5600 so‘m. 
    Korxonada shu oy mobaynida mavjud litsenziya uchun ma’muriy xarajatlar hisobiga 3200 
    so‘mlik eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi: 
    D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» - 3200 so‘m 
    K-t 0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi» - 3200 so‘m. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash jadvali

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish