Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishni hisobga olish




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

10.5. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishni hisobga olish 
Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni 
boshqarish uchun foydalanilmayotgan nomoddiy aktivlar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya 
balansidan hisobdan chiqarilishi kerak. 
O‘uyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida nomoddiy aktivlar ob’ektlarining qiymati 
korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: 
♦ realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida iqtisodiy ma’noda 
sotganda va yuridik ma’noda egalik huquqi to‘xtatilganida; 


♦ 
bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan 
chiqarilganida; 
♦ nomoddiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan chiqarilganida; 
♦ boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida; 
♦ huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga tekin topshirilganida. 
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya 
hisobida aks ettirish uchun quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: 
♦ egalik qilish huquqi boshqalarga berilganida - huquqni boshqa birovga berish to‘g‘risidagi 
shartnoma, haq olinganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati va boshqa hujjatlar, huquqni boshqalarga 
berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, chiqib ketish dalolatnomasi; 
♦ amal qilish muddati tugatilganligi tufayli hisobdan chiqarilganida - hisobdan chiqarish 
to‘g‘risidagi dalolatnoma; 
♦ boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo‘yganida - ta’sis hujjatlari, foydalanish huquqini 
boshqa birovga berish to‘g‘risidagi shartnoma, foydalanish huquqini boshqalarga berish qiymatini 
baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi 
shartnoma bo‘yicha qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi; 
♦ tekinga berilgan taqdirda - foydalanish huquqini boshqa birovga berish to‘g‘risidagi 
shartnoma, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qabul qilib olish-
topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi. 
Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati nomoddiy aktivlarni 
hisobga olishning tegishli hisobvaraqlari kreditidan 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va 
boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i debetiga hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlarni chetga 
sotishdan tushgan tushum 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» 
hisobvarag‘i krediti bo‘yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-«Boshqa 
uzoq muddatli debitorlik qarzlari» hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ular bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi 0510-
0590-hisobvaraqlari debetidan 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib 
ketishi» hisobvarag‘i kreditiga hisobdan chiqariladi.
Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida may oyida dasturiy ta’minot hisobdan chiqarildi: 
balans qiymati 200000 so‘m, eskirish qiymati 150000 so‘m. Nomoddiy aktivning sotish qiymati 
80000 so‘m. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka beramiz: 
♦ dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga:

Download 4,92 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishni hisobga olish

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish