Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining dastlabki, analitik va sintetik




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

11.2.3. Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining dastlabki, analitik va sintetik 
hisobi 
Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishi to‘g‘risidagi barcha yozuvlar tegishli 
dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan yoziladi. Bunday dastlabki hujjatlar to‘rt guruhga: 
mehnat, mehnat buyumlari va mehnat vositalari sarfi hamda mahsulot chiqishiga oid hujjatlar. 
Mehnat sarfini hisobga olish hujjatlarida dehqonchilik tarmog‘ida o‘stirilayotgan ekinlar 
bo‘yicha muayyan ishlarni bajarish uchun sarflangan mehnat va hisoblangan to‘lov aks ettiriladi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda traktorchi mashinistning hisob varaqalari (67- va 67-b 
shakllar), mexanizatsiyalashtirilmagan ishlarda mehnat hisobi va bajarilgan ishlar varaqalari (66- 
va 66-a shakllari) qo‘llanadi. Shuningdek, ishbay ishlarda ishlangan vaqtni hisobga olish uchun – 
ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) qo‘llanadi. 
Mehnat predmetlari sarfi hisobga olinadigan hujjatlarda dehqonchilik tarmog‘ida 
sarflangan turli moddiy qiymatlar: urug‘lik, o‘g‘it, zaharli ximikatlar, gyerbisidlar, ehtiyot qismlar 
va hokazolarni qayd etadi. Ekishga sarflangan urug‘ va ekish Materiallari urug‘ va ekish 
matyerillarini sarflash dalolatnomasi (119-shakl), o‘g‘it, zaharli ximikat va gyerbisidlar sarfi – 
ma'danli, organik va baktyerial o‘g‘itlar zaharli ximikatlar va gyerbisidlarni ishlatish to‘g‘risida 
dalolatnoma (118-shakl), mayda inventar va buyumlar – ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari va 
buyumlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (126-shakl) bilan rasmiylashtiriladi va hokazo. 
Dastlabki hujjatlar ko‘rsatkichlari oy oxirida moddiy qiymatlar harakati haqidagi hisobotlarda 
(121-shakl) umumlashtiriladi, shundan so‘ng bo‘linmalarning ishlab chiqarish hisobotlariga 
moddiy qiymatlar sarfi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi. 


Mehnat vositalari sarfini hisobga olish hujjatlari dehqonchilik tarmog‘ida foydalanilgan 
mehnat vositalari bo‘yicha xarajatlar, xususan hisoblangan amortizatsiya ajratmalari aks ettiriladi. 
Bunga amortizatsiyani hisoblash va taqsimlash bo‘yicha turli hisob-kitoblar: yil boshidagi holatiga 
ko‘ra asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalar hisob-kitobi kelib (52-shakl) tushgan va 
chiqib ketgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisob-kitobi (60-shakl), bir oylik 
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash qaydnomasi (62-shakl), dehqonchilik tarmog‘idagi asosiy 
vositalari bo‘yicha hisoblangan amortizatsiyasi taqsimlash qaydnomasi (63-shakl). 
Bu guruh bilan asosiy vositalarni joriy ta'mirlash bo‘yicha hujjatlar uzviy boglangan. 
Bularga mashinalarni ta'mirlash uchun defektlar qaydnomasi (130-shakl), joriy ta'mirlash 
xarajatlarini taqsimlash qaydnomasi taalluqlidir. 
Mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo‘yicha hujjatlar: don, texnik ekinlar, sabzavot, 
meva, ozuqa kabi dehqonchilik tarmogi mahsulotlarini kirim qilish qayd etiladi. Bularga: don 
ekinlari bo‘yicha – don va boshqa mahsulotlarni daladan jo‘natish qaydnomasi (77-shakl), 
mahsulotni daladan olib chiqish yo‘llanmasi (77-a-shakl), donni talonli hisobga olish usulida 
talonlar (77-b,77-v,77-g-shakl), don va boshqa mahsulotlarni qabul qilish reestri (78-shakl), donni 
tarozibon tomonidan qabul qilish reestri (78-a-shakl), don va boshqa mahsulotlar harakati 
qaydnomasi (80-shakl); kartoshka, sabzavot, meva, rezavor meva va boshqa ekinlar bo‘yicha - 
qishloq xo‘jalik mahsulotining kelib tushish qaydnomasi (82-shakl), yopiq yerga ekilgan 
mahsulotning kelib tushish qaydnomasi (83-shakl), bog‘dorchilik mahsulotlarini kelib tushish 
qaydnomasi (84-shakl); ozuqa ekinlari bo‘yicha – dag‘al va shirali ozuqalarni qabul qilish 
dalolatnomasi (92-shakl), yaylov ozuqalarini kirim qilish dalolatnomasi (93 va 93-a-shakllari) 
kiradi. Dehqonchilik tarmog‘ida xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha ham, mahsulotlar chiqishini 
hisobga olish bo‘yicha ham ko‘p miqdordagi xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Har bir guruh 
hujjatlaridagi ma’lumotlar ularga ishlov berilganda ma'lum belgilariga ko‘ra hujjatlarning 
harakatlanishi va ishlatilish tavsifiga ko‘ra bir tizimga solinadi. Mehnat sarflari hisobga olinadigan 
hujjatlarning ma’lumotlari ish haqi hisoblash va to‘lash uchun har bir xodim hamda xodimlar 
toifasi bo‘yicha ish haqi fondidan foydalanishni nazorat qilish maqsadida umumlashtiriladi. 
Mehnat predmetlarini hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari moddiy javobgar shaxslar 
hamda moddiy qiymatlarning kelib tushishi va sarflanishi yo‘nalishlari bo‘yicha bir tizimga 
solinadi. Mehnat vositalarining sarflanishi hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari bir 
turdagi asosiy vositalar guruhlari va turlari hamda asosiy vositalardan foydalanish yo‘nalishlari 
bo‘yicha bir tizimga solinadi. Mahsulotlar chiqishi hisobga olinadigan hujjatlar ma’lumotlari 
mahsulot turlari, moddiy javobgar shaxslar, mahsulotning kelib tushish va sarflanish yo‘nalishlari 
bo‘yicha bir tizimga solinadi. 
Shuningdek, dehqonchilik sohasidagi barcha hujjatlarning ma’lumotlari xarajatlarni 
hisobga olish obektlari – ish turlari hamda ekinlar (ekin guruhlari) bo‘yicha albatta bir tizimga 
keltiriladi. Bunday bir tizimga keltirishda maxsus ishlab chiqilgan jamg‘arma qaydnomalar va 
jurnallardan foydalaniladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan mehnat sarflari to‘g‘risidagi va 
boshqa ayrim hujjatlarning ma’lumotlari yuqorida ko‘rib chiqilgan, ta'mirlash ustaxonasidan 
foydalanish, jamg‘arma qaydnomasi (73-shakl) hamda ish va boshqa xarajatlarni hisobga olish 
jurnalida (37-shakl) to‘planadi. 
Ish va xarajatlarni hisobga olish jurnallari ishlab chiqarish bo‘linmalarida yuritiladi. Ularda 
har bir ekin (ekinlar guruhi), bajariladigan ishlar va hisobning boshqa obektlari uchun taxmin 
qilinayotgan yozuvlar miqdoriga ko‘ra sahifalar ajratiladi. U yoki bu ekinga taalluqli ish turlari 
texnologik kartaga muvofiq tarzda yoziladi. Har bir hisob obekti bo‘yicha bajarilgan ishlarning 
hajmi naturada hamda shartli etalon gektarga aylantirib, ishlangan vaqt soatlarda va hisoblab 
o‘tkazilgan to‘lov (traktorchilar va boshqa xodimlar bo‘yicha alohida-alohida), yoqilg‘i sarfi 
(norma bo‘yichava haqiqiysi), yorug‘lik va ekish Materiallarining sarfi va boshqa xarajatlar qayd 
etiladi. Ish va xarajatlarni hisobga jurnali dastlabki hujjatlar asosida, ta'mirlash ustaxonasi 
xarajatlari bo‘yicha esa ta'mirlash ustaxonasidan foydalanish jamg‘arma qaydnoma (37-a-shakl) 
asosida qilinadi. 
Dehqonchilik tarmog‘ida qilingan xarajatlar va yetishtirilgan mahsulotlar 2010-


«Dehqonchilik» schotida hisobga olinadi. 
Bu schot debetida mahsulot yetishtirish uchun qilingan xarajatlar hisobga olinsa, kreditida 
esa yetishtirilgan mahsulotlarning reja tannarxida baholanganqiymati va yil oxirida reja tannarxi 
bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovut aks ettiriladi. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari yil oxirida ushbu schot debetida qoldiq tarzida 
aks ettirilib, yillik balansda ko‘rsatiladi. 
Boshqaruv buxgalteriya hisobini tashkil etishda xo‘jalik bo‘yicha xarajat obektlarini to‘g‘ri 
belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Dehqonchilikda xarajat obektlari bo‘lib ekin turlari yoki 
guruhlari, ishlar, taqsimlanadigan xarajat turlari va boshqa obektlar hisoblanadi. 
Dehqonchilikda xarajatlar va olingan mahsulotlarning analitik hisobi “O‘simlikchilik 
xarajatlari va mahsulotlari chiqishini hisobga olish qaydnomasi”da yuritiladi.
Ushbu qaydnoma ma’lumotlari xarajat limitlariga rioya qilinishini nazorat qilish hamda 
butun xo‘jalik bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish uchun foydalaniladi. Qaydnomada 
xarajatlar har oyda o‘simliklar (o‘simlik guruhlari) va tegishli xarajat moddalari bo‘yicha bir oylik 
va yil boshidan o‘sib boruvchan tartibda aks ettirib boriladi. 
Ayrim o‘simliklarni parvarishlash uchun qilingan xarajatlarni hisobga olishga 
mo‘ljallangan analitik schotlardan tashqari, mustaqil hisob obektlarini aks ettirish uchun quyidagi 
analitik schotlar ochiladi: «O‘simlikchilikda ishlatilgan asosiy vositalar bo‘yicha taqsimlanmagan 
amortizatsiya ajratmalari», «o‘simlikchilikda ishlatilgan asosiy vositalarning taqsimlanadigan 
joriy ta'mirlash xarajatlari», «taqsimlanadigan sug‘orish xarajatlari», «sho‘r yuvish xarajatlari» va 
h.k. Bu analitik schotlarda o‘simlik turlari (o‘simlik guruhlari) ga bevosita o‘tkazib bo‘lmaydigan 
tegishli xarajatlar yil davomida to‘planib boradi. 
O‘simlik va ish turlari bo‘yicha guruhlangan jami ma’lumotlar oy oxirida ishlarni va 
xarajatlarni hisobga olish jurnali (37-shakl) dan qaydnomaga o‘tkaziladi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining dastlabki, analitik va sintetik

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish