Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

11.3. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash 
11.3.1. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblashning umumiy qoidalari 
 
Tannarx – xo‘jalik ishlab chiqarish va moliya faoliyatining muhim iqtisodiy 
ko‘rsatkichidir. Fermer xo‘jaliklarining faoliyatini baholashda tannarx muhim o‘rin tutadi. 
Mahsulotlar tannarxini tahlil qilish esa xo‘jalikda foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlarni topish 
va ishlab chiqarish rentabelligini oshirishga yordam beradi. 
Afsuski, hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlari tannarxini hisoblashga yetarli e'tibor 
berilmayapti. Ta'kidlash joizki, bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida nafaqat mahsulotlar 
tannarxi to‘g‘risidagi axborotlarning aniqligi, balki ularning har xil boshqaruv masalalarini 
(rejalashtirish, me’yorlashtirish, rezyervlarni aniqlash, baho belgilash, samaradorlikni baholash va 
h.k.) hal etish uchun ishonchliligi, obektivligi, foydaliligi va moslashuvchanligi ham muhim 
ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan dehqonchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblashda 
kalkulyatsiya obektini va Kalkulyatsiya birliklarini asosli tanlash muhim uslubiy masala 
hisoblanadi.
Shu bois, dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish, hisobga olish va 
kalkulyatsiyalash obektlari hamda Kalkulyatsiya birliklari taqdim etildi (ilova). 
Mahsulot tannarxini hisoblashdan oldin xarajatlarni aks ettiruvchi schotlar bo‘yicha 
quyidagilar sinchiklab tekshiriladi: 
- barcha qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarning hisobda to‘liq aks ettirilganligi; 
- kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlarning yillar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanganligi 
va hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligi; 
- tabiiy ofatlar oqibatida zararlangan ekinlar bo‘yicha xarajatlar summasini to‘g‘ri hisobdan 
chiqarilganligi; 
2011-«Dehqonchilik» schotida aks ettirilgan miqdor ko‘rsatkichlar (kishi-soatlar, ekilgan 
urug‘lik va ko‘chatlar, solingan o‘g‘itlar va boshqalar) ning to‘g‘riligi va shu kabilar. 
Dehqonchilikdan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Ishlab chiqarish 
qanday mahsulot yetishtirish maqsadida tashkil qilingan bo‘lsa, shu mahsulot (paxta, g‘alla, 
kartoshka vaboshqalar) asosiy hisoblanadi. Ayrim ekinlardan ikki va undan ortiq asosiy 
mahsulotlar olinsa, ular yondosh mahsulotlar deyiladi. Masalan, bir yillik va ko‘p yillik o‘tlardan 
pichan, urug‘ hamda ko‘k massa olinishi mumkin. 
O‘simliklarning biologik xususiyatlariga qarab asosiy mahsulotlar bilan birga ikkinchi 
darajali,ya'ni qo‘shimcha mahsulotlar ham olinishi mumkin (poxol, somon, palak va boshqalar). 
Demak, o‘simlikchilikdan asosiy va xo‘jalikda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlar ham 
olinadi. 
Mahsulot tannarxini hisoblashdagi eng muhim hisob ishlaridan biri xarajatlarni asosiy 
(yondosh) va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida to‘g‘ri (haqqoniy) taqsimlashdir. Ekinlardan faqat 
bir xil mahsulot olinsa, uning tannarxi qilingan barcha xarajatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot 
hajmi (sentner, kilogramm, dona) ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Agar ekinlardan ikki va undan ortiq mahsulotlar olinsa, tannarx hisoblashda maxsus 
uslublar qo‘llaniladi. Bunday hollarda xarajatlar asosiy (yondosh) va qo‘shimcha mahsulotlar 
o‘rtasida iqtisodiy asoslangan uslublar bo‘yicha taqsimlanadi va tegishli mahsulot turi (asosiy, 
yondosh, qo‘shimcha)ga to‘g‘ri kelgan xarajat summasi mazkur mahsulot miqdoriga bo‘linib, 
mahsulot birligi (s, kg, dona) ning tannarxi aniqlanadi. 
Dehqonchilikda ekinlardan olingan hosil turlari, tugallanmagan ishlab chiqarishga 
o‘tkaziladigan (ularning turlari bo‘yicha) kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar, korxonaning 
o‘z aylanma mablag‘i hisobidan yer holatini yaxshilash bo‘yicha qilingan ishlar tannarx hisoblash 


obekti bo‘lib hisoblanadi. 
Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini aniqlashda mahsulotni qayergacha yetkazib berish 
(franko) xarajatlari qo‘shilishini bilish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda belgilangan tartibga 
asosan mahsulotlarni quyidagi joylarga yetkazib berish (franko) xarajatlar qo‘shib hisoblanadi: 
a) g‘alla, paxta, kungaboqar urug‘i-franko-dala (xirmon yoki daladan mahsulot 
yig‘iladigan boshqa joy); 
b) somon, pichan-franko-saqlash yoki qaytadan ishlov berish joy; 
B) kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari mahsulotlari, lavlagi va boshqa ildiz mevalar-franko-
saqlash joyi; 
g) qand lavlagi (fabrikada qayta ishlanadigan) – franko-dala; 
d) parnik issiqxona sabzavoti-franko-ombor yoki franko-qabul punkti; 
e) silosbop ko‘k massa-franko siloslash joy; 
j) vitaminlashtirilgan o‘t uni tayyorlash uchun o‘rilgan ko‘k massa – franko oziq 
tayyorlaydigan joyi. 
Demak, mahsulotni iste'molchilar (tayyorlov tashkiloti, dehqon bozori, agar xo‘jalik 
yetkazib berayotgan bo‘lsa, bolalar muassasalari va shu kabilar)ga yetkazib berish xarajatlari 
dehqonchilik mahsulotining tannarxiga kiritilmaydi. 
Mahsulotni saqlash joylari (ombor, oziq saqlanadigan joylar)gacha yetkazib berish 
xarajatlari tannarxga kiritiladi, ya'ni ular yil davomida 2011-schotining debetida aks ettiriladi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish