|
1. Oʻlchash xatoliklari va turlari. Muntazam xatoliklar, turlari
|
bet | 1/7 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 126,8 Kb. | | #263191 |
Bog'liq Egamberdiyeva Nozima Mustaqil ish1
Mavzu : Oʻlchash xatoliklari. Metrologiya toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston qonuni.
Reja:
Kirish.
1. Oʻlchash xatoliklari va turlari.
2. Muntazam xatoliklar, turlari.
3. Metrologiyaga oid taʼriflar, metrologiyaning aksiomalari, asosiy postulatlari.
4. ,, Meralogiya toʻgʻrisida'' gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
Foydanilgan adabiyotlar
Kirish
Ma’lumki metrologiyaning vazifasi bizni o‘rab turgan borliq atrof muhit to‘g‘risida axborot hosil qilishdan va undan foydalanish- dan iboratdir. Metroiogiya yunonchadan olingan bo‘lib, “metro” - o'lchov, “logos” - fan, mantiq ma’nosini bildiradi. To'liq ta’rifini olsak, metrologiya - o‘lchash haqidagi fandir, o‘lchash usullari va vositalari yordamida yagona o‘lchashni hamda uni talab etilgan aniqlikdata’minlashyo‘llarini o‘rgatadigan fandir.
Metrologiyaning, ya’ni o‘lchashlaming mohiyati, ahamiyati fan-texnikaning rivojlanishida beqiyos bo‘Iib va u bilan bog'Iiq muammolami yechishda keng imkoniyatlarai ochib bermoqda. Shu boisdan, to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, o‘lchash, inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. Ayniqsa, hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya fani bilan bog‘liq. Lnson qo‘li yetgan, faoliyati doirasiga kirgan, ammo oMchashlar va ulaming vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘Igan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning uchun ham metrologiya asoslarini bilish, uni o‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya sohalaridagi bakalavriat yo‘nalishlari talabalari uchun muhim omillardan biri bo'libhisoblanadi.
“Metrologiya asoslari” fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida, ayniqsa, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” hamda “Mahsulot sifati menejmenti” yo‘nalish- larida bakalavrlar va magistrlar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya asoslari bo‘yicha asosiy ma'lumotlar, uning maqsad va vazifalari, metrologiyaning aksioma va postulat- lari, o‘lchashlaming nazariy asoslari, metrologiya, metrologik ta’mi- not, metrologik xizmat, o‘lchash xatoliklari va ularning taqsimlanish qonuniyatlari, xatoliklami bartaraf etish yo‘llari, o‘lchash natijalari- ning noaniqligi, o‘lchash vositalari, ularaing metrologik xususiyat- lari va ulami me'yorlash tartib-qoidalari, o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazish, qiyoslash hamda ularga oid me'yoriy hujjatlami ishlab chiqish, o‘lchashlar birliligini ta’minlashning texnikaviy, tashkiliy va huquqiy aspektlari, etalon bazasi to‘g‘risida asosiy tushunchalami shakllantiradi, bilim beradi va ko‘nikmalar hosil qiladi.
|
| |