|
1. Oʻlchash xatoliklari va turlari. Muntazam xatoliklar, turlari
|
bet | 4/7 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 126,8 Kb. | | #263191 |
Bog'liq Egamberdiyeva Nozima Mustaqil ish1O‘zgarmas (doimiy) xatoliklar - o‘z qiymati uzoq vaqt mobaynida ya’ni, masalan, qator o‘lchashlar bajarilgan vaqt mo- baynida o‘zgarmaydigan xatolikdir. Masalan, tarozi toshining muntazam xatoliklari, ko‘rsatuvchi asboblarining graduirovka xatoligi kabilarni keltirishimiz mumkin.
Progressiv xatoliklar — uzluksiz o‘suvchan yoki kamayuvchan xatolikiar. MasaJan, o'lchash asbobining biron qismidagi kontaktni yoki biron-bir detalini e-yilishidan kelib chiqadigan xatoliklar.
Davriy xatoliklar - qiymati vaqtning davriy funksiyasi yoki o‘lchash asbobining ko‘rsatkichini surilish funksiyasiga bog‘liq bo‘lgan xatolikdir. Davriy xatolik shkalasi aylana shaklida ishlangan asboblar uchun xos (chiziqli kichik siljishlami o'lchash uchun mo‘ljallangan soat ko‘rinishida ishlangan indikator). Bu xatolik shkala o‘qi bilan ko‘rsatkichning aylanish o'qiga mos tushmasligidan hosil bo'ladi.
Murakkab qonun bo‘yicha o‘zgaradigan xatoiiklar - bir nechta muntazam xatoliklarning birgalikda ta’siridan hosil bo'ladi.
Muntazam xatolikning o‘zgarmas tashkil etuvchisi oMchash vositasini sinovdan o'tkazilayotganda uning nol xolatini kor- rektirovka qilishda yoki sezgirligini tekshirishda namoyon bo‘ladi.
Muntazam xatoliklaming asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
Uslubiy xatolik - o‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida kelib chiqadi. Uslubiy xatolikning asosiy manbai o‘lchash obyekti modelining obyekt xususiyatlariga mos emasligi hisoblanadi. Masalan, o‘lchash vositalarini hisob- lashda ishlatiladigan tenglamalami soddalashtirilishi, xatolikning kompensatsiyalashda kiritiladigan tuzatma koeffitsiyenti salmoqli xatolikka olib keladi.
Muntazam xatolikning uslubiy tashkil etuvchilari quyidagi sabablarga ko‘ra hosil bo'ladi:
o‘lchash obyekti modelining parametrlari o‘lchanadigan kattalik sifatida qabul qilinganida;
o'lchanadigan kattalik bilan o'lchash vositasining kirishidagi qiymatini bog‘lovchi funksiya argumentlarini qabul qilingan qiymatlaridan chetga chiqishi;
kvantlash effektidan hosil bo‘ladigan xatolik;
hisoblash algoritmining kuzatishlar natijaiari bilan o'lchana- digan katta kning bog‘lovchi funksiyadan farq qilishi;
saralash va tayyorlashda hosil bo‘ladigan xatoliklar;
Uslubiy xatolik ba’zida nazariy xatolik deb ham yuritiladi.
|
| |