|
Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar -
|
bet | 5/7 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 126,8 Kb. | | #263191 |
Bog'liq Egamberdiyeva Nozima Mustaqil ish1Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar - ishlatiladigan o'Ichash vositaiarining xususiyatlari ideal bo‘lmagan taqdirda hosil bo‘ladi:
Metrologiyaga oid taʼriflar, metrologiyaning aksiomalari, asosiy postulatlari.
Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalami o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma'nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak. metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fan.
Zamonaviy metrologiya uchta asosiy bo‘limdan iborat: nazariy. qonunlashtiruvchi va amaliy metrologiya.
Yuqoridagi atamalarni quyidagicha ta’riflash mumkin2:
Nazariy nietrologiya — metrologiyaning fundamental asos- larini ishlab chiqish predmeti bo‘lgan metrologiya bo‘limidir, ba'zi hollarda “fundamental metrologiya” deb ham yuritiladi.
Qonunlashtiruvchl metrologiya — metrologiya bo yicha milliy idora faoliyatiga qarashli, o‘lchash usullari va birliklar o‘lchash vositalari va o'lchash laboratoriyalariga davlat talablarini o‘z ichiga olgan metrologiya bo‘limi.
Amaliy ntetrologiya — nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amalda qo‘llanish masalalari bilan shug"ullanuvchi metrologiya bo'limi.
Har bir fanda bo‘lgani kabi metrologiyada ham talaygina aksiomalami ko‘rishimiz mumkin. Lekin hozir biz shulardan uchta. eng asosiy va umumiylarini ko‘rib chiqamiz. Ushbu aksiomalar har qanday o‘lchashlar uchun xos bo'lib, bu o‘lchashlar xoh oddiy. xoh murakkab bo‘lsin, xoh yuzaki, xoh aniq bo‘lsin, ularning barcha- sida shu aksiomalaming uyg‘unlashganini ko‘rishimiz mumkin:
Aksioma
Aprior ma'lumotsiz o‘lchashni bajarib bo‘lmaydi.
1-aksiomani izohlashdan boshlaymiz. Eng avvalo “aprior ma’lumot” nima o‘zi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Aprior so‘zi a priori - oldin keluvchi, dastlabki (lotincha) ma’nosini bildirib, boshlang‘ich, muayyan voqea, voqelik yoki tajribagacha bo'lgan ma'lumotlar, bilimlar majmuini anglatadi. Bu so'z bilan ketma-ket keluvchi yana bir tushuncha bor - aposteriori, (a posteriri) ya’ni keyingi, orqadagi, tugallanuvchi degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘zlami ilk bora qadimgi grek faylasuflari kiritganlar. Ulaming talqinicha, har bir inson anglaydigan ilm, ma'lumot yoki axborot muayyan bir tajribadan, voqelikdan yoki amal (saboq olish, yodlash, 0‘qish va shu kabilar) dan so‘ng mujassamlashadi. Hosil qilingan axborot keyingi amallar mobaynida ortib boradi va ma’lum bir davrdagi aposterior ma’lumot aprior ma’lumotga aylanadi.
Shunday qilib, o‘lchashlar nazariyasi nuqtai nazaridan qa- raydigan bo‘lsak, muayyan o‘lchashni amalga oshirishdan oldin shu o‘lchashga tegishli bo‘lgan ma’lum doiradagi ma'lumotlar avnan aprior ma’lumotni bildiradi. Agar bizda mana shu ma'lumotlar bo‘lmasa, u holda umuman o‘lchash to‘g‘risidagi tushunchaning o‘zi shakllana olmaydi ham.
Tajriba orqali. yuqorida aytilganlarga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Tili chikqan, bemalol so‘zlasha oladigan 4-5 yoshlar atrofida bo‘lgan bog‘cha bolasiga elektr tarmog‘idagi kuchlanish qanday qiymatga ega ekanligini aniqlab berishni so‘rab murojaat qilib ko‘ring-a...
Natijasi oldindan ma'lum. Darhaqiqat bu bolada elektr kuch- lanishi degan kattalikning mohiyati, uni qanday birliklarda va qan- day o‘lchash asbobida, qanday qilib o‘lchash mumkinligi borasida deyarli hech qanday ma'lumotlar yo‘q. Shuning uchun ham bolakay ko‘zini pirpiratganicha sizga qarab turaveradi. Chunki bu bolada hali, hech kandayaprior ma’lumotyo‘q.
Albatta, bu aytilgan gaplar shartlidir, ya’ni vaqti kelib 4 yashar boia elektr kuchlanishi u yoqda tursin, hatto EHM qan- day tarkibiy birikmalardan tashkil topganligini ham aytib berib, ko‘z oldingizda shaxsiy kompyuterni yig‘ib berishi ham mumkin.
Shunday qilib, tajriba o'tkazishdan (o‘lchashdan) oldin bizda aynan shu o‘lchashga tegishli bo‘lgan muayyan ma'lumotlar va ko'nikmalar bo'lishi lozim bo‘ladi.
|
| |