darhol ekinlar (ekinlar guruhi) bo‘yicha joriy yildagi hosil hisobi obektlariga o‘tkazish mumkin
bo‘lmagan hollarda ajratiladi.
Bu kelgusi yil hosillariga, ya'ni dehqonchilikdagi tugallanmagan
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlardir. Bu guruhga xarajatlar hisobining
obektlari sifatida
quyidagi ish turlari: kuzgi don ekinlari uchun har bir ekin bo‘yicha yerga ishlov berish, ko‘kat oziq
va silos uchun kuzgi don ekinlari (agarda ular ajratilsa), sabzavot ekinlarini kuzda ekish (ekinlar
bo‘yicha), kuzgi shudgor, yumshatish (kuzgi shudgorsiz) organik o‘g‘itlarni chiqarish, minyeral
o‘g‘itlarni chiqarish. Oldingi yillar ko‘p yillik o‘tlar ekinlari (ekilgan yillar bo‘yicha alohida)
hisobot yili bahorgi va kuzgi sof ko‘p yillik o‘tlar, ko‘p yillik aralash o‘tlar, hisobot yili kuzgi
shudgor, kelgusi yil bahorgi
ekinlar hosili uchun shudgor, yangi yerlarni o‘zlashtirish,
yaxshilangan (tubdan yaxshilash) pichanzorlar va yaylovlarni yuzaki yaxshilash, tuproqni ohak,
gips bilan o‘g‘itlash xarajatlari (o‘z mablag‘lari hisobiga), melioratsiya qilinayotgan yerlarni
dastlabki
madaniylashtirish xarajatlari, parnik, issiqxona, shampinon
yetishtiriladigan xonalar,
bog‘lar (hosil terib olingach), pitomniklardagi ishlar, boshqalar ajratiladi.
Bu guruh analitik schotlarida yil oxiriga hisobga olingan xarajatlar tugallanmagan ishlab
chiqarishda qoladi va keyingi yilga o‘tadi. Keyingi yilda ular birinchi guruhda xarajatlarni hisobga
olish obektlariga taqsimlanadi. Bunda taqsimlashning turli usullaridan foydalaniladi.
Xarajatlarning ayrim turlari yerni ohaklash, melioratsiya qilinayotgan
yerlarni dastlabki
madaniylashtirish va boshqa xarajatlarni hisobga olish obektlariga 5-7 yil davomida turishi
mumkin.
Uchinchi guruh. Xarajatlarning ayrim turlarini xarajatlar
hisobi obektlarining xoh
birinchi, xoh ikkinchi guruhiga darhol o‘tkazish mumkin emas, chunki ular xarajatlarni hisobga
olish obektlarining bir necha guruhlariga taalluqlidir. Ular yil davomida alohida analitik schotlarda
olinib, yil oxirida taqsimlanadi. bu ular tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida kelgusi yilga
o‘tmaydi demakdir.
Bu guruh xarajatlarni hisobga olish obektlariga quyidagi taqsimlanadigan xarajatlar:
dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim bo‘lgan
amortizatsiya
ajratmalari; dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim bo‘lgan joriy
ta'mirlash
xarajatlari; taqsimlanishi lozim bo‘lgan sug‘orish xarajatlari; taqsimlanishi lozim
bo‘lgan yerlarni quritish xarajatlari; ihota o‘rmonlarini saqlash xarajatlari taalluqlidir.
Yuqorida keltirilgan dehqonchilik xarajatlarining har bir hisob obektlariga alohida analitik
schot ochilib, unda tegishli xarajatlar moddalarining belgilangan nomenklaturasiga ko‘ra hisobga
olinadi. Bu analitik schotlar yil oxirida xarajatlarni birinchi va ikkinchi guruh xarajatlarini hisobga
olish obektlariga taqsimlab yopiladi. Bu hol xarajatlarning har bir turi o‘z xususiyatlaridan kelib
chiqib, taqsimlashning turli uslublaridan foydalaniladi.