schotlar debetiga taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Taqsimlash hisob-kitobi tegishli tarmoqda
qabul qilingan taqsimlash uslubiga muvofiq shu tarmoqdagi bevosita xarajatlarga mutanosib
amalga oshiriladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqiga mutanosib,
qurilmalarning ishlagan mashina-soatlariga mutanosib yoki qandaydir boshqa usul bo‘yicha hisob-
kitob qilinadi. Qishloq xo‘jaligidagi umumishlab chiqarish xarajatlari asosiy tarmoqlarning
bevosita xarajatlariga (o‘simlikchilikda – urug‘lik, chorvachilikda – em-xashak, sanoat ishlab
chiqarishida – xom-ashyo va Materiallar qiymati chegirib tashlangan holda) mutanosib
taqsimlanadi. Shunday qilib, bu schot bo‘yicha barcha xarajatlar hisobdan o‘chirilib, oy oxirida
qoldiq qolmaydi. Ammo bu schot oy davomida debet qoldiqqa ega bo‘lganligi sababli aktiv schot
hisoblanadi.
6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schotining mazmunini ko‘rib
chiqamiz. Hisoblangan mehnat haqi ushbu schotning kreditida, ish haqidan ushlanadigan va
xodimning qo‘liga beriladigan summalar esa debetida aks ettiriladi. Uning kredit qoldig‘i korxona
xodimlariga hisoblangan, lekin hisobot sanasida to‘lanmagan ish haqi bo‘yicha qarzni bildiradi.
Ish haqi bo‘yicha xarajatlar ham tegishli schotlarda aks ettirish orqali mahsulot (ish, xizmat)
tannarxiga qo‘shiladi. Misol, asosiy ishlab chiqarishdagi xodimlarga 100000 so‘mlik ish haqi
hisoblandi. Ushbu xo‘jalik muomalasi schotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti100000 so‘m
Kt 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha
xodimlar bilan hisob-kitoblar» schoti100000 so‘m
Ish haqidan ushlangan soliqlar, hamda boshqa summalar 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha
xodimlar bilan hisob-kitoblar» schotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Chunki, bunda xodimlarga
ish haqi bo‘yicha to‘lanadigan qarzlar kamayadi. Bir vaqtning o‘zida budjetga to‘lanadigan
soliqlar bo‘yicha qarzlar ko‘payadi. Shuning uchun 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha
qarzdorlik» (soliq turlari bo‘yicha), 6450-«Majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» (turlari
bo‘yicha) schotlarning kreditida ham aks ettiriladi.
Ish haqidan tashqari ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi va nafaqa fondlariga ham
sarflangan ish haqi fondiga nisbatan belgilangan foiz hisobida to‘lovlar hisoblanadi. Ushbu
summalar tegishli hisob-kitoblarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta, bandlik xizmati va nafaqa fondi
tashkilotlariga 5110-«Hisob-kitob schoti»dan o‘tkaziladi. Ushbu summalarni hisobga olish uchun
6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schotlari
yuritiladi.
Shuningdek
, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bilan asosiy vositalarning
eskirishini hisobga oladigan schotlar (0211-0299) ham bo
g‘liq. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy
vositalar eskiradi va ularning qiymatlari eskirish hisoblash me’yorlariga muvofiq mahsulot(ish,
xizmat)lar tannarxiga bo‘laklab o‘tkaziladi. Asosiy vositalar bu qismining puldagi ifodasi
amortizatsiya deb ataladi. Amortizatsiya ajratmalarining summasi mahsulot(ish, xizmat)lar
tannarxiga qo‘shiladigan ishlab chiqarish xarajatlarining turlaridan biri hisob lanadi.
Amortizatsiya summalarini hisoblash va mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borish
2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umumishlab
chiqarish xarajatlari» va boshqa tegishli schotlarning debeti va asosiy vositalarning eskirishi
hisobga olinadigan kontr-aktiv schotlar (0211-0299) krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlar 2810-«Tayyor mahsulotlar» schotining debetida
hisobga olinadi. Tayyor mahsulotlar bu schotga reja tannarxi bo‘yicha baholanib. 2010-«Asosiy
ishlab chiqarish» schotining kreditidan kirimga olinadi. Ularning haqiqiy tannarxi oy oxirida
hisoblanadi.