(ko‘rilgan zarar summasiga)
Kredit 5910 - «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» schyoti – kam
chiqqan asosiy vosita obhektining qoldiq qiymatiga.
Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan
tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
b) ko‘rilgan zarar summasini xœjalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xœjalik faoliyati
natijalariga olib borish;
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar» schyoti.
Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish
imkoni bo‘lmagan hollarda kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
a) boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga
Debet 9210 – «Asosiy vositalarning chiqib ketishi»
Kredit 0100 – «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» (0110-0199)
b) μisoblangan eskirish summasiga
Debet 0200 – «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» (0211-0299)
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti.
v) Ko‘rilgan zarar summasini hisobdan chišarish.
Debet 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 9210 – «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti.
g) kœrilgan zarar summasini xœjalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xœjalik faoliyati
natijalariga olib borish:
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijalarni μisobga oluvchi schyotlar» schyoti.
Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan
tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
Inventarizatsiyada aniqlangan hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar obhektlari shularga
o‘xshash obhektlarning oshiqcha chiqish aniqlangan sanadagi bozor qiymati bo‘yicha ularning
haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (oshiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar
keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) hisobga olinmay qolgan asosiy vositalarni bozor bahosi bo‘yicha kirim qilish.
Debet 0100 – Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» (0110-0199)
Kredit 9390 – «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ular asosiy vositalar
tarkibiga qo‘shilgan paytdan boshlab hisob siyosatida belgilangan tartibda hisoblanadi.