Asosiy vositalarning turkumlanishi va ularni baholash




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
9.2. Asosiy vositalarning turkumlanishi va ularni baholash. 
Asosiy vositalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish xususiyatiga 
ko‘ra ishlab chi¢arish va noishlab chi¢arish asosiy vositalariga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarish asosiy vositalari o‘z navbatida qishloq xo‘jalik va noqishloq xo‘jalikka 
mo‘ljallangan ishlab chiqarish asosiy vositalariga bo‘linadi. 
Qishloq xo‘jalik tarmog‘ida dehqonchilikka, chorvachilikka taalluqli ishlab chiqarish asosiy 
vositalari hamda umumiy ishlarga mo‘ljallangan vositalarga ajratiladi. Noqishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarish asosiy vositalari noqishloq xo‘jalik tavsifidagi tarmoqlar – sanoat ishlab chiqarishlari, 
qurilishlar bo‘yicha turkumlanadi.
Noishlab chiqarish asosiy vositalariga umumiy ovqatlanish va savdo, uy-joy kommunal 
xo‘jaligida, maishiy xizmat sohasida, sog‘liqni saqlashda, maorif va hokazolarda foydalaniladigan 
asosiy vositalar kiradi. 
Asosiy vositalarni iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash maqsadli 
mo‘ljalga hamda ushbu vositalar ishtirokida ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan 
xizmatlarga qarab amalga oshiriladi. 
Natural-ashyoviy belgilariga ko‘ra asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
I. 
Yer. 
II. 
Yerni obodonlashtirish. 
III. 
Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy 
vositalarni obodonlashtirish. 


IV. 
Binolar (sigirxonalar, tovuqxonalar, cho‘chqaxonalar, g‘allaxonalar, idora binolari, 
yoqilg‘i omborlari, garajlar va hokazolar). 
V. 
Inshootlar (silos minoralari, issiqxonalar, sugorish shahobchalari, go‘ngxonalar, 
hayvonlar uchun qafaslar va hokazolar). 
VI. 
Uzatish moslamalari (suv taqsimlash shahobchalari, radio eshittirish, telefon 
shahobchasi va hokazolar). 
VII. Mashina va uskunalar, shu jumladan: kuch uzatuvchi mashinalar va uskunalar 
(traktorlar, o‘ziyurar mashinalar, elektr dvigatellari va hokazolar); ish mashinalari va uskunalar (erga 
ishlov berish mashinalari va qurollari, sepish va ekish mashinalari, o‘rim-yig‘im mashinalari, don 
yanchish mashinalari, sog‘ish qurilmalari, somon qirqish mashinalari va hokazo); o‘lchash va tartibga 
solish asboblari, qurilmalar va laboratoriya uskunalari (agrozooveterinariya xonalarining asboblari 
va laboratoriya uskunasi, avtomobil torozilari, mikroskoplar va hokazolar); hisoblash texnikasi 
(hisoblash mashinalari) va boshqalar, boshqa mashinalar va uskunalar (o‘t o‘chirish mashinalari, 
telefon stantsiyalari, radio eshittirish uzellari va boshqalar). 
VIII. Mebel va ofis jihozlari. 
IX. 
Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi. 
X. 
Transport vositalari (yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar, avtopritseplar, ot-arava 
transporti, suv transporti va hokazolar). 
XI. 
Ish hayvonlari (otlar, ho‘kizlar, eshaklar, tuyalar va hokazo). 
XII. Mahsuldor hayvonlar (sigir, buqalar, urg‘ochi cho‘chqalar, erkak cho‘chqalar, 
sovliqlar, qo‘chqorlar). 
XIII. Dastgohlar (elektrparmalagichlar, iskanalar va boshqalar). 
XIV. Ishlab chiqarish inventari va buyumlari (baklar, katta don qutilari, dastgohlar, 
flyagalar, bidonlar va boshqalar). 
XV. Xo‘jalik inventari (idora jihozlari, yozuv mashinkalari, divanlar, gilamlar va hokazo). 
XVI. Ko‘p yillik o‘simliklar (mevali daraxtlar, ihotazorlar va boshqalar). 
XVII. Boshqa asosiy vositalar (kutubxona fondlari, inventarlari va hokazo). 
XVIII. Konservatsiya qilingan asosiy vositalar 
XIX. Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)ga olingan asosiy vositalar. 
Asosiy vositalar butun ishlatilish davri davomida dastlabki ¢iymati ularning eskirishi alohida 
hisoblangan holda hisobga olinadi. 
Asosiy vositalarning dastlabki qiymati deyilganda ularni barpo qilish, qurish (loyiha smeta 
hujjatlarini qo‘shgan holda) yoki sotib olish bahosini (tashib keltirish va o‘rnatish xarajatlarini 
qo‘shib) tushuniladi. 
Dastlabki qiymatidan tashqari asosiy vositalarning ¢oldi¢ va ¢ayta tiklash ¢iymati ham 
mavjud. 
Asosiy vositalarning ayni paytdagi ¢oldi¢ ¢iymati dastlabki qiymat va ushbu asosiy 
vositalarning xuddi shu paytgacha bo‘lgan eskirish summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 
Qayta tiklash (ayni paytdagi) qiymati deyilganda sotib olingan va qurilgan inventar obektning ayni 
paytdagi amal qilib turgan baholardan kelib chiqadigan qiymati tushuniladi.
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning ¢ayta tiklanish qiymati asosiy vositalarni qayta 
baholash paytidagina aks ettiriladi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Asosiy vositalarning turkumlanishi va ularni baholash

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish