359
Buxgalteriya balansi
Buxgalteriya balansi – korxona mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalari holatini pul shaklida guruhlash va aks ettirish usulidir.
Buxgalteriya balansi ikki qismdan: aktiv va passiv qismlardan iborat.
Balans aktivi ikki bo‘limdan iborat:
uzoq muddatli aktivlar;
joriy aktivlar.
Balans passivi ham ikki bo‘limdan iborat:
- o‘z mablag‘lari manbalari;
- majburiyatlar.
Xo‘jalik muomalalari natijasida balansda quyidagi o‘zgarishlar bo‘lishi
mumkin:
1. Aktiv tomonda ko‘payish, aktiv tomonda kamayish,
2. Passiv tomonda ko‘payish, passiv tomonda kamayish;
3. Aktiv tomonda ko‘payish, passiv tomonda ko‘payish;
4. Aktiv tomonda kamayish, passiv tomonda kamayish.