293
I. Pedogogik annotatsiya
Berilgan keysning maqsadi:
Loyiha tuzish, bir necha variantlarini o‘rganish va tahlil asosida
maqbulini tanlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘tilgan mavzular bo‘yicha
egallangan bilimlarini tekshirib ko‘rishdan iborat.
Kutilayotgan natijalar:
- o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi;
- fermer xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish uchun loyiha tuzishni o‘rganadi;
- loyiha tuzish natijasida maqbulini tanlash ko‘nikmalari shakllanadi;
- tuzilgan loyihani jihatlari bo‘yicha tahlil qilishni o‘rganadi;
- tanlangan maqbul varianti bo‘yicha baho berish hamda mantiqiy xulosalar qilishni
anglab yetadi;
- loyiha bo‘yicha investitsiyalarni olish uchun tegishli xujjatlarni belgilab olishni bilib
oladilar.
Keysni muvaffakiyatli bajarish uchun talaba quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi lozim:
- loyiha turlari;
- loyihalarni tuzish tartibi
- investitsiyalarni jalb etish shartlari;
- marketing rejani tuzishni;
- ishlab chiqarish rejasini tuzishni;