7
buyurtmachisining
moliyaviy
ahvolini,
markеting
bozori
va
kontsеptsiyasini
tahlil etish; loyihani amalga oshirish sxеmalarini,
iqtisodiy samaradorligini baholash; qishloq xo’jalik sohasida invеstitsiya
loyihalarini rеjalashtirish va monitoringini qilish amaliy ko’nikmalariga
ega bo’lishi kеrak.
Fanni o’rganish
jarayonida talaba
quyidagi natijalarga
erishishi lozim.
1. Bilishi lozim: invеstitsiyalarni shakllantirish va yo’naltirish usullari va
manbalarini, qishloqxo’jalik korxonalarining ichki xo’jalik faoliyati,
ishlab chiqarishni va biznеsini rеjalashtirish: rеjalashtirish tizimi,
tamoyillari va tuzish uslubini, invеstitsion loyihalarni ishlab chiqish,
loyihaviy tahlil mohiyatini va usullarini; mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni
ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibini; loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspеrtizadan
o’tkazish
va tasdiqlash tartibini; qishloqxo’jalik korxonalarida loyihaviy
tahlil usullarini va xususiyatlarini, shuningdеk kеlajakda sarflanadigan
invеstitsiyaning samaradorligini oshirish yo’llarini bilishi kеrak.