Microsoft Word Economic theory lecture 10




Download 35,69 Kb.
bet9/10
Sana15.05.2024
Hajmi35,69 Kb.
#235944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Economic theory - lecture 10

MD


Korxona miqyosidagi material sig‘imi (Msig‘.kor.) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi:


AK
M sig '.korx . M .
Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig‘imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir.

Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o‘rtasidagi nisbatga bog‘liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma kapitalning salmog‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan shunchalik samarali foydalaniladi.
Amaliyotda aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish koeffitsienti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi:
a 360 .
n
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining 3.2.-bandida, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishda milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatilgan.
3.4.-bandida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish asosida:

  • xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;

  • davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish yo‘nalishlari keltirilgan.

Download 35,69 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 35,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word Economic theory lecture 10

Download 35,69 Kb.