Tadbirkorlik faoliyatining shakllari




Download 35,69 Kb.
bet2/10
Sana15.05.2024
Hajmi35,69 Kb.
#235944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Economic theory - lecture 10

Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.


Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o‘ziga xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo‘shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa shakllari rivojlanadi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Byudjet korxonalari. O‘zlarining holati bo‘yicha ular davlatning ma’muriy-boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydasidan soliq to‘lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o‘tadi.

  2. Davlat ishlab chiqarish korxonalari-bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lib, xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya’ni davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi.

  3. Aralash kompaniyalar-hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aktsiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli bo‘ladi. Aralash kompaniyalar hissadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy korxonalar bilan tijorat asosida qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy korxonalarga nisbatan ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bu imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar berish, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalaridan xom ashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy belgilangan narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va shu kabilar.

Korxonalarning mulkchilik mavqeidan tashqari xilma-xil tashkiliy-huquqiy shakllari ham mavjud bo‘ladi. Korxonalar xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo‘jalik birlashmalari shaklida tuzilishi mumkin.
Kooperativ tadbirkorlik-jamoa tadbirkorligining alohida shakli bo‘lib, jamoa mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi; kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqliligi; jamoaning o‘z-o‘zini boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi yuzaga kelishi va h.k.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik
xuquqi nuqtai-nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo‘lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig‘ini to‘laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik, ya’ni aktsionerlik jamiyatlaridir.
Aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aktsiya-bu uning egasi aktsiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Bundan tashqari, aktsiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aktsiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o‘zining narxiga ega. Aktsiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aktsiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aktsiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aktsiyani undan olinadigan daromadi bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmagan taqdirdagina sotib oladi.
Aktsiya kursi quyidagicha aniqlanadi:

Download 35,69 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 35,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadbirkorlik faoliyatining shakllari

Download 35,69 Kb.