|
Shamol elektrostansiyalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari va istiqbollari
|
bet | 2/2 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 21,85 Kb. | | #136157 |
Bog'liq 5-she Shamol elektrostansiyalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari va istiqbollari
Hozirgi kunda shamol generatorlari bozorida 0,5-3 MVt quvvatga ega turbinalar xaridorgir. Kelajak bashoratlariga ko‘ra, shamol generatorlarining o‘rtacha quvvati 2020-yilga borib, 5 MVt gacha ko‘payadi. Ayni paytda shamol generatorlarining ishlash muddati 30 yilni tashkil etadi.
Shamol generatorlarining narxi taxminan 0,93-1 AQSH dollari/Vt.ni tashkil etadi. 2010-yilda narxni 0,80 AQSH dollari/Vt. ga, 2020-2030 yillarda esa 0,65 AQSH dollari/Vt.gacha kamaytirish kutilmoqda. Kichik shamol generatorlari elektr ta’minotidan uzoqda joylashgan tumanlarda maishiy iste’molchilar va qishloq tumanlarini mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun 100 Vt va undan yuqori quvvatga ega ishonchli shamol generatorlari mavjud.
Kichik shamol generatorlari yaxshi loyihalashtirilgan minora, nazorat tizimi va zaxira ta’minot manbaiga ega bo‘lishi kerak. Bu manba akkumulyator ko‘rinishida ta’minlanishi mumkin, biroq mos keladigan energiya manbai mavjud bo‘lsa, gibrid tizimlardan ham foydalansa bo‘ladi. Bunday manbalar dizel generatorlari, quyosh fotoelektr tizimlari, kichik GES lar yoki kichik biogaz reaktorlari bo‘lishi mumkin. Odatda kam quvvatli shamol generatorlaridan yorug‘lik bilan ta’minlash, kam quvvatli muzlatgichlar, radiotelevizion moslamalarni, shuningdek, elektr nasoslarni ishlatish uchun foydalaniladi.
1 kVA dan kam quvvatli shamol generatorining narxi taxminan 0,6-2 AQSH dollari/kVt soat, 1 kVA dan ortiq quvvatga ega shamol generatorlarning narxi 0,4 - 1,6 AQSH dollari/kVt soatni tashkil etadi.
|
| |