|
Videokonferensiya aloqani tashkil qilish uchun aloqa kanallariga qo`yiladigan talablar?
|
bet | 12/19 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 460,66 Kb. | | #260149 |
Bog'liq Spes gos17. Videokonferensiya aloqani tashkil qilish uchun aloqa kanallariga qo`yiladigan talablar?
Videokonferensiya aloqaning asosini tarmoq texnologiyalari tashkil etadi. Bu ikki yoki undan ko‘p nuqtada masofada joylashgan tomonlarni o‘zaro muloqot qilish, ma’lumotlar almashish, birgalikda ishlash qobiliyatini ta’minlaydi, shu bilan birga nafaqat qatnashchilar bir-birini eshitadi, balki videotasvirlarini ko‘ra oladi ham. Ushbu imkoniyat tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida ixtisoslashgan aloqa tarmoqlari yordamida ta’minlanadi. Videokonferensiya aloqa uchun kanallarni tashkil qilish talablariga rioya qilish, ma’lumotlarning hajmi va ular uzatiladigan masofadan qat’iy nazar, ulanishning yuqori sifatini kafolatlaydi.
Videokonferensiya aloqani tashkil erish uchun tarmoq xususiyatlari
Internet tarmog‘i - bu katta moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydigan videokonferensiya aloqani tashkil qilishning eng oddiy usuli hisoblanadi. Biroq, hozirgi vaqtda Internet tarmog‘i audio va video ma’lumotlarni foydalanuvchilar o‘rtasida ishonchli ma’lumot uzatish tarmog‘i hisoblanmaydi. Bundan tashqari videokonferensiya aloqa dasturining xavfsizligi dolzarb muammo hisoblanadi. Shu sababli videokonferensiya aloqa jarayoniga noqonuniy ulanishlarni nazoratini amalga oshirish kerak bo‘ladi. 2.2-rasmda Internet tarmog‘ining tuzilishi keltirilgan.
Internet tarmog‘i orqali videokonferensiya aloqani tashkil qilish uchun ma’lum talablar mavjud. Chiquvchi va kiruvchi tarmoq trafigi oqimini ta’minlab berish uchun 2 ta yo‘nalishda ishlovchi tarmoq o‘tkazuvchanligi 512 kbit/s dan kam bo‘lmagan tezlikka ega bo‘lgan statik IP-manzil talab qilinadi. Bundan tashqari, quyidagi shartlar ham mavjud:
•videokonferensiya aloqa terminali (dasturi) uchun berilgan statik IP-manzil; •provayder tarmog‘ining shlyuzi;
•qism tarmoq maskasi.
Generic Routing Encapsulation texnologiyasidan foydalangan holda videokonferensiya aloqani tashkil etish
GRE (Generic Routing Encapsulation) tarmoq protokoli yordamida ulanishni o‘rnatish biroz qiyinroq hisoblanadi. Ushbu holda uzatiladigan ma’lumotlar va tarmoq paketlarini tashqi ta’sirlardan himoyalangan holda uzatish uchun umumlashtirilgan maxsus mexanizmdan foydalaniladi.
GRE boshqa protokollarni birlashtiradi va qabul qilingan paketlarni belgilangan manzilga mashrutlashni ta’minlaydi. Ushbu holatda, videotrafikning yetarli darajada himoyasi ta’minlanadi. Bu esa videokonferensiya aloqada ma’lumotlar bulutligini va videokonferensaya jarayonida ruxsatsiz ulanishlarni oldini olishga imkoniyat yaratdi. Ushbu tamoyil IPsec protokoli uchun ham bir xil amal qiladi.
ISDN tarmog‘i asosida videokonferensiyalarni tashkil etish
ISDN (Integrated Services Digital Network) integratsiyalashgan raqamli xizmat ko‘rsatish tarmog‘i hisoblanadi. Ushbu standartda ishlovchi tarmoq infratuzilmalari ma’lumotlarni raqamli ko‘rinishda tarmoq orqali uzatilishiga imkoniyat yaratadi.
Shuni tak’idlash kerakki, ISDN tarmog‘i an’anaviy analog tarmoqlarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega, ammo ma’lumotlarni uzatish uchun yangi telekommunikatsiya texnologiyalari bilan taqqoslaganda uning bir qator kamchiliklari ham mavjud:
•aloqa tugini qayerda joylashganligini aniqlash qiyinligi; •aloqa kanallarini tiklash samaradorligining pastligi;
•ushbu tarmoq texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi hududini to‘liq qamrab olmaganligi;
•kam sonli aloqa operator (provayder)lar ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlashi;
•mintaqalararo ulanish uchun aloqa xizmatlaridan foydalanishning narxi nisbatan yuqoriligi.
IP VPN MPLS kanali orqali videokonferensiya aloqni tashkil etish
IP VPN MPLS (Multiprotocol Label Switching) texnologiyasi bugungi kunda Internet tarmog‘i orqali videokonferensiya aloqa tizimlarini qurish ishonchli, arzon va ommabop texnologiyalardan biriga aylanib bormoqda. MPLS ning asosiy ustunligi - bu kanal sathi texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri mustaqil ishlay olishi va turli xil turdagi tarmoq trafiklarini uzatish uchun zarur bo‘ladigan zaxira tarmoqlarning keragi bo‘lmasligi hisoblanadi. 2.3-rasmda IP VPN MPLS tuzilish sxemasi jarayoni keltirilgan.
MPLS VPN asosida ishlovchi tarmoqlarida BGP protokolida ishlovchi provayder tarmoqlaridagi boshqa abonentlarga “nuqta-nuqta” ulangan mijozlar o‘rtasida tarmoq paketlarini to‘liq himoyalashga imkon beradi. Ya’ni boshqa mijozlarning tarmoq paketi marshrutlari to‘g‘risida ma’lumotlarni ushlab bo‘lmaydi, shu sababli MPLS VPN asosida qurilgan videokonferensiya aloqa jarayonining xavfsizlik darajasi boshqa videokonferensiya aloqa yechimlariga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi.
|
| |