|
Mikrokontroller turlari va qo`llanish sohalari? Mikrokontrollerlar nima uchun ishlatiladi?
|
bet | 10/19 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 460,66 Kb. | | #260149 |
Bog'liq Spes gosUzoqdan Boshqarish:
Remote Desktop Services (RDS) yordamida foydalanuvchilar serverga uzoqdan ulanishi va masofadan boshqarish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu funksional dasturlar va ish stollariga masofaviy kirishni ta'minlaydi.
Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish:
Windows Server ko'pincha SQL Server kabi ma'lumotlar bazasi boshqaruv tizimlarini ishlatish uchun asosiy platforma bo'lib xizmat qiladi. Bu katta hajmdagi ma'lumotlarni xavfsiz va samarali boshqarish imkonini beradi.
Xavfsizlik va Himoya:
Windows Defender va boshqa xavfsizlik funksiyalari Windows Serverni zararli dasturlardan va xavfsizlik tahdidlaridan himoya qiladi. BitLocker orqali disklarni shifrlash va Windows Firewall orqali tarmoq xavfsizligini ta'minlash mumkin.
Yuklanishni Balanslash va Klasterlash:
Network Load Balancing (NLB) va Failover Clustering yordamida yuklanishni balanslash va xizmatlarning uzluksizligini ta'minlash uchun klaster tizimlari tashkil etish mumkin.
Kontainerlar va Mikroservislar:
Windows Server Containers va Kubernetes yordamida kontainer asosida ilovalarni joylashtirish va boshqarish mumkin. Bu mikroservislar arxitekturasi va zamonaviy ilovalar uchun muhimdir.
Xulosa
Windows Server operatsion tizimi keng ko'lamli xizmatlar va funksiyalarni taqdim etadi, bu esa uni korxonalar va tashkilotlar uchun ideal platformaga aylantiradi. Uning imkoniyatlari va xavfsizlik choralari server muhitida samarali va ishonchli ishlashni ta'minlaydi. Bu tizim katta hajmdagi tarmoq resurslarini, ma'lumotlarni va xizmatlarni boshqarish uchun mo'ljallangan bo'lib, IT infratuzilmasining yuragi hisoblanadi.
12. Amaliy (C#)
13. Videokonferensiya aloqasini tashkil etish uchun ATvaT kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar
Vizual telefon tizimini rivojlanishga sarflangan deyarli o‘ttiz yil samarasiz ketmadi. 1956-yilda ikki tomonlama videoaloqa tizimining yana bir prototipi namoyish etildi. Ushbu prototip asosidagi videoaloqa jarayoni har ikki soniyada faqat bitta kadrni yo‘qolishi orqali ishlar edi. Ammo bu juda aniq va barqaror tasvirni bera olar edi (sekundiga 25 kadr uchun 40 kilopiksel). Loyiha ancha muvaffaqiyatli deb topildi va shu asosda 1959-yilda AT&T kompaniyasining Рicturephone Mod I deb nomlangan birinchi tijorat videotelefonini yaratish ustida ishlar boshlandi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida birinchi Рicturephone Mod I videotelefoni 1964-yil 20-aprel kuni Nyu-Yorkda hahridagi jahon ko‘rgazmasida namoyish etildi. Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan jahon ko‘rgazmasida AT&T kompaniyasining “Picturephone Mod I” videotelefonining taqdimot jarayoni 1.8-rasmda keltirilgan.
Ushbu texnologik yechimlar o‘z vaqtida arziydigan yaxshi yangilik bo‘la oldi. Oradan ikki oy o‘tgach, Picturephone tijorat videotelefoni xizmati ishga tushirildi. So‘zlashuv xonalari Nyu-York, Vashington va Chikago shaharlarida tashkil etildi. Videoaloqa seansini o‘tkazish uchun suhbatdoshlar suhbat vaqtini oldindan belgilashlari va kelishib olishlari kerak bo‘lar edi. Bu esa o‘z ishi bilan band bo‘lgan ishbilarmon insonlar uchun noqulayliklarni yuzaga keltirar edi. Picturephone tijorat videotelefonidan foydalanish iqtisodiy jihatdan juda katta harajatni talab qilar edi. Foydalanuvchilar uchun uch daqiqali suhbat narxi 16 dollarni, 25 daqiqa davom etadigan suxbat narxi esa 80 dollarga tushar edi (2022-yildagi narxga nisbatan mos ravishda taxminan 3 daqiqa subat 150 dollarni, 25 daqiqa subat 700 dollarga teng keladi). Natijada loyiha tijorat jihatdan foydasiz bo‘lib chiqdi va tez orada foydalanishdan chiqib keta boshlandi.
Ammo AT&T kompaniyasi o‘zi ixtiro qilgan texnologiyaning potentsialiga ishondi va asosiy muammo qurilmani ishlatilish bilan bog‘liq iqtisodiy muammoda ekanligini ko‘ra oldi. Shu sababli, 1969-yilda ixcham, ofis uchun muljallangan videoaloqa tizimi deb nomlash mumkin bo‘lgan Picturephone Mod II ni taqdim etildi. Picturephone Mod II 12,5x14 santimetrli ekran, 251 chastotli monoxrom tasvirni soniyasiga 30 kadr tezlikda uzata oladigan yangi videotelefoniya terminali bo‘ldi. A XX asrning 70-yillari boshlarida AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Picturephone Mod II videotelefoniya terminalining umumiy ko‘rinishi 1.9- va 1.10-rasmlarda keltirilgan.
Yangilangan Picturephone Mod II videotelefoniya terminali xizmati 1970-yil 30-iyulda Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahrida ishga tushirildi. Oldingi talqinlaridan farqli ravishda, aloqa o‘sha shahar ichidagi kompaniyalar ofislari o‘rtasida amalga oshirildi. Xizmat narxi oyiga usha vaqtda 160 AQSH dollarini tashkil etgan (Taxminan bugun kunda 1500 AQSH dollarini tashkil etadi). Abonent to‘lovi doirasida 30 daqiqada videotelefoniya xizmati taqdim etilgan. Bunda suhbatning har bir daqiqasi 0,25 dollarni tashkil etgan. Keyinchalik Picturephone Mod II videotelefoniya xizmati AT&T tarmoqlarida ishlaydigan mamlakatning boshqa shaharlarida ham yo‘lga qo‘yildi. Yangilangan Picturephone Mod II videotelefoniya terminali asosida amalga oshirilgan aloqa jarayoni 1.11-rasmda tasvirlangan.
AT&T kompaniyasining Picturephone Mod II videotelefoniya terminali yordamida amalga oshirilgan aloqa jarayonida suhbatdoshlar bir-birlarini videotasvirlarini ko‘rgan holda suhbatlashishlari, grafikalar va diagrammalarni ham o‘zaro namoyish qilish imkoniyatini ham taqdim eta olgan.
Xizmat ishga tushirilgandan besh yil o‘tgach, Pitsburgda atigi sakkizta, butun AQSH bo‘ylab bir necha yuzta videotelefoniya xizmati ishga tushgan edi. Ammo ushbu loyiha ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu esa kompaniyaga juda qimmatga tushdi. 1966-1973-yillar oralig‘ida AT&T Picturephone loyihasiga taxminan 1 milliard dollar sarmoya kiritdi (2021 yildagi narx bilan taqqoslaganda 6,9-7 milliard dollarbi tashkil qiladi). 1974-yilga kelib ushbu loyiha bosqichma-bosqich bekor qilindi.
AT&T kompaniyasining tarixini o‘rgangan Sheldon Xuzer isimli olim Picturephone Mod II videotelefoniya tizimi narxining yuqoriligi, xizmatning turg‘un ishlamasligi kabi muammolar borligini yozib qoldirgan. Sheldon Xuzer fikriga ko‘ra usha vaqtda foydalanuvchilar telefonda bir-birlarini ko‘rib gaplashish nima sababdan kerakligini hamma ham birdek tushuna olmaganligini takitlagan.
Ammo AT&T o‘sha paytda videotelefoniyani rivojlantirgan yagona kompaniya bo‘lmadi. 1973-yilda APO laboratoriyasining tadqiqotchilari (Buyuk Britaniya) dastlab ikkita pochta aloqa bo‘limini, London va Sidney o‘rtasida joylashtirilgan birinchi eksperimental xalqaro videotelefoniyani tizimini ishga tushirishdi. Keyinchalik APO laboratoriyasi tizimlari yordami bilan Sidney va Melburn orasida videotelefoniyani aloqasi yo‘lga qo‘yildi.
1976-yilda ma’lumotlarni paketli uzatilishi imkonini berivchi Network Voice Protocol (NVP) texnologiyasi ishlab chiqildi, bu (VoIP) tarmoq protokoli orqali ovozli xabarlarni uzatishning dastlabki texnologiyasi bo‘lib xizmat qildi. Ushbu bosqichda videoaloqaning asosiy texnologiyasi ovoz va tasvirlarni analog umumiy telefon tarmog‘i (PSTN) orqali uzatishni amalga oshirish imkonini berdi. O‘sha vaqtda videoloqa yechimlari qimmat va hajm jihatidan katta hamda foydalanishga noqulay edi. Bu esa uni tijorat maqsadlarda foydalanilishini cheklanishiga olib kelar edi.
1981-yilda Video Protocol (PVP) va 1991-yilda IBM kompaniyasidan birinchi shaxsiy kompyuterga asoslangan videokonferensiya aloqa yechimi texnologiyasi taqdim etildi. Video Protocol ning (PVP) logotipi hamda ishlash jarayoni 1.12-rasmda keltirilgan.
1990-yilga kelib ISDN (Integrated Services Digital Network) orqali videokonferensiya aloqani qo‘llab-quvvatlash uchun birinchi xalqaro videokonferensiya aloqa standarti H.320 ishlab chiqildi va tasdiqlandi. O‘sha yillarda videokonferensiya aloqaning asosiy texnologiyasi tasvirni siqish edi. Bu esa keng polosali tarmoqqa ulanish yordamida tasvir sifati va uzatish tezligini oshirishga yordam berdi.
|
| |