Magazin tipidagi Registr strukturasi: a - FIFO; b - FILO




Download 109,62 Kb.
bet18/20
Sana27.05.2024
Hajmi109,62 Kb.
#255143
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
SAPAYEVANODIRA (1)

Magazin tipidagi Registr strukturasi: a - FIFO; b - FILO


Stekli xotira keng tarqalgan bo’lib, uning EHMdagi realizatsiyasi uchun maxsus mikrosxemalar ishlab chiqilgan. Bunda operatsion sistema dasturlari yordamida stek uchun xotira qismi ajratiladi (IBM PC da bu maqsad uchun 64 Kbayt ). Mikroprtsessorning maxsus registri (stek ko’rsatkichi) doimiy ravishda stek boshi rolini bajaruvchi OX yacheykasi adresini saqlaydi. Sonni o’qish doimi ushbu stek boshidan amalga oshiriladi, keyin stek ko’rsatkichi stekli xotiradagi keyingi yacheykani ko’rsatadi (ya’ni stekning o’zi o’zgarmas bo’lib, faqat uning boshi suriladi). Stekka son yozishda stek ko’rsatkichi navbatdagi bo’sh yacheykaga to’g’irlanib, shu adres bo’yicha yozish amalga oshiriladi. Mazmun bo’yicha tanlash xotirasi adressiz hisoblanadi. Unga murojaat qidiruv tasvirini saqlovchi maxsus niqob bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu qidiruv obraziga mos keluvchi axborotlar xotiradan o’qiladi. Masalan, bunday tirdagi xotiraga turar joy to’g’risidagi axborot yozilgan bo’lib, qaysidir shaxar aholisi to’g’risida axborot topish kerak bo’lsa, bu shahar nomi niqobga joylashtiriladi va o’qish buyrug’i beriladi. Assotsiativ XQ lar mikroprtsessorlarda kesh xotira tarkibida ishlatiladi. Ularda bajariluvchi dastur operandlari va buyruqlarining adresli qismi saqlanadi. Bunda keyingi buyruq yoki zarur operand uchun Operativ xotiraga murojaat qilish shart emas, chunki kerakli adresni niqobga kiritish etarlidir. Agar kerakli adres o’ta operativ xotirada mavjud bo’lsa, u tezda chiqariladi. Operativ xotiraga murojaat kerakli axborot o’ta operativ xotirada mavjud bo’magan holdagina amalga oshiriladi. Kesh-xotira protsessor kristallida joylashtirilishi mumkin (1 darajali kesh xotira) yoki alohida mikrosxema ko’rinishida berilishi mumkin (tashqi kesh xotira). Ichki kesh-xotira Pentium protsessorlarida 16 Kbaytga yaqin xajmga ega bo’lib, murojaat vaqti 5 - 10 ns, 32-bitli so’zlar bilan ishlaydi va 75-166 MGts chastotada 300 dan 667 Mbayt/s o’tkazish qobiliyatiga ega. Tashqi kesh xotira (P drajali) 256 Kbayt - 1 Mbayt xajmga ega bo’lib, murojaat vaqti - 15 ns, 64-bitli so’zlar bilan ishlaydi va 66 MGts chastotada maksimal 528 Mbayt/s o’tkazish qobiliyatiga ega. 28kontaktli mikrosxema yoki 256 va 512 Kbayt xajmli kengaytirish moduli ko’rinishida ishlab chiqariladi. IBM PC asosiy xotirasida axborotlarning joylashtirilishi IBM PC asosiy xotirasidagi adreslanuvchi axborot birligi bayt hisoblanadi. 20-bitli adres shinasidan foydalanganda har bir baytning absolyut (fizik) adresi beshrazryadli o’n oltilik sanoq sistemasidagi 00000 dan FFFFF gacha bo’lgan sondan iborat bo’ladi. Kichik adreslarda operatsion sistema bloklari (uzilishlar vektorlari, BIOS rezervlangan sohasi), qurilmalar drayverlari, DOS va BIOS uzilishlarini qo’shimcha qayta ishlovchilari, operatsion sistema buyruq prtsessori joylashishi mumkin. Keyin foydalanuvchi uchun ajratilgan xotira sohasi joylashadi. Bu soha 9FFFF adresi bilan tugaydi.
Bu adres operativ xotiraning fizik chegarasi bo’lib, 640-Kbaytli asosiy xotiraning oxirgi adresi bo’lib hisoblanadi. Qolgan adresli soha (128 Kbayt AOOOO adresidan BFFFF gacha) displey adapterida joylashgan videoxotira uchun ajratilgan. Videoxotiradan keyin BIOS - “Basic Input — Output System kiritish chiqarish baza tizimini saqlovchi DXQning adresli sohasi joylashgan (256Kbayt), OX ning bu qismi ROM-BIOS deb ham ataladi. Ajratilgan 256 Kbaytdan bevosita DXQ 64 Kbaytni egallaydi, qolgan 192 Kbayt DXQni kengaytirish uchun qoldiriladi. OX ga yozish (o’qish)baytlar bilangina emas, mashina so’zlari bilan ham amalga oshiriladi. OX ning har bir bayti o’z adresiga ega. Ammo mashina so’zi barcha band baytlar adreslari bilan
emas, so’zning kichik bayti adresi bilan xarakterlanadi. Odatda mashina so’zi grafik tasvirlanganda kichik bayt keyin keladi.



Download 109,62 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 109,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magazin tipidagi Registr strukturasi: a - FIFO; b - FILO

Download 109,62 Kb.