• BALANS 2
  • Ming rubl va 1951 yilda esa 282001




    Download 18,58 Kb.
    Sana04.12.2023
    Hajmi18,58 Kb.
    #110952
    Bog'liq
    Ergashev U.M Maqola


    Maqola
    Hozirgi kunda manbashunoslik tadqiqotlarida umuman olganda tarixiy tadqiqotlarda arxiv manbalarining o‘rni beqiyos chunki arxivlarda saqlanayotgan hujjatalar tadqiqotchilar uchun tadqiqot olib borilayotgan davr tarixini batafsil yoritib berishda eng ishonchli manbalardan biri hisoblanadi. Boy tariximiz ko‘zgusi bo‘lgan arxivlarimizda qimmatli, noyob hujjatlar o‘tgan davrga guvohlik qiladi. Arxiv hujjatlari bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yetarlicha daturilamal bo‘ladi, lozim holda esa saboq bo‘ladi.1
    O‘z MA R-93 fondining 15- ro‘yxat 1214-yig‘majildida 1950-yilda Toshkent viloyati mahalliy budjetining sarflanishi haqida ko‘plab statistik malumotlar berilgan. Ushbu malumotlarning o‘ziga xos jihati shundaki ularning deyarli barchasi viloyat moliya bo‘limlarining hisobotlari, O‘z SSR Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan buyruq hamda qarorlarida o‘z aksini topadi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu yig’majildda viloyat tassarufidagi banklarda qo‘yilgan uzoq muddatli depozitlar 1950-yil 1-yanvardan boshlab 1951-yil yanvar oyigacha bo‘lgan davrda depozitlar aylanmasi va ayni shu davrda viloyatdagi banklarda mavjud depozit miqdori keltirib o‘tilgan. Shu bilan birgalikda fondda 1950-1951-yillarda mavjud budjet zaxirasi va shu yillarda Toshkent viloyati ixtiyorida bo‘lgan zaxira mablag’larning sohalar kesimida taqsimlanishi va ularning qiymati keltirilgan.
    Toshkent viloyatiga qarashli tumanlar va shaharlarda mahallliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun va tumanlararo avtomobil yo‘llarini yaxshilash uchun 1950 yilda 5418540 ming rubl va 1951 yilda esa 28200102ming rubl mablag’ ajratilgan. 93- fondda banklardagi uzoq muddatli kreditlar uchun kommunal banklar bilan hisob-kitob qilish va yil yakunida to‘lanmay qolgan mablaglar hisobotlarda o‘z aksini topgan.BALANS 2
    R-93 fond 15- ro‘yxat 1214-yig’majildda mavjud ahamyatga ega hujjatlardan biri bu 1951-yil 16-martda qabul qilingan Toshkent viloyati Ijroiya komiteti ishchi deputatlari kengashining “Toshkent viloyati mahalliy budjetining 1950-yil uchun ijro natijalari haqida” 252-sonli qarori qabul qilindi. Toshkent viloyati Ijroiya komitetining qayd etishicha 1950-yilda viloyat daromadi 294610 ming rublni tashkil qilgan bo‘lsa xarajatlar 107,8 % ni tashkil qildi. Xarajatlarga nisbatan daroamdlar u 40172 ming rulblga ko‘p edi va bunga qo‘shimcha ravishda 1951-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 16700 ming rubl byudjet mablaglarining o‘tkaziluvchi qoldiqlari mavjud edi.3 Shu bilan bir vaqtda yani 17-mart kuni viloyat ijroiya komiteti O‘zSSR moliya vazirligiga 1950-yilgi mahalliy budjeti ijrosi yakunlari to‘grisida tushuntirish xati jo‘natadilar.

    1

    2 O'zMA, R-93-fond, 15-ro’yxat, 1214-yig’majild, 2-varoq.

    3 O'zMA, R-93-fond, 15-ro’yxat, 1214-yig’majild, 2-varoq.



    Download 18,58 Kb.




    Download 18,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ming rubl va 1951 yilda esa 282001

    Download 18,58 Kb.