|
Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and HumanitiesBog'liq 5 (50) (1)Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities
Volume 4, April, 2022
17
https://periodica.com
va tarkibiy o’sishlar bo’lishini, ishlab chiqarish, invistetsiyalarni boshqarish va ularning sifat va
samaradorligini oshishini ta’minlashdan dalolat beradi. Har bir mamlakatning taraqqiyoti uning olib
borayotgan strategik harakatlari, jahon xo’jaligiga integratsiyalashuv jarayonlari darajasiga, ko’lami va
nufuziga bog’liqdir. Mamlakatning integratsiya jarayonlariga imkon qadar tezroq kirishishi, davlat tomonidan
xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun yaratiladigan ma’lum darajadagi iqtisodiy foydani ifodalashi tabiiydir.
Hozirgi kunda dunyoning turli mintaqalarida turli ko’rinishdagi integratsion uyushmalar faoliyat yuritib
kelmoqda. Bu uyushmalarning eng asosiy masadlaridan biri, integratsiyaga a’zo davlatlar iqtisodiy
rivojlanishini imkon qadartezlashtirishdan iboratdir. Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalar ayni damda xo’jalik
hayoti baynalminallashuvining oliy darajasidir. Integratsiya a’zolari bo’lgan mamlakatlar o’rtasida yanada
chuqurroq xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. Mahsulatlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi bilan jadal
almashinuv jarayoni sodir bo’ladi.
Biroq hayot o'z ichki qonuniyatlari bilan rivojlanadi. So'nggi yillardagi iqtisodiy siyosatning tahlili
shuni ko'rsatmoqdaki, Xu Szintao rahbarlik qilgan yillarda Xitoydagi bozor islohotlari to'xtatib yoki
sekinlashtlrib qo'yilgan emas, balki radikallashish fazasiga qadam qo'ydi. Sanoatni davlat tasarrufidan
chiqarish va qayta tuzish jarayonlari jadallashdi. 2004-2006-yillarda davlat banklaridagi ustav kapitallari
xorijiy strategik investorlarga sotildi. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida davlat paketlari sotib yuborilmoqda.
Valuta tartibi rejimini liberallashtirish boshlandi. Xitoy tomonidan JSTga kirish maqsadida qabul qilingan
majburiyatlar bajarilishi natijasida import to'siqlari va bojxona to'lovlari pasaytirilmoqda, xorijiy va milliy
xususiy investorlar uchun avval yopiq bo'igan xo'jalik tarmoqlariga kirish uchun yo'l ochilmoqda.
Iqtisodiy integratsiya davlatning turli ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishning
muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, millatlararo yaqinlashuvga, aholining
turmush darajasi oshishiga yordam beradi. Integratsiya jarayonlari jahonning barcha qit’alarni qamrab
olmoqda. Buning natijasida ko’plab mintaqaviy va submintaqaviy savdo-iqtisodiy tashkilotlar vujudga
kelmoqda. Integratsion guruhlarga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotining o’zaro hamkorligi ushbu davlatlarning
bir-biriga iqtisodiy jihatdan chuqur kirib borishida namoyon bo’ladi. Iqtisodiy integratsiyaning to’rt asosiy
ko’rinishi mavjud:
1.
Erkin savdo hududi;
2.
Bojxona ittifoqi;
3.
Umumiy bozor;
4.
Iqtisodiy ittifoq.
Erkin savdo hududi – preferensial hudud hisoblanib, u o’z faoliyatida bojxona va miqdoriy
cheklanishlardan holi savdo tartiblariga qat’iy rioya qiladi. Bojxona ittifoqi jahon iqtisodiyotida huquqiy
nuqtayi nazardan ikki yoki undan ortiq davlatlar o’zaro uchinchi bir mamlakatga nisbatan yagona,
soddalashtiriligan soliq siyosatining o’tkazilishini aks ettiradi. Integratsion jarayonlar rivojlanishining eng
yetuk ko’rinishlaridan biri bu – umumiy bozor va iqtisodiy ittifoqdir. Jahon iqtisodiyotida ko’plab iqtisodiy
birlashmalarning vujudga kelishi va taraqqiyotidan ma’lumki, integratsiya jarayonlarida aynan shu iqtisodiy
bozor va iqtisodiy ittifoq eng ko’p diqqatga sazovordir. Iqtisodiy ittifoq – integratsiyaning oliy formasi bo’lib,
bunda qatnashuvchi davlatlar o’z iqtisodiy siyosatlarini, shuningdek, savdoga hamda ishchi kuchiga va
sarmoya ko’chib yurishiga nisbatan siyosatni muvofiqlashtiradilar. To’liq iqtisodiy integratsiya barcha a’zo
mamlakatlar uchun valyuta siyosatini talab qiladi.
Osiyo-Tinch okеani iqtisodiy hamjamiyati rasman maslahat maqomiga ega, biroq uning ishchi
organlari doirasida savdo, invеstцiiya va moliya faoliyatini yuritishning mintaqaviy qoidalari bеlgilanadi, u
yoki bu sohalarda hamkorlik masalalari bo’yicha tarmoq vazirlari va ekspеrtlarning uchrashuvlari
o’tkaziladi.1993 yilda Osiyo-Tinch okеani iqtisodiy hamjamiyati yetakchilarining birinchi uchrashuvi bo’lib
o’tdi (Sietl, AQSh). Uchrashuv davomida mintaqada avj olayotgan intеgratsiya jarayonlaridan foyda
ko’rish noto’g’ri taqsimlanishi yuzasidan jiddiy tafovutlar borligi aniqlandi. Ekspеrtlarning fikricha,
Osiyo-Tinch okеani iqtisodiy hamjamiyatida savdoni erkinlashtirish a’zo mamlakatlarning rеal daromadlari
2 foizga o’sishiga olib kеlishi kеrak. Biroq foydani birinchi navbatda eng raqobatbardosh mamlakatlar
oladilar.
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi twxnalogiyalardan xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali
milliy iqtisodiyotni tezda o’stirishga ko’maklashsa, boshqa tomondan, davlatning boy resurslari va ishlab
|
| |