ISSN NO:2720-4030
Volume 5, April, 2022
16
https://periodica.com
Mintaqaviy integratsiya jarayonlarining ahamiyati
(Xitoy va ASEAN misolida)
Jamolov Abdulloh Samariddin o’gli
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti
“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” yo’nalishi talabasi
A B S T R A C T
A R T I C L E I N F O
Mazkur maqolada mintaqamizdagi integratsion jarayonlar, ularning
ahamiyati, mamlakat taraqqiyotidagi o’rni,
iqtisodiy rivojlanishni
yanada jadallashtirishdagi ahamiyati haqidagi qarashlar ilgari
surilgan.
Received:11
th
February
2022
Revised: 11
h
March 2022
Accepted: 11
th
April 2022
K E Y W O R D S
Integratsiya,
Xitoy,
ASEAN, savdo aloqalari,
taraqqiyot,
iqtisodiy
taraqqiyot,
shartnomalar,
xalqaro tashkilot, jahon
savdosi,
Erkin
savdo
hududi,
Bojxona ittifoqi,
Umumiy bozor, Iqtisodiy
ittifoq, raqobat
Bugungi murakkab va turli xil iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramasdan
Xitoy iqtisodiyoti jadal
sur’atlarda rivojlanishda davom etmoqda. Buning sabab va oqibatlarini o’rganish barchamiz uchun foydadan
xoli bo’lmaydi. Chunki iqtisodiy farovonlikbarcha mamlakatlar kuch-qudrati, taraqqiyoti,
va kelajagining
kafolati hamdir. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Iqtisodiyotda
davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni
himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish – hukumat, davlat boshqaruvi
organlari va barcha
darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi”.
Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy integratsiya jarayonlari dunyo mamalakatlari o’rtasidagi o’zaro
iqtisodiy aloqadorlikni ta’minlashda bir qator qulayliklarni vujudga keltirib, ular:
•
birinchidan xo’jalik subyektlari (Tovar ishlab chiqaruvchilarni) yetarlicha resurslar bilan ta’minlaydi.
•
Bundan tashqari, jahon bozoriga mos keluvch raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini
beradi.
•
Uchinchidan, iqtisodiy entegratsiya jarayonlarida qatnashuvchi barcha davlatlarni ijtimoiy-
iqtisodiy,
siyosiy va madaniy jihatdan bir-birlariga yaqinlashtirib, raqobatdan himoya qiladi.
•
To’rtinchidan, iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy,
siyosiy va madaniy muaammolarini hal etish imkonini beradi.
Integratsiyon jarayonlar mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosiy shartnomalari
asosida amalga oshiriladi. Jahon tajribasini o’rganish shundan dalolat beradiki, integratsiya davlatning jahon
xo’jaligiga qo’shilishini, bunda unga shijoat berishi va iqtisodiy rivojlanishi uchun tub burilish yasovchi tashqi
iqtisodiy siyosat ekanligini, barqaror iqtisodiy o’sishni, kapital jamg’arishni, iqtisodiyotda ilg’or texnaligik