|
Mintaqaviy turizmdan foydalanishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili Reja
|
bet | 3/3 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 393,58 Kb. | | #114368 |
Bog'liq FarangizTashqi va ichki omillar
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omillardan tashqari turizmga ta’sir etuvchi omillarni tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillarga ajratish mumkin. Tashqi (ekzogen) omillar turizmga demografik va ijtimoiy o‘zgarishlar vositasida ta’sir qiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlkatlarda turmush darajasi va sifatining oshishi insonlarda dam olish, sayohat qilish, ko‘ngil ochish, insoniyatning umumiy madaniy qadriyatlarini o‘rganish uchun ko‘proq bo‘sh vaqt va imkoniyatning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillarning turizm rivojlanishiga ta’siri doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Globallashuv jarayonlari va mamlakatlarning jahon hamjamiyatiga integrastiyalashuvi turizmning jahon ko‘lamida ommaviy hodisaga aylanishiga olib keldi. Ichki (endogen) omillar – turizm sohasining ichida ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Masalan ularga moddiy-texnik omillarni kiritish mumkin.
Mintaqaviy turizmdan samarali foydalanish va turistik resurslarning ahamiyati
Hozirgi kunda mintaqaviy iqtisodiy siyosatda asosiy urg'u mavjud tabiiy resurslar zahiralaridan oqilona va ehtiyotkorlik bilan foydalanishga va mintaqaning boshqa resurslaridan (iqtisodiy, shu jumladan tashkiliy, mehnat, moliyaviy, moddiy va axborot resurslaridan) samarali foydalanishga berilmoqda. Bunday sharoitda turizmdan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vositasi sifatida foydalanish mumkin, bu esa hududning tabiiy-resurs salohiyatidan samarali foydalanish va YaHM o'sishini ta'minlaydi. Turistik resurslarni kompleks rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish masalalari mamlakatda ichki va tashqi turizmni samarali boshqarish uchun muhimdir. Har bir mintaqa o'zining turistik salohiyatidan mahalliy aholi va chet ellik sayyohlarning sifatli turizm xizmatlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, ularni qabul qilish va ularga xizmat ko’rsatish uchun foydalanishi kerak. Har qanday turdagi resurslarni samarali rivojlantirish imkoniyati salohiyatni malakali tahlil qilishga, berilgan resursning bozordagi o’rnini , ushbu resurs uchun uni rivojlantirishning eng maqbul usullari va shakllarini oqilona tanlashga va ushbu resursni o’zlashtirish va rivojlantirishda barcha ishtirokchilarning kelishilgan harakatlarini ta’minlashga asoslanadi. Yuqoridagilar turizmni rivojlantirish resurslariga to’liq tegishli. Turistik resurslar mintaqada turizmni rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatini aniqlaydi, mintaqada investitsion siyosatning ustuvor yo`nalishlarini rejalashtirishda, turistik mahsulotni ishlab chiqarish uchun tayanch bazisi bo`lib hisoblanadi. Turistik hududning resurs va qabul qilish salohiyatini baholash uchun talab qilinadigan komponentlarning kata to’plami hamda murakkabligiga va ularning hududiy farqlanishiga e`tibor berish kerak. Mintaqaning turistik salohiyatini aniqlash uchun turizmni rivojlantirish resurslarini har tomonlama baholash zarur. Hududning turistik salohiyati deganda ma’lum bir hududda turizmni tashkil etish uchun tabiiy, madaniy-tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning yig’indisi tushuniladi. Mintaqada turizmni rivojlantirish salohiyati – bu mintaqa resurslaridan turizm faoliyatida yanada samarali foydalanish uchun mo’ljallangan, umuman mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo’shadigan resurslar va shart-sharoitlar. Turizmning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi barcha resurslarni uch guruhga birlashtirish mumkin: tabiiy va iqlim resurslari (iqlim sharoiti, landshaft, suv va mineral resurslar, o’simlik, hayvonot dunyosi, alohida tabiiy yodgorliklar va boshqalar); tarixiy va madaniy resurslar (mintaqaning moddiy va nomoddiy madaniy merosi); ijtimoiy-iqtisodiy resurslar (turizm infratuzilmasi, boshqaruv, kadrlar va o’quv, moddiy, moliyaviy va axborot resurslari va sharoitlari). Tabiiy, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy turizm resurslarining mavjudligi nafaqat sifatli sayyohlik mahsulotini shakllantirish uchun asos bo’libgina qolmay, balki turizm mintaqasini xalqaro turizm bozorida ilgari surish strategiyasini ham belgilab beradi. Shuning uchun turizmni rivojlantirishni rejalashtirishda nafaqat mintaqaning turizm va rekreatsion salohiyatini tavsiflash, balki tabiiy-iqlim sharoiti, turizm infratuzilmasi, mintaqadagi oraliq sohalarning rivojlanish darajasi, shuningdek ekologik vaziyat va boshqa omillarni hisobga olgan holda har tomonlama baholash muhimdir. Hududning resurs salohiyatini malakali va samarali boshqarish uchun resurslarni miqdoriy baholash, salohiyat tuzilishini va xususiy salohiyatlardan foydalanish darajasi, resurslardan foydalanish imkoniyatini baholash, turistik resurslarning holatini tizimli hisobga olib borish va turizmning hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga qo’shadigan hissasini aniqlash talab etiladi. Hududning turistik salohiyatini baholashda o’ziga xos baholash usullaridan foydalanish mumkin. Bunda turizm turlarining o’ziga xos xususiyatlari va resurslarga yo’naltirilganligini e’tiborga olinadi. Hududlarning turistik salohiyatini baholashda bir qator parametrlarni hisobga olish kerak, xususan: mavjud ob’yektlarning o’ziga xosligi, ob’yektlar mavjudligidagi farqlar, mintaqadagi ob’yektlarning joylashuv zichligidagi farqlar, ob’yektlarning xilma-xilligi va murakkabligi, ob’yektlarning jismoniy holati va b. Mintaqaning turizm sohasini rivojlantirish uchun resurslarini tahlil qilish va baholash mintaqaning turistik salohiyatini aniqlash uchun zarur bo’lib, uning asosida sohani rivojlantirish rejalashtirilgan. Turistik mahsulotni shakllantirishning asosi turistik resurslar hisoblanadi. Turistik qiziqish uyg’otadigan, ya’ni turistlar uchun jozibador va ochiq bo’lgan barcha narsa turistik resurslar deb hisoblanishi mumkin
Turistik resurslarni baholash usullarining tasnifi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, turistik resurslarni baholashning universal usullari mavjud emas. Bu qisman turistik resurslarning o’ziga xos tabiati bilan belgilanadi. Turistik resurslarni baholash usullarining xilma-xilligi resurslarning turli tumanligi va ulardan turizm va rekreatsiya faoliyatida foydalanish imkoniyati bilan belgilanadi. Bu vaziyat turizmni rivojlantirish uchun hudud resurslarini baholashning yagona metodologiyasini shakllantirishga imkon bermaydi. Har bir muallif baholash parametrlari ro’yxati va muayyan mezonlar bazasi bo’yicha o’z nuqtai nazariga ega. Iqtisodiyot fanida ayrim turistik resurslar guruhlari uchun alohida baholash usullari qo’llaniladi. Masalan, hududni muhandislik o’zlashtirish nuqtai nazaridan tabiiy turistik resurslarni baholashda texnologik baholash usulidan foydalanish mumkin . Tabiiy resurslarni estetik bahosi turistik resurslarning odamga hissiy ta’siri darajasini aniqlashga asoslanadi, turistik resursning o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Texnologik baholash natijasi hududning turistik rivojlanishga va undan turistik mahsulotni yaratishda foydalanishga tayyorligi bo'lsa, estetik baholash esa turistik namoyish ob'yektlarining jozibadorlik darajasini belgilaydi. Shuning uchun, bir qator integral ko'rsatkichlarni o’z ichiga oluvchi turizm resurslarini baholashning kompleks metodologiyasini ishlab chiqish, nafaqat maqsadga muvofiq, balki muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Turizmni mintaqa iqtisodiyotiga ta`sirining samaradorligini alohida tarmoqlar (yo`nalishlar) bo`yicha tahlil qilish maqsadga muvofiq. To`g’ridan-to`g’ri turizmni iqtisodiy ta`siri ulardan olinadigan daromadlar turlari va samaradorligi bilan belgilanadi. Jumladan, xo`jalik sub`ektlari, aholi, maxalliy boshqaruv organlarini bevosita turistlardan oladigan daromadlari. Ularga turistik kompaniyalarning oladigan foydasi, uning asosida investitsion loyihalarni amalga oshirishni ko`rsatish mumkin. Bundan tashqari turizmni to`g’ridan-to`g’ri ta`siri davlat va maxalliy byudjetlarga turli to`lovlar orqali kelib tushishi bilan belgilanadi. Turizm sohasidagi kompaniyalar va firmalar mintaqadagi bir qator tarmoqlarni o`z og’ushiga tortadi va rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratib beradi. Ular qatoriga transport va aloqa umumiy ovqatlanish va savdo, bank va moliya tashkilotlari, madaniyat, sport va ko`ngilochar ob`ektlar va boshqalarni kiritish mumkin. Turistlarni dam olish joylariga etib borishida, o`z turar joylariga jo`nab ketishlarida ko`rsatiladigan transport xizmatlari mintaqada transport infratuzilmasini rivojlantirish, rekonstruktsiya qilish va qayta ta`mirlash uchun turtki bo`ladi. O`z navbatida transport xizmatlariga turistlar tomonidan ketadigan xarajatlar turistik yo`llanmalarning asosiy qismini tashkil qiladi. Mamlakat va mintaqalardagi havo transporti, temir yo`llari va avtomobil yo`llarining sifatini xalqaro standartlar darajasiga etkazish turizm xizmatlari sifatini yanada yuqori darajaga erishishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari transport infratuzilmasi ob`ektlarining (aeroport, avtovokzal va temir yo`l vokzallari, transport markazlari) faoliyatlarini talab darajasida amalga oshirilishi ham muhim bo`lib, umuman mintaqada yagona transport tizimini shakllanishiga olib keladi. Turistlarni joylashtirish sohasi, mexmonxonalar, dam olish uylari, turistik markazlar va boshqa ob`ektlardagi xizmat sifati va turlari mintaqada turizm bozorini qay darajada rivojlanganligini belgilab beradi. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, mexmondo`stlik kabi tarixdan saqlanib kelayotgan udumlarni turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko`rsatishda qo`llash maqsadga muvofiq. Asosan mintaqada turistik salohiyatni aniqlashda yashash joylarining ahvoli, ularning quvvati (joylar soni), foydalanish darajasi ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Dunyo va mamlakatimiz tajribasidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, hozirda turistlarni joylashtirish infratuzilmasi turizm tizimining eng asosiy rivojlanish nuqtasi (markazi) ga aylangan. Ushbu tizim turizm daromadlarining asosini tashkil qiladi. Bu o`rinda xususiy firmalar, tashkilotlar, uy-xo`jaligini ham turistlarni joylashtirishdagi ahamiyati oshib borayotganini ta`kidlash lozim. Mintaqaviy turizm bozorining muhim qismi bo`lib umumiy ovqatlanish va savdo tizimi xizmat qiladi. Ayniqsa, mahalliy taomlar, ekologik toza sabzavot va mevalar, xalq xunarmandchilig mahsulotlari turistlarni talab va takliflarini inobatga olishda, mintaqa turizmini raqobatbardoshligini ta`minlashda va xalqaro darajada obro`sini yanada ko`tarishning muhim omiliga aylanishi mumkin. O`z navbatida ushbu omil mintaqada iste`mol mahsulotlariga bo`lgan talabni oshishiga va ishlab chiqarishni yanada kengaytirish uchun turtki bo`ladi. Turistlarning xalq xunarmandchiligi va boshqa mahsulotlarni sotib olishga ketgan xarajatlari mintaqa uchun to`g’ridan-to`g’ri tushadigan daromadlar qatoriga kiradi. Mintaqada turistik xizmatlarning keng rivojlanayotgan turlaridan biri ko`ngilochar ob`ektlarni faoliyatini tashkil etishdan iborat. Bular turli ekskursiyalarni tashkil etish, madaniyat va sport sohalaridagi tadbirlar, milliy marosimlarda ishtirok etish va boshqa xizmatlarni o`z ichiga oladi. Ko`ngilochar o`yinlar turi va sifatini oshishi o`z navbatida mintaqada pullik xizmatlar hajmini o`sishiga, investitsion faollikni kengayishiga, maxalliy aholini talab va ehtiyojlarini qondirishga olib keladi. Mintaqada turizm xizmatlari sifati ko`p jihatdan bu erda joylashgan bank, moliya, sug’urta kompaniyalari bilan bog’liq. Hozirda dunyo tajribasidan ma`lumki, turistlar yigirma xildan ortiq sug’urta xizmatlaridan foydalanadilar. Sug’urta xizmatlarini rivojlanganlik darajasi turistlarning xavfsizligini qay darajada ta`minlanganligini bildiradi. Xalqaro turizmni tashkillashtirishda deyarli barcha turistlar o`z sog’lig’ini himoyalash maqsadida sug’urta polislarini sotib oladilar. Turistlar o`z safarlari davomida qo`shimcha xizmatlar turidan foydalanish, kerakli mahsulotlarni sotib olish uchun o`z pullarini sarflaydilar. Shu sababli mintaqada turizmni rivojlanishi bevositabank faoliyatini kengaytirishga, ular ko`rsatayotgan xizmatlar turini ko`paytirishga ta`sir ko`rsatadi. Hozirgi zamonda mintaqani imedji (obro`si) turistik ob`ektlarning mavjudligi bilan bir qatorda bankmoliya xizmatlarining qulayligi va sifati bilan belgilanadi. Shu sababli turizmni rivojlanishi bevosita mintaqada bozor infratuzilmasi ob`ektlarining shakllanayotgan talablarni va ularni sifatli qondirilishi, hududlar doirasida optimal joylashuvi asosida tashkil etish uchun imkoniyat ochib beradi. Yana bir eng muhim turizm bilan bog’liq xizmatlar qatoriga informatsion texnologiyalar salohiyatidan keng foydalanishni alohida ta`kidlash lozim. Ushbu xizmatlar turistlarga qulay sharoit yaratish bilan birga ularni xavfsizligini ta`minlsh bilan bog’liq. Mintaqani u erda joylashgan turistik ob`ektlar, aholisi, mexmondo`stlik darajasi, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlanganligi va boshqa aniq ma`lumotlarni informatsion xizmatlar doirasida to`liq olish imkoni tug’iladi. Shuning uchun eng asosiy jarayon turistik yo`llanmaga buyurtma berish, mexmonxonalarga joyni bronlashtirish, samolyot va poezdga chiptani olishda informatsion texnologiyalardan foydlanish oddiy holga aylanib bormoqda. Informatsion texnologiyalar xizmat turlarini yanada kengaytirish ulardan olinayotgan daromadlarni oshishiga, mintaqada ushbu tarmog’ni taraqqiyotiga, barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlashga o`z xissasini qo`shishiga olib keladi. Turizmni bevosita mintaqa rivojlanishiga ta`sirini asosan mahalliy byudjetlar tushumini oshishi, eksport salohiyatini kengayishi ekologiyani muvofiqlashtirishga, bandlik muammosini hal qilishga, ijtimoiy sohalarni taraqqiyotiga qo`shgan hissalari orqali aniqlash mumkin. Mintaqa byudjeti ma`lum darajada turistlarga xizmat ko`rsatuvchi turistik kompaniyalar va firmalar, mexmonxonalar daromadlaridan tushadigan turli to`lovlar hisobiga to`ldiriladi. Jumladan, soliq to`lovi, bojxona to`lovi, ayrim yig’imlar. Xorij mamlakat turistlariga turizm xizmatlari bevosita mintaqalarda amalga oshirilishi, ya`ni ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar natijasida valyuta tushumlari eksportni shakllanishiga olib keladi. Xalqaro turizm mintaqa eksport salohiyatiga xissa qo`shgan holda, kelajakda eksport xizmatlarini yanada kengaytirish uchun imkoniyatlar ochib beradi.
|
| |