• «O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI TOSHKENT MINTAQAVIY TEMIR YO’L UZELI SHO’’BA KORXONASI U S T A V I
  • «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati Toshkent mintaqaviy temir yo’l uzelining Ustavi I – bo’lim. Umumiy qoidalar
  • II – bo’lim. Uzelning asosiy vazifalari va funksiyalari
  • III. Uzelning xuquq va majburiyatlari
  • IV. Uzel faoliyatini boshqarish
  • Uzelning mulki , vositalari va m ablag’lari
  • H isobga olish
  • Uzelni qayta t ashkil va tugati sh masalalari
  • Mirobod tuman xokimining «Tasdiqlayman» qarori bilan «O’zbekiston temir yo’llari» ro’yxatga olingan. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi




    Download 105.5 Kb.
    Sana19.09.2020
    Hajmi105.5 Kb.
    #11436

    Mirobod tuman xokimining «Tasdiqlayman»

    ___________ qarori bilan «O’zbekiston temir yo’llari»

    RO’YXATGA OLINGAN. Aksiyadorlik jamiyati

    boshqaruvi raisi

    « » 2016 yil. ______________ A.J.Ramatov

    «_____»____________2016 yil.

    «O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI»

    AKSIYADORLIK JAMIYATI
    TOSHKENT MINTAQAVIY TEMIR YO’L UZELI

    SHO’’BA KORXONASI
    U S T A V I

    (YANGI TAXRIR)

    Toshkent – 2016 yil
    «O`zbekiston temir yo`llari» AJning

    « __ » _______ 2016 yildagi ______- N sonli buyrug’iga ilova



    «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati

    Toshkent mintaqaviy temir yo’l uzelining

    Ustavi

    I – bo’lim. Umumiy qoidalar
    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4720-sonli Farmoni hamda «O’zbekiston temir yo’llari» DATK Kengashi va yagona aksiyadorining 2015 yil 30 apreldagi №59-sonli qo’shma yig’ilishi qaroriga muvofiq, tarkibiy bo’linmalar nomlanishini qonun talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, «O`zbekiston temir yo`llari» DATKning 2015 yil 2 iyundagi «Tarkibiy bo’linmalar nomlanishini qonun talablariga muvofiqlashtirish to’g’risida»gi №249-N-sonli buyrug’iga asosan, «O`zbekiston temir yo`llari» DATK nomi «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiiyatiga o’zgartirilganligini va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 28 mayda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan. «O`zbekiston temir yo`llari» AJ boshqaruv raisining 2015 yil 4 avgustdagi №308-N-sonli «O`zbekiston temir yo`llari» AJni restrukturizasiya qilish to’g’risida”gi buyrug’iga asoson Toshkent mintaqaviy temir yo’l uzeli (keyingi o’rinlarda Uzel deyiladi) «O`zbekiston temir yo`llari» AJ tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan.

    2. Uzel «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradi va belgilangan chegaralarda iste’molchilarga sifatli temir yo’l transporti xizmatlarini taqdim etuvchi ishlab-chiqarish xo’jalik kompleksi bo’lib xisoblanadi.

    3. Uzel «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining sho’’ba korxonasi bo’lib, tarkibiy bo’linmalardan iboratdir. Uzelni boshqarish apparati uning tarkibiga kiruvchi bo’linmalarga nisbatan xo’jalik boshqaruvining yuqori turuvchi organi xisoblanadi.

    4. Uzelning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasining «Temir yo’l transporti to’g’risida»gi Qonuni, temir yo’l transportida xarakat xavfsizligini nazorat qilish bo’yicha Davlat inspeksiyasi qarorlari, yuklarni tashish qoidalari, «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining buyruqlari, farmoyishlari va boshqa me’yoriy xujjatlari shuningdek mazkur Ustav asosida amalga oshiriladi.

    5. Uzelning Ustavi «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

    6. Uzel yuridik shaxs xisoblanadi, uzining mustaqil balansida aks ettiriladigan aloxida mulkka, bank muassasalarida xisob rakamlariga, mustakil buxgalteriya va statistika xisobotiga, O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tushirilgan dumalok muxrga va burchak shtampiga xamda Davlat tilida Uzel nomi zikr etilgan firma varakasiga ega.

    7. Uzel temir yo’l transportida belgilangan chegara doirasida tashish jarayoniga raxbarlik va xo’jalik ishlarini tartibga solishni amalga oshiradi. Uzel temir yo’l transporti tarmoklarini rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlarni amalga oshirishga ko’maklashadi.

    8. Mazkur Ustavda ko’rsatilmagan boshqa xuquqiy munosabatlar, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik va me’yoriy-xuquqiy xujjatlari bilan tartibga solinadi.

    9. Uzel xodimlari «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining xizmat formasi to’g’risidagi Nizomida belgilangan tartibda forma kiyish xuquqiga egadirlar.

    10. Uzel idorasining manzili: Toshkent shaxar Mirobod tumani Turkiston ko’chasi – 7 uy indeks rakami - 100015.


    II – bo’lim. Uzelning asosiy vazifalari va funksiyalari
    11. Uzel faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    o’z chegara doirasida Respublikamiz iqtisodiyoti va axolisining extiyojlarini qondirish maqsadida temir yo’l transportining barqaror va samarali ishlashini, qatnovlar xavfsizligi, mijozlarga ko’rsatilayotgan temir yo’l transporti xizmatlari sifatini oshirishni, xizmat ko’rsatish talab darajasida bo’lgan boshqa transport turlari bilan birgalikda ta’minlash, iste’molchilarga keng ishlab-chiqarish va xizmat ko’rsatishni yo’lga quyish, sayyoxlik va boshqa xizmatlarni ko’rsatish, shuningdek tashilayotgan yuklar butligini ta’minlash;

    tashuvlar mintaqaviy bozor kon’yunkturasini o’rgangan xolda ularning infratuzilmasini shakillantirish, jaxon andozalari darajasida xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, shuningdek temir yo’l transporti tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini va uni raqobatbardoshligini oshirish;

    yuklar, yo’lovchilar, pochta va bagajlar tashish soxasida ushbu xizmatlardan foydalanuvchi mijozlarga qulayliklar yaratgan xolda sifatli va xavfsiz xizmatlarni tashkil etish;

    joylardagi Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yo’l transporti bo’linmalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga doir chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    xizmat ko’rsatish xududida temir yo’l tarmoqlarining ish barqarorligini va o’tkazish imkoniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    O’zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yo’lovchilarni tashish borasida joylardagi bojxona va soliq idoralari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan xolda uzaro xamkorlikni ta’minlash;

    temir yo’l transportida yagona ilmiy – texnika va investisiyaviy siyosatni yuritishda ko’maklashish;

    yangi texnika va texnalogiyalarni ishlab chiqilishi va joriy etilishini, temir yo’l transportining kompleks rivojlanishini tashkil etishda ishtirok etish;

    temir yo’l tarmoqlarini moddiy – texnika bazasini mustaxkamlash, ularni yanada rivojlantirish va bajarish imkoniyatlarini oshirish, yangi temir yo’l liniyalari, ko’priklar va boshqa sun’iy inshootlar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish, ilg’or texnologiyalar va zamonaviy menedjment usullarini keng joriy etishda ishtirok etish;

    uzel tarkibiy bo’linmalarida xizmat ko’rsatish – ekspluatasiya va rivojlanish extiyojlari uchun import urnini bosuvchi maxsulotlar, extiyot kismlar, detallar va jixozlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va uni rivojlantirish;

    atrof-muxitni muxofazasi buyicha ekologiya meyorlarini belgilash va belgilangan meyorlariga rioya kilishda davlat tomonidan chikarilayotgan konun va qarorlarini ijrosini ta’minlash;

    xizmat ko’rsatishda va maxsulot tayyorlashda Xalqaro standart (ISO 9001-2011) talablariga rioya kilish;

    kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish buyicha chora-tadbirlar belgilash va amalga oshirish;

    12. Uzel belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalar bajarilishini ta’minlaydi:
    temir yo’l orqali tashish jarayoni doirasida:

    belgilangan yuk tashish rejalarini bajarishni ta’minlash;

    belgilangan chegaralar doirasida, shu jumladan davlatlararo tutash punktlari orqali, chegaralar bojxona va xuquqni ximoya qilish idoralari bilan birgalikda yuk va yo’lovchi poezdlarini to’siksiz o’tishini ta’minlash;

    Uzel tarkibiy bo’linmalaridagi texnik vositalar va jixozlarni shay xolatda tutish;

    yuk tashish xujjatlarini to’ldirish qoidalariga qat’iy amal qilish;

    yongin xavfsizligini, yuk, pochta va bagajlarni tashish xamda transport vositalari xavfsizligini ta’minlash;

    favqulotda vaziyatlarda yuk tashishni tartibga solish va vujudga kelgan sharoitda belgilangan tadbirlarni bajarishni ta’minlash;

    tashish jarayonida ishtirok etuvchi barcha bo’linmalarning uzaro anik xamkorligini ta’minlash;

    portlovchi, tez yonuvchi, zaxarli moddalar, ya’ni xavfli yuklarni tashish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko’rish;

    temir yo’l transporti vositalarini falokatsiz tashish chora-tadbirlarini tashkil etish va bajarish;

    davlat sirlari va xizmatga taaluqli ma’lumotlarni tarqalishini oldini oluvchi chora-tadbirlarni ko’rish;
    iqtisod va moliya soxasida:

    Uzel va uning tarkibiga kiruvchi bo’linmalarni xo’jalik boshqaruvini tashkil etish;

    Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning barcha faoliyat turlari buyicha moliyalashni tashkil etish;

    Uzel O’zbekiston Respublikasining «Buxgalterlik xisobi to’g’risida»gi qonuni buyicha, buxgalterlik xisobining milliy standartlariga muvofik xolda buxgalterlik xisobini yuritish. Moliyaviy va statistik xisobotni amaldagi qonunchilik xujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshirish;

    Uzel belgilangan tartibda «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatiga, soliq va boshqa davlat idoralariga amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq ravishda o’z moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalari xaqidagi zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etadi;

    temir yo’l xizmatlari uchun barcha to’lovlarni o’z vaqtida to’la undirish xamda ularni «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy daromad xisob raqamiga o’tkazish;

    tashilgan yuklar uchun debitor qarzlarni va uni tugatilishini nazorat qilish, xisobga olish va debitor qarzlarni undirish bo’yicha xujjatlar tayyorlash xamda ularni xo’jalik sudlariga oshirish;

    bekatlardagi yuk-tovar idoralarida o’ta muxim bo’lgan xujjat varaqalarini saqlanishini ta’minlash;

    temir yo’l transportida yuk va yo’lovchilar tashishning servis va marketing tadqiqotlarini tashkil etishda ishtirok etish;

    Uzel tarkibiy bo’linmalari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining istiqbol ko’rsatkichlarini tuzish va uni bajarish;

    transport texnika vositalarini xamda temir yo’l transporti bino va inshootlarini ta’mirlashni tashkil etish;

    Uzel xodimlarining mexnat xaqlari va mukofotlash tizimi va shakllarini aniklash xamda bu ishlarni tarkibiy bo’linmalarda nazorat qilish;

    Ijtimoiy rivojlantirish, uzel ishchi xodimlarini ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash buyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

    sof tushumdan belgilangan tartibda va miqdorda nafaqa jamg’armasiga badallar, ko’shimcha qiymatga soliqlar, daromadga soliqlar to’lovlaridan, xamda avtomobil yo’llari ta’miri va qurilishiga chegirmalar, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqlardan tashqari barcha turdagi soliqlar va chegirma to’lovlari va xisoblarini amalga oshirish;

    bekatlardan va tijoriy ko’rikdan o’tkazish punktlari (PKO)lardan YUk xujjatlariga texnik ishlov berish markazi (TexPD) va «O’ztemiryo’lhisob» markaziga tashish hujjatlari hamda undirilgan to’lovlar bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida etkazish;

    debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar tuzish va uni bajarish;

    Uzel va uning tarkibiy bo’linmalari ishchi-xodimlarini mukofotlash, Nizomini va uning shtat jadvalini tasdiqlash;

    Uzel va uning tarkibiy bo’linmalarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining istiqbol rejalarini tuzish;

    xo’jalik sudlarida va boshqa davlat idoralarida uzel va uning tarkibiy bo’linmalari xuquq va manfaatlarini muxofaza qilish;

    Uzel tarkibiy bo’linmalari yig’ma balansini tuzish va uni kerakli davlat idoralariga taqdim etish;


    texnik siyosat soxasida:

    mutlaqo yangi texnika va texnologiyalarni, ilg’or tajribalarni joriy etish, ixtiro, rasionalizatorlik va patent-lisenziyalashtirish faoliyatini rivojlantirish;

    atrof muxitni zararli chiqindilardan saqlash va ekologik toza texnologiyalarni, jarayonlarni va zararli chiqindilarni kamaytiradigan transport vositalarini keng joriy etish;
    moddiy - texnika ta’minoti soxasida:

    Uzel va uning tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning asosiy vositalarini soz xolda tutish va ularni me’yorida ishlashi uchun kerakli bo’lgan extiyot qismlar xamda yonilgi energetika resurslari bilan ta’minlash;

    falokatlar, avariyalar va boshqa nazarda tutilmagan xodisalarning oqibatlarini bartaraf etish uchun moddiy-texnika resurslarning barcha turlaridan zaxiralar tashkil etish;

    favqulotda vaziyatlar davrida Uzelning safarbarligini ta’minlash uchun moddiy-texnika resurslari zaxiralarini tuzish va tayyorgarligini ta’minlash;


    kadrlar, mexnat va ijtimoiy masalalar soxasida:

    xodimlarni tanlash, ularni yuksalishi uchun sharoit yaratish, mas’uliyati va javobgarligini oshirish, rag’batlantirish va ijtimoiy muxofaza qilish tizimlarini belgilash;

    Uzel extiyoji uchun kadrlarni kasbiy va iktisodiy o’qishini tashkil etish, uning moddiy bazasi va rivojlanishini ta’minlash;

    ommaviy kasb egalari va mutaxassislarni o’quv muassasalarda va ishlab chiqarishda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, shuningdek ularni ish o’rganishlarini (stajirovkalarini) ta’minlash;

    temir yo’l transportida samarali kadrlar siyosatini amalga oshirish;

    poezdlar xarakati bilan bevosita bog’lik bo’lgan uzel xodimlarining aloxida toifalari uchun amaldagi qonunchilikka muvofik mexnat sharoitlari xususiyatlarini, ish vaqti va dam olish vaqti rejimlarini bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;

    Uzel ishchi-xodimlari attestasiyasini o’tkazish, ishlab-chiqarish madaniyatini oshirish, mexnat va texnika xavfsizligini ta’minlash.

    13. Uzel yuqorida qayd etilganlardan tashqari yana quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    temir yo’l transporti ob’ektlaridan foydalanish qoidalari, manyovr ishlari va poezdlar xarakati xavfsizligini ta’minlash talablarini uz tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;

    temir yo’l transporti ob’ektlarini butligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rish, xarakat xavfsizligini buzilish sabablarini o’rganish va ularni taxlil qilish, xalokatlar, avariyalar, ekologik ofatlarni oldini olish buyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

    ishchi-xodimlarni, yo’lovchilarni va yuklarni sug’urtalash ishlarini amalga oshiradi;

    O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq temir yo’l yaqinidagi ajratilgan yo’laklar xududida erdan foydalanish, u erda bino va inshootlar qurish tartibini belgilaydi, tegishli qurilish me’yorlari va qoidalarini muvofiqlashtiradi;

    temir yo’l transportidagi elektr, issiqlik va issiklik-energetik moslamalarida, shuningdek sig’imli idishlarda yuqori bosim ostida ishlovchilarning foydalanish qoidalariga to’g’ri rioya etishlarini tashkil etadi;
    Qurilish, savdo va avtotransport soxasida:

    turli bino-inshootlar, temir yo’llar, turar joy (dala hovli, turar joy, kottedj va x.k.) va ijtimoiy-maishiy yo’nalishdagi ob’ektlarni kurish;

    kurilish-tamirlash ishlari, kurilish va avariya xizmatlarini bajarish, bino va xonalar dizayni, ishlab chikarish va savdo xonalarini, binolar va turar joy uylarni kurish va ta’mirlash;

    elektromontaj, montaj va ishga tushirish ishlarni tashkil etish, ishlab chikarish tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish;

    sement va boshka kurilish materiallaridan turli xildagi kurilish materiallarini ishlab chikarish va sotish;

    barcha turdagi temir-beton mahsulotlari ishlab chikarish va sotish;

    plastmassa va alyuminiydan eshiklar, deraza bloklari, mebellar, jalyuzalar ishlab chikarish va sotish;

    kurilish va xo’jalik mollari xamda xalk iste’mollari bilan ulgurji va chakana savdosini amalga oshirishni yo’lga kuyish. (maxsus ruxsatnoma olgandan sung);

    barcha turdagi avtotransportlarni ta’mirlash, servis xizmatini kursatish va ijaraga berishni tashkil etish;

    o’z balansidagi erlarda qishlok xo’jalik maxsulotlarini etishtirish va sotish;


    III. Uzelning xuquq va majburiyatlari
    14. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va axoli extiyojlaridan kelib chiqqan xolda davlat buyurtmalari va bevosita shartnomalar asosida bajariladigan ishlar va xizmatlar xajmini mustaqil ravishda belgilashda ishtirok etadi.

    15. Mintaqaviy temir yo’l uzeli va uning tarkibiga kiruvchi bo’linma xodimlari «O`zbekiston temir yo`llari» AJ xodimlari uchun belgilangan barcha xuquq va imtiyozlardan foydalanadilar.

    16. «O`zbekiston temir yo`llari» AJ Uzel majburiyatlari buyicha mas’ul bo’lmaganidek, Uzel xam o’z navbatida «O`zbekiston temir yo`llari» AJ majburiyatlari buyicha javobgar bo’lmaydi.

    17. «O`zbekiston temir yo`llari» AJ tarkibiga kirmaydigan korxona va muassasalar uchun ko’rsatilgan xizmatlar va bajariladigan ishlar buyicha o’zaro shartnoma orqali erkin narxlarni belgilashga xaqlidir.

    18. Uzel vakolati chegarasida xamkorlikda ishlamokchi bo’lgan boshqa korxonalar va aloxida shaxslar bilan o’zaro faoliyatni amalga oshirishga xaqli.

    19. «O`zbekiston temir yo`llari» AJ boshqaruvining ruxsati bilan aksiyadorlik jamiyati nomidan ishchilarning oylik ish xaqlarini to’lash uchun banklardan kreditlar olish va uni to’lashga xaqlidir.


    IV. Uzel faoliyatini boshqarish


    1. Uzel va uning devoni faoliyatini boshqarish Uzel boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi.

    2. Uzel boshlig’i, Uzel boshlig’ining o’rinbosari, bosh muxandis «O’zbekiston temir yo’llari» AJ boshqaruvi raisining buyrug’i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

    22. Uzel boshqaruvi bo’limlarining boshliqlari ishga «O’zbekiston temir yo’llari» AJ rahbariyati tomonidan tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga asosan kelishilgan holda tayinlanadilar va ishdan ozod etiladilar.

    23. Uzel boshlig’i yo’qligi vaqtida uning majburiyatlari bosh muhandis yoki boshliq o’rinbosariga Uzel boshlig’i buyrug’i asosida yuklanadi.



    1. «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati Uzelining boshlig’i:

    tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasi asosida kadrlarni saralash va joylashtirish ishlarini amalga oshiradi;

    o’z vakolati doirasida Uzelning xamma xodimlari uchun majburiy bo’lgan ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va buyruqlarni chiqaradi.



    1. Uzel boshlig’i quyidagilarga shaxsan javobgardir:

    Uzelga yuklangan vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

    Mablag’larning maqsadli ishlatilishi.

    26. Uzel raxbari quyidagi xuquqlarga ega:

    Boshqa qorxonalar va tashkilotlar bilan xo’jalik shartnomalarini tuzish, bajarilishini nazorat qilish va qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilish;

    Xo’jalik shartnomalari tuzish uchun bo’linma boshliqlariga ishonchnomalar berish;

    «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga bulinmalarning qayta tuzilishi, bulinishi, ularning bekor qilinishi, birlashishi, Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning tuzilmasini takomillashtirish maqsadida texnik va iqtisodiy asoslangan takliflarni kiritish;

    «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyatiga tegishli boshqarmalar va markazlar bilan muvofiqlashtirilgandan so’ng, Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalar Nizomlarini tasdiqlash;

    Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning ishlab-chiqarish va moliyaviy kursatkichlarini tasdiqlash;

    Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning tarkibiy tuzilmasini va shtat jadvalini tasdiqlash;

    tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning tarkibiy tuzilmasini va shtat jadvalini tasdiklash;

    Banklarda xisob-raqam va boshqa turdagi raqamlar ochish;

    O’zining bo’linmalariga, ishchilarga oylik to’lash uchun, banklarda sub.raqamini ochishga ruxsat berish;

    Xo’jalik jamiyatlarini (shu jumladan, kichik va o’rta biznes sub’ektlarini) tashkil etish, mulkini sotishni esa, faqat «O’zbekiston temir yo’llari» AJ Boshkaruvi ruxsati bilan amalga oshirish.



    1. Uzelning mulki, vositalari va mablag’lari

    27. Uzelning Ustav jamg’armasi Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalar mulki asosida shakllanadi. Uzel Ustav jamg’armasining miqdori 104202802 ming so’mdan iborat bo’lib, «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

    28. Uzelning mulkini asosiy va aylanma mablag’lar xamda Uzel balansida qiymati ifoda etiladigan boshqa mulklar va pul mablag’lari tashkil etadi.

    29. Uzel yuridik shaxs bo’lib xisoblanadi va balansida o’z mulkiga ega. O’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarga egalik qilish va amalga oshirish, ma’suliyatli bo’lish va sudlarda da’vogar va javobgar bo’lish xuquqiga ega.

    30. Uzel o’z ihtiyorida bulgan mulk va mablag’larni xamma bo’linmalarning manfaati uchun ishlatadi, belgilangan tartibda qurish, tiklash, xarid kilish, ko’chmas va ko’char mulkni ijaraga olishi va berishi mumkin.

    31. Uzel o’z bo’linmalari faoliyatini nazorat qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi.

    32. Uzel ixtiyoriga mulk xo’jalik yuritish xuquqi asosida beriladi.



    33. Iqtisodiy jihatdan foydalanilishi maqsadga muvofik bo’lmagan, butunlay eskirgan asosiy vositalarni hisobdan chikarish Uzel tomonidan amalga oshiriladi, bosh temir yo’llar uchastkalari va xaraqatdagi tarkiblar (sostavlar) bundan istisnodir, chunki ular «O’zbekiston temir yo’llari» rahbariyatining ruxsati bilan hisobdan chiqariladi.


    1. Hisobga olish, hisobot va nazorat


    34. Amaldagi qonunchilikka asosan uzel o’zining va bo’linmalapi faoliyatining tezkor, moliya va statistik hisobotini olib boradi;

    1. Tarkibiy bo’linmalar, o’rnatilgan tartib bo’yicha hisobot va ma’lumotlarni uzelga, uzel esa, hisobot va ma’lumotlarni kompaniyaning ijro etuvchi organlariga, soliq bo’yicha hisobot (markazlashtirilganlaridan tashqari) – soliq organlariga va shunga o’xshash hisobotlar statistik organlarga taqdim qilinadi;

    2. Mulk va vositalarning ishlatilishini, ish faoliyatining natijalarini, soliq qonunchiligiga amal qilinishini uzelda va bo’linmalarda nazorat qilish «O’zbekiston temir yo’llari» AJ ijro etuvchi apparati, soliq va boshqa davlat organlari tomonidan, ularning vakolat chegarasida bajarilishi mumkin.



    1. Uzelni qayta tashkil va tugatish masalalari


    37. Uzelni qayta tashkil etish yoki tugatish masalalari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va «O’zbekiston temir yo’llari» AJ ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.

    Download 105.5 Kb.




    Download 105.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mirobod tuman xokimining «Tasdiqlayman» qarori bilan «O’zbekiston temir yo’llari» ro’yxatga olingan. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

    Download 105.5 Kb.