Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/55
Sana20.11.2023
Hajmi2,59 Mb.
#101929
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

Portativlik. Ilova kodini yoki foydalanuvchi masalalarini uzatuvchi 
mobil agent bir MAR dan boshqa MAR ga, bulutli tizimning o’ziga xos 
xususiyatiga bog’liq bo’lmagan holda, ko’chishi mumkin, ya’ni portativlik 
amalga oshiriladi. 
Tarmoq o’zaro ta’sirini standartlashtirish. Turli mijozlar va 
hisoblash tizimlari uchun o’zaro ta’sirni unifikatsiyalash quyidagilarga 
imkon beradi: 
- tarmoq kanalining beqarorligida tizim ishini barqarorlashtirish
- yuqori tarmoq yashirinligida tizim ishini normallashtirish; 
- elastik mobil ilovalarining (Elastic Mobile Applications) rivoji 
uchun texnologik asosni yaratish. 
Elastik (moslanuvchan) mobil ilovalar mobil qurilma imkoniyatlari 
bilan cheklanmagan. Qo’shimcha hisoblash quvvati yoki saqlash uchun 
joy talab qilinganida, ularni bulutdan olish mumkin. Tarmoq o’zaro ta’sir 
standarti tarmoq protokollari HTTP(S), ma’lumotlar formati va API larni 
ishlatishga asoslangan. Bu qurilmaga katta moslanuvchanlikni taqdim 
etadi. 
Elastik mobil ilovalar mobil qurilmada yoki bulutda ishga tushirilishi 
va ular orasida, vaziyatga yoki foydalanuvchi maquligi bog’liq holda, 
ko’chishi mumkin. Elastik ilovalar arxitekturasi quyidagi komponentlarga 
ega (10.3-rasm): 
- elastik ilova - foydalanuvchi tomonidan tanlanadi va ixtiyoriy 
platformada, qurilma cheklashlariga muvofiq, ishga tushiriladi; 
- elastiklik menejeri - qurilmada ishga tushiriladi, weblet (WIDL 
tilidagi dasturiy modul - "veblet" deb ataluvchi funksional mustaqil va 
o’zaro ta’sir etuvchi birliklar naboridan tashkil topgan) uchun zaruriy 
resurslarni nazoratlaydi va boshqaradi; 
- dispetcher - jarayon kechayotgan joy (mobil qurilmada yoki 
bulutda) xususida weblet uchun kerakli energiyani aniqlash uchun 
optimizatorni ishga tushiradi va optimal variantni tanlaydi; 


122 
- bulutning elastiklik servisi - vebletlarga resurslarni taqsimlaydi. 
Bulut menejeridan, bulut konfiguratoridan va ilovalar menejeridan tashkil 
topgan: 


123 


124 
1
0
.2
-ra
sm. 
B
u
lu
tl
i m
u
h
it
d
a m
o
b
il
a
g
en
tl
ar
n

h
is
o
b
la
sh
t
izi
m
n
in
g
mo
d
ifi
k
as
iy
al
an
g
an
arxite
k
tu
ras



125 
- bulut menejeri - bulutda ishga tushiriluvchi ilovalarning turli 
qismlaridan foydalanganligi xususidagi axborotni saqlaydi; 
- ilovalar menejeri - mobil qurilmada ilovalarni o’rnatish va ishga 
tushirish imkoniyatini ta’minlaydi; 
10.3-rasm. Elastik ilovalarning arxitekturasi 
- bulut konfiguratori - bulutdagi operativ ma’lumotlarni yig’ishni 
amalga oshiradi; 
- uzel manejeri - bulutning har bir uzelida ishlaydi, ilovalar menejeri 
va bulut menejeri bilan bevosita o’zaro ta’sirda bo’ladi. 
Shunday qilib, bulutli hisoblash konsepsiyasi mobil ilovalar rivoji 
uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi, chunki hisoblash va ishlash 
jarayonlarini virtual muhitga ko’chiradi. 
Uzel menejeri 
1-Veblet 
Veblet 
konteyneri
Ilovalar 
menejeri 
Elastiklik 
menejeri 
Bulut 
konfiguratori 
Bulut 
menejeri 
Bulut 
interfeysi 

Download 2,59 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги

Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish